O'simlik hujayrasi. Plastidlar. Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar. Reja: 1. O'simlik hujayrasining tuzilishi. Yadro. 2. Plastidlar klassifikatsiyasi, ahamiyati. 3. Xloroplast. 4. Xromoplast. 5. Leykoplast. 6. Hujayradagi oziqli moddalar, ularni aniqlash reaksiyalari. 7. Hujayra shirasi. 8. Hujayra shirasidagi zaharli moddalar. 9. Hujayra pigmentlari. 10. Kristallar, ularning ahamiyati. 11. Hujayra po'sti. HUJAYRA YADROSI Yadro - «nukleus» grekcha «karion». Yadro protoplazmaga o'xshash hujayraning eng asosiy qismlaridan biri bo'lib, hisoblanadi. Protoplazma yadrosiz, yadro esa protoplazmasiz yashay olmaydi. Rus olimiGerasimovning ko'rsatishicha hujayradagi hamma protsesslarda yadro ishtirok etadi. Yadrosiz hujayra bo'lishi mumkin emasligini ko'rsatadi. 1890 yilda Gerasimov spirogira suv o'ti hujayrasidan yadroni ajratib oladi. Yadrosi bor hujayra normal yashagan. Yadrosi olib tashlangan hujayra esa 42 kundan so'ng o'lgan. Yadroni birinchi marta 1831 yilda ingliz olimi botanik Robert Broun orxideya deb atalgan o'simlik hujayrasidako'radi. Yadroning shakli yumaloq yoki elepssimon, ba'zan cho'ziq va yulduzsimon yadrolar ham uchraydi. Yadroning katta kichikligi o'rtacha hisobda 4-36 m gacha bo'ladi. Bundan ham kichkina va katta yadrolar uchraydi. Masalan, mog'or zamburug''ining yadrosi 1 mkm, Sagovnik deb atalgan o'simlikning yadrosi500-600mkmgacha bo'ladi. Odatda o'simlik hujayrasida 1 tadan yadro bo'ladi. Ba'zi bir hujayralar 2 ta yoki undan ko'p yadroli bo'ladi. Masalan, yashil suv o'tlarida va shubon zamburug''larida yuztagacha yadro uchraydi. Dengizda yashaydigan ba'zi bir qizil suv o'tlari hujayrasida 400tagacha yadro uchraydi. Ko'knorining sutli nayida 100 tagacha yadro bor. Ba'zi bir o'simliklarning hujayrasida yadro bo'lmaydi. Masalan, ko'k yashil suv o'tlari va bakteriyalarda. Rus olimi Peshkovning ko'rsatishicha bunday o'simliklarda yadro elementlari protoplazmada tarqoq xoldauchraydi. Odatda yadro hujayraning turli joylarida uchraydi. Yosh hujayralarda yadro hujayraning 13 qismini tashkil etadi. Bunda yadro hujayraning markazida joylashgan. Qari hujayralarda esa yadro hujayraning chetidajoylashgan bo'ladi. Yadro rangsiz, tiniq, protoplazmaga nisbatan qat-tiq kolloid modda. Yadro protoplazmadan o'zining yupqa oq pardasi bilan ajralib turadi. Yadroda ikki xil, ya'ni ichki va tashqi po'sti bor. Tashqi po'stiningteshikchasi bor. Yadro ichida yadro suyuqligi joylashgan. Yadro suyuqligi kariolimfa deb ataladi. Kariolimfa 2 xil bo'ladi. 1. Xromatin (bo'yaladigan) 2. Axromatin (bo'yalmaydigan). Yadro protoplazmaga o'xshash oqsil moddadan tashkil topgan. Yadro oqsilida S,N,O lardantashqari Fe,P ham bor. Shuning uchun ham yadro oqsilini nukleoproteid deb yuritiladi. Bu oqsil oshqozonda hazmbo'lmasligi bilan boshqa oqsillardan farq qiladi. Xromatin nukleoproteiddan tuzilgan. Yadro tarkibida timonuklein kislota bor. Nukleproteidlarning reaksiyasi kislotali bo'ladi, ya'ni ko'k lakmusni qizartiradi. Yadro tarkibida yadrochalar bor. Yadrolarning tarkibi va vazifasi to'liq o'rganilmagan. Yadro harakatlanib turadi. Birinchi harakati protoplazma bilan birgalikda. Bu harakatni sekin harakatlanish deyiladi. Ikkinchiharakati protoplazmasiz o'zi harakat qiladi. Bunday harakatni tez harakatlanish deyiladi. Demak, yadro hujayrada bo'ladigan hamma protsesslarda ishtirok etadi. Yadro achituvchi ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.65 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.65 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: docx