Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari. Kurtaklar. Novda metamorfozi

Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari. Kurtaklar. Novda metamorfozi

O'quvchilarga / Botanika
Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari. Kurtaklar. Novda metamorfozi - rasmi

Material tavsifi

Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari. kurtaklar. Novda metamorfozi Reja: Novda haqida tushunchalar Shoxlanishning turlari Novdaning metamorfozlari Asosiy tushunchalar: kurtaklar, vegetativ, generativ va aralash kurtaklar, megamer (umumiy, bo'lak), dixotomik (ayrisimon), monopodial (oddiy shoxlanish), simpodial (birgalikda shoxlanish), ildizpoya, tugunak, piyozbosh, sukkulent (shira), fillokladodiy (barg shoxcha), tikanlar, jingalaklar, xivichsimon yashil novdalar, gajaklar. Novda ham ildiz kabi yuksak o'simliklarning asosiy organidir. Novda uchki meristemaning maxsuli bo'lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bug'imlar, bug'im oraliqlari va kurtaklar. kurtaklar - mo'rtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o'sish va shoxlanish, ya'ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, ya'ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o'tkazish va ba'zan g'amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishlar uning shakl o'zgargan ko'rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo'g'imlarga ega bo'lishidir. Poyaning bo'g'imi ba'zi o'simliklarda yo'g'onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo'ladi. Odatda poyada ikki xil bo'g'imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning asosini to'liq o'rab olsa yopiq, qisman o'ragan bo'lsa, ochiq bo'g'im deb qaraladi. Odatda novdada birnecha bo'g'imlar va bo'g'im oraliqlari bo'lib, ular novdaning o'qi bo'ylab takrorlanadi.Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi. kurtak - yozilmagan mo'rtak holdagi novdadir. U boshlang'ich meristematik o'q va uning uchki qismida bir - birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg boshlang'ichlarini, 'ni boshlang'ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan. Vegetativ kurtaklardan tashqari generativ, vegetativ - generativ kurtaklar ham bo'ladi. Bunda vegetativ kurtaklar bir necha metamerlardan iborat bo'lib, o'sish konusi esa boshlang'ich gul yoki to'pgulga aylangan bo'ladi. Shoxlanish turlari. Shoxlanish natijasida o'simlikning yer ustki qismida, ya'ni tanasida shox - butoqlar vujudga keladi. Yuksak o'simliklarning tarixiy rivojlanish davomida shoxlanishning quyidagi turlari kelib chiqqan: Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o'sish konusidagi uchki kurtaklarning faoliyati natijasida shakllanadi. Bunda kurtaklar bir me'yorda bir - birlariga nisbatan qarama - qarshi yo'nalishda ayri shaklda o'sadi. Dixotomik shoxlanish qadimgi sodda shoxlanish turi. Uni moxlar, plaunlar, ko'pchilik paporotniklar va ba'zi bir ochiq urug'lilarda uchratiladi. Monopodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanishda uchki kurtak doimo faol holatda bo'lib, o'simlikning yer ustaki qismi bo'yiga o'sishini davom ettiradi. Shuning uchun ham asosiy poya yon novdalarga nisbatan kuchli rivojlanadi. Monopodial shoxlanish natijasida daraxlardasimmetrik bir tekis yo'nalgan tik o'suvchi asosiy tana shakllanadi. Monopodial shoxlanish ko'pchilik ochiq urug'li o'simliklar (oddiy qarag'ay, sarvi, kedr, oqqarag'ay, qoraqarag'ay va boshqalar) uchun xosdir. Simpodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o'simliklar evolyusiyasining ancha keyingi davrlarida o'simliklar evolyusiyasining ancha keyingi davrlarida kelib chiqqan. Uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.65 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.65 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga