Ochiq va yopiq urug'li o'simliklar Reja: Urug'li o'simliklar. Ochiq urug'li o'simliklar. Ochiq urug'li o'simliklarning ahamiyati. Yopiq urug'li o'simliklar. Yopiq urug'lilarning kelib chiqishi. 1. Quruqlik sharoitida yashaydigan va urug' etishtiradigan yuksak o'simliklar urug'li o'simliklar deb ataladi. Bu o'simliklarda urug' bo'lishi bilan arxegonial yuksak o'simliklardan, yani moxlar, riniofit, plaun, qiriqbo'g'im va paparotniklardan tubdan farq qiladi. Hozirgi zamon yuksak urug' etishtiruvchi o'simliklar asosan yuqorida aytilgan sporali yoki arxegoniylardan kelib chiqqan. Urug'li o'simliklar ikki bo'limga: ochiq urug'lilar (Gymnospermae)va yopiq urug'lilar (Angiospermae) ga bo'linadi. 2. Ochiq urug'lilar qadimiy o'simliklar bo'lib, ularning qadimiy avlodlari toshko'mir davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug'li paporotniklar, bennettitlar, keytonlilar yo'qolib ketib, qazilma holda saqlanib qolganlar. Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda qarag'aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir. Yer yuzida ochiq urug'lilarning hozir 660 turi mavjud bo'lib, asosan daraxt, qisman buta va liana turlari uchraydi. Shoxlanishi monopodial bo'lib, poyasi kambiy va fellogen to'qimalarining faoliyati natijasida o'ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yo'g'onlashish xususiyati bilan yopiq urug'li o'simliklarga yaqin tursada gistologi elementlaridan-tarxemdlardan tuzilganligi va o'tkazuvchi bog'lamlar yo'qligi bilan ulardan farq qiladi. Bargini tuzilishiga qarab ikki guruhga bo'linadi. 1. gr megofil linyasi bo'yicha poporotniklarga o'xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi bo'yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 yilda to'qiladi. Ochiq urug'lilar doimiy yashil o'simliklar bo'lib, ildizi-asosiy va yon ildizlardan iborat, mikoriza hosil bo'ladi. Ochiq urug'li o'simliklarning xarakterli xususiyatlaridan biri urug' va urug' kurtakni ochiq bo'lishidir. Ularning urug'lari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. Urug'kurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo'lib, tashqi tomonidan intgument bilan o'rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug' rivojlanadi. Ochiq urug'lilarning muhim xususiyatlaridan biri sperpatizoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo'lishi bu o'simliklarni suvsiz muhitida ham otalanishiga imkon yaratib beradi. Ochiq urug'lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va Kavkazda keng tarqalgandir. Ochiq urug'lilarnig kelib chiqishi, klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab bo'lmoqda. Barcha arxegonial o'simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq urug'lilargacha) tuxum hujayraning arxegonida hosil bo'lishidir. Ochiq urug'lilarning tarqqiy etgan shakillarining hosil bo'lishi yopiq urug'lilarning hosil bo'lish davriga - devon davriga to'g'ri keladi. Ochiq urug'lilar quyidagi 3 ta sinfga bo'linadi. 1-sinf Sagovniklar. 2-sinf qubbalilar 3-sinf qobiqli urug'lilar. Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag'aylar tartibiga bo'linadi. Qarag'aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko'mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng tarqalgan. Yura davrida barq urib rivojlangan. Qarag'aylarning 560 turi mavjud bo'lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo'linadi. Qarag'aylar oilasi Pinaceae. Qarag'aylar oilasi vakillari MDH hududida keng tarqalgan o'simliklardir. Bu oilaga quyidagi turlar kiradi: oddiy qarag'ay - sosna, qoraqarag'ay - Yel, Tilog'och ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: doc