Nikotinli ekinlar biologiyasi

Nikotinli ekinlar biologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Nikotinli ekinlar biologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Nikotinli ekinlar biologiyasi. Reja: 1. Tamaki - ahamiyati, barg tarkibi, kelib chiqishi tarixi 2. Tamaki biologiyasi va navlari 3. Tamaki yetishtirish texnologiyasi. Tamaki ekinlaridan O'zbekistonda tamaki va maxorka ekiladi. Bu ekinlarning tarkibida eng zaharli alkoloidlardan biri - nikotin mavjud. Xromat kislota bilan nikotin qo'shilgan nikotin kislotasi paydo bo'ladi. Nikotin kislotasi farmakologiyada qo'llaniladi. Barg tarkibi. Tamakini ekishdan maqsad - uning bargini papiros, sigara, sigaret, trubkali tamaki, hidlaydigan tamaki ishlab chiqarishdir. Tamaki bargida 1-4% nikotin, 1% efir moyi, 4-7% smola, 7-10% oqsil, 4-13% uglevod, 13-15% kul moddasi bo'ladi. Uglevodlar yonish jarayonida tutunning achchiqligini kamaytiradi. Ularning 45% ni kraxmal tashkil qiladi. Barg yetilganda kraxmal ko'payadi, shuning uchun barg sarg'ayadi. Oqsil miqdori pishish davrida kamayadi. Uglevodlarning oqsilga bo'lgan nisbati 1,2-1,5 ga teng, bu son SHmuk soni deb yuritiladi. Nikotin - bu rangsiz kuchli zaharli modda, yoqimsiz hid beradi. Sifatli tamaki xom ashyosida 1,5-2% nikotin bo'ladi. Tamaki tarkibida nikotindan tashqari nornikotin, anabazin kabi alkoloidlar xam uchraydi. Tamaki tarkibida sirka, chumoli, moy, olma, limon va boshqa organik kislotalar bo'ladi. Bu kislotalarning uchuvchan (sirka, chumoli, moy) va uchmaydigan (olma, limon) turlari mavjud. Sifati past tamakida 14-16% organik kislotalar bo'ladi. Faqat limon va olma kislotalarining tuzlari tamakining yonuvchanlik xususiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Limon kislotasi 18% gacha bo'ladi. Tamakida 12-15% gacha pektin moddalari bo'ladi. Tamakining xushbo'yligi asoson undagi efir moylarining miqdoriga bog'liq. Kelib chiqishi tarixi. Tamakining vatani Janubiy Amerika. Ovrupoga taxminan 1518 yilda keltirilgan. Dastlab u Portugaliya va Ispaniyada manzarali o'simlik sifatida o'stirilgan. Ovruponing boshqa davlatlariga 1560 yil tarqalgan. SHu yili Frantsiyada Jon Nika tamaki urug'ini ekib ko'rilgan va tamaki avlodiga Nicotina deb nom beriladi. Ovrupoda tamakini chekish XVI asrda boshlangan. Tamakini Rossiyada ekishga Petr I yo'l ochib berdi. 1687 yili tamakini ochiq savdo qilish to'g'risida farmon chiqardi. Tamaki yer yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 4,75ga (1994). Asosiy ekin maydoni Xitoy, AQSH, Hindiston va Braziliyada joylashgan. Tamaki Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Moldavada ekiladi. O'zbekistonda tamaki asosan Samarqand viloyatining Urgut tumanida ekiladi. O'zbekistonda 1997 yili 8,7 mingga yerga ekilgan, o'rtacha hosili 29,2tsga tashkil qiladi. Sistematikasi. Tamaki Nicotiana avlodi, ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga mansub. Uning ikkita turi ekiladi: tamaki - N. tabacum L. va N.rustica. Bu turlar chekish mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ekiladi. YOvvoyi turlari: N.alata va N.sandera manzarali o'simlik sifatida ekiladi Turli sharoitda har xil agroekologik tipga mansub bo'lgan tamaki navlar guruhi shakllangan. Navlar guruh yoki agroekotiplar vujudga kelgan joyning nomi bilan yuritiladi. Tamakining mavjud agroekotiplari uch guruhga bo'linadi: 1. Papiros tayyorlanadigan sharqiy tamaki. 2. Amerika papiros tamakilari. 3. Sigarabop tamakilar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.78 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.78 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga