Moyli ekinlar Reja. 1. Moyli ekinlar to'g'risida ma'lumot. 2. Kungaboqarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 3. Kunjuning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 4. Yeryong'oqning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 5. Maxsarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. Moyli ekinlar deb, urug'lari yoki mevalarida iste'mol uchun yaroqli, o'simlik moyi beradigan o'simliklarga aytiladi. Moyli o'simliklarga kungaboqar, maxsar, xantal, raps, kanakunjut, kunjut, ko'knori, Yeryong'oq kiradi. Ular turli oilalarga mansub o'simliklardir. Moyli o'simliklarning xalq xo'jaligida ahamiyati katta, chunki ularning urug'idan (mevasidan) yog' olinadi. Moyli o'simliklardan tashqari yog' yana tolali o'simliklardan: paxtadan, zig'irdan, narkotik ekinlardan nashadan hamda don-dukkakli ekinlardan soyadan olinadi. O'simlik yog'i oziq-ovqat, konserva sanoatda, to'qimachilik, sovun olishda, bo'yoq ishlab chiqarishda, terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo'llaniladi. Urug'lardan yog' olishda hosil bo'ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo'jalik hayvonlari uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi. Ma'lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o'simlik va hayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o'simlik moyi 10 martadan 20 martagacha hayvon moyini yetishtirishga qaraganda arzonga tushadi. Hayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo'ladi. O'simlik moyi hazm bo'lish jihatidan ham hayvon moyiga qaraganda yengil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi yo'q. Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko'p tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), Yeryong'oq (21,8 mln.ga), moyli zig'ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer maydonini tashkil etadi. O'zbekistonda, lalmi sharoitda zig'ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug'oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, Yeryong'oq va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar Respublika aholisini moy bilan ta'minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi. Kungaboqar Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Moyli o'simliklar ichida kungaboqar ekiladigan maydon va umumiy hosildorligi bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Urug'ida yog'ning miqdori yuqori bo'lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog'i och sariq rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo'ladi. Yog'i oziq-ovqat sanoatining hamma sohalarida: margarin, non, shirin kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda qo'llaniladi. Kungaboqarning kunjarasidan hayvonlar uchun oziq tayyorlanadi. Kungaboqar poyasi qog'oz ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi. Poyasi yoqilganada qoladigan kul tarkibida 35% ga yaqin kaliy oksid bo'ladi. Undan sovun pishirishda, shisha sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladigan potash olinadi. Gullash davrida silos tayyorlanadi. Poyasi o'tin sifatida ishlatiladi. Kungaboqar urug'ini tarkibida 29-60% moy va 16% ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.5 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.5 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: doc