Novdalar va poyalar vazifasi, morfologik tuzilishi

Novdalar va poyalar vazifasi, morfologik tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
Novdalar va poyalar vazifasi, morfologik tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Novda, poya vazifasi va morfologik tuzilishi Reja: Novda va uning tuzilishi. kurtakning tuzilishi. Novdaning shoxlanish tiplari. Poyaning hayot kechirish davriga qarab turlari. Novdaning shakl o'zgarishi. 1. Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o'simlikning havodan oziqlanishiga xizmat qiladi. Poya barg va ildiz orasida boglovchi zveno bo'lib, unda hosil bo'lgan moddalarni o'tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib turib maxanik funksiyani bajaradi. Novda kurtakdan yoki urug'dan hosil bo'ladi. Novdani barg birikib turadigan qismi barg o'rni yoki bo'g'in deb nomlanadi. Birinchi bo'g'inidan ikkinchi bo'g'inigacha bo'lgan masofa bo'g'in oralig'i deyiladi. Barg va poya oralig'idagi masofa barg qo'ltig'i deyiladi. Bo'g'in oralig'i uzun va qisqa bo'ladi. Agar bo'g'in oralig'i qisqa bo'lsa qisqa bo'g'inli, uzun bo'lsa uzun bo'g'inli novdalar deyiladi. Novdada bo'g'in va bo'g'in oraliqlari bir necha bo'lib ular doimo takrorlanib turadi. Bu hodisaga metameriya deyiladi. 2. kurtak bu novdaning mo'rtak holat idir. Unda barg va poya mo'rtakda joylashgan singari joylashadi. Har bir kurtakning tuzilishi o'sish konusini himoya qilishga qaratilgan. kurtakning tashqi qismini qoplab turuvchi barglar kutin va mumsimon moddani shimib, tangachalar hosil qiladi. Tangachalar temir daraxtida kora rangda bo'lib fiziologik himoya qilish vazifasini bajaradi. Kashtan bargli eman daraxti kurtaklari mayda tuklar bilan koplangan bo'ladi. kurtak poyada joylashgan urniga qarab quyidagi turlarga bo'linadi. Apikal- uchki kurtaklar. Yon kurtaklar. Yon kurtaklar barg kuynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. kurtaklarni faoliyatiga qarab aktiv kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o'simliklarda ko'p uchraydi. Qo'shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo'ladi. Kelib chiqishiga ko'ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo'linadi. Vegetativ kurtaklar novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan- gul, aralash kurtaklardan bargli to'pgul hosil bo'ladi. kurtaklarning shakli va o'lchami har xil bo'lib, ular yumaloq, konussimon, tuximsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo'lishi mumkin kurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo'linadi. 1. Navbat bilan- spiral, 2. qarama- qarshi. 3. Mutovka shaklida. Qarama- qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o'simliklarda kuzatiladi. 3. Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo'ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo'lib ularni quyidagi shoxlanish tiplariga ajratish mumkin. 1.Dixotomik. 2.Monopodial 3.Simpodial 4. Yolg'on dixoto-mik shoxlanish. Dixotomik shoxlanishda novda uchida joylashgan ikkita initsial kurtaklar o'z rivojlanishini davom ettirishi asosida hosil bo'ladi. Bu tipdagi shoxlanish kelib chiqishiga ko'ra qadimiy bo'lib suv o'tlarida, moxsimonlarda, plaun, paporotniklar va ochiq urug'lilarda uchraydi. Monopodial shoxlanishda novda uchida joylashgan kurtak o'simlik hayotining oxirigacha o'sishini davom ettiradi. Bunday tipdagi shoxlanish qarag'ay, kora qarag'ay, ok qarag'ay kabi o'simliklarda uchraydi. Simpidial shoxlanishda o'sish konusida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.81 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.81 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga