Moyli ekinlarning umumiy biologiyasi Reja Moyli ekinlarning ahamiyati. Ekinlarning kelib chiqish tarixi. Moyli ekinlar biologiyasi O'simlik moylari hayvon yog'lari bilan bir qatorda oziq-ovqat ahamiyatiga ega. O'simlik moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi va konserva, konditer, non tayyorlashda, shuningdek margarin, olif, stearin, linoleum, lak, bo'yoq sanoatida, moylash materiali sifatida, medistinada foydalaniladi. Moyli ekinlarning urug'larini qayta ishlab moy olishda hosil bo'lgan kunjara va shrot oqsilga boy (35-40 %) sifatli oziqa. Ularning ko'pchiligi qimmatli asal beruvchi o'simlik. O'simlik moyi uch atomli spirt glitserin va yog' kislotalarining murakkab efiri hisoblanadi. Oqsil va uglevodlarga nisbatan yog'lar (o'simlik moyi) ko'p kaloriya saqlaydi. 1 g o'simlik moyida 39,8 kJ, 1 g oqsilda 18,4-23, 1 g uglevodlarda 16,7-17,6 kJ energiya saqlanadi. Turli moyli ekinlarning urug'lari va mevalarida, yog' miqdori turga, navga, tuproq-iqlim sharoiti, qo'llanilgan agrotexnikaga bog'liq holda 15,5 -63,0 % o'zgaradi (24-jadval). Moyli o'simliklar urug'laridagi yog' miqdori va sifati. YOg'ning qurish xususiyati uning muhim sifat ko'rsatkichlaridan biridir. Moy tarkibidagi to'yinmagan yog' kislotalarini miqdori yod soni bilan belgilanadi va 100 g moyga birikkan yodni gramm miqdori bilan ifodalanadi. Yod soni qancha ko'p bo'lsa moyni qurish xususiyati shunchalik yuqori bo'ladi. Hamma o'simlik moylari qurish darajasiga qarab uch guruhga bo'linadi: Quriydigan (yod soni 130 ortiq) moylar - asosan texnikaviy maqsadlar uchun ishlatiladi. Zig'ir, perilla, lyallemanstiya moylari shu guruhga kiradi. YArim quriydigan (yod soni 95- 130 gacha) moylarga - soya, kunjut maxsar, kungaboqar, raps, xantal moylari kiradi. Ular asosan oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi. Qurimaydigan (yod soni 95 dan kam) moylarga- yer yong'oq hamda, kanakunjutlarniki kiradi. Oziq-ovqatga ishlatiladigan moy o'tkir hidli bo'lmasligi va og'riq paydo qilmasligi lozim. O'simlik moyini sovunlanishi 1 g moydagi erkin hamda glisterin bilan bog'langan yog' kislotalarini neytrallash uchun sarflangan mg hisobidagi o'yuvchi kaliy miqdori bilan aniqlanadi. Juda ko'p o'simlik moylari uchun sovunlanish soni 170-200. O'simlikda yog'lar asosan urug'da va mevalarda to'planadi. Urug'larni pishishida erkin yog' kislotalari ko'p hosil bo'ladi va. ular keyinchalik glisterin bilan birikadi. Pishmagan urug'lar moyining kislotaligi yuqori. Issiq iqlim sharoitida to'yingan yog' kislotalar miqdori ko'p bo'lib moyda yod soni kam, salqin iqlimda to'yinmagan yog' kislotalari ko'p bo'ladi va yod soni ortadi. O'simlik moylari orasida oziq-ovqat uchun foydalanishi va yalpi ishlab chiqarishi bo'yicha birinchi o'rinda soya, ikkinchi kungaboqar, keyingi o'rinlarda eryong'oq, paxta, raps, zaytun, kunjut, makkajo'xori, maxsar moylari turadi. Kungaboqar - muhim moyli ekinlardan biri. Zamonaviy kungaboqar navlarining urug'larida 50-54 % yarim quriydigai sifatli moy saqlanadi. Uning moyi bevosita oziq-ovqatga, baliq, sabzavot konservalarini tayyorlashda, margarin, non va konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi Kungaboqarning moyida - linol va olein to'yinmagan yog' ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
365.65 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
365.65 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:17 ]
Arxiv ichida: doc