Kirish. O'simlik karantinini maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi. O'zbekistonda karantin xizmatini tashkil etilishi Reja: O'simlik karantinini maqsadi va vazifalari. O'simlik karantinini tarixi. O'zbekistonda o'simliklarni xizmatini karantin tashkil etilishi, tuzilishi. O'zbekiston Respublikasining o'simliklar karantini tug'risidagi qonun. Adabiyotlar: I. 1-3 b., II. 3-13 b., II. 3-16 b. 1. Qishloq ekinlarini zararkunandalardan, kasalliklardan va begona o'tlardan himoya qilish ko'p jihatdan malakali kadrlar tayyorlashga bog'liqdir. O'simliklarni zararkunandalardan, o'simlik kasalliklardan va begona o'tlardan samarali himoya qilish ishlarini to'g'ri tashkillashtirish uchun talabalar o'simliklarni himoya qilish fanlarini chuqur o'zlashtirishlari lozim. O'simliklarni himoya qilishda karantin usuli katta ahamiyatga egadir. Chunki bu usul asosan xavfli zararkunandalar, o'simlik kasalliklari, begona o'tlar iqlimiy va boshqa sharoitda zarar keltiradigan darajada ko'payishi mumkin bo'lgan joylarga kelib qolinishning oldini olish, kelib qolganda yo'q qilishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimidan iborat. O'simliklar karantinining asosiy vazifalari, o'simliklarning tashqi va ichki karantin bo'yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat bo'lib, bu tadbirlar quyidagilarga qaratiladi: Respublika hududini chet mamlakatlardan kirib kelib, halq xo'jaligiga katta iqtisodiy zarar etkazishi mumkin bo'lgan karantindagi xavfli zararkunandalardan, o'simlik kasalliklari va begona o'tlardan muhofaza etish; karantindagi va boshqa havfli zararkunandalarni o'simlik kasalliklari va begona o'tlarni vaqtida aniqlash, ularning yoyilishiga yo'l qo'ymaslik va ularni yo'q qilish, shuningdek Respublikaning bu zararkunandalar, kasallik va begona o'tlardan holi mintaqalariga ular kirib borishning oldini olish; qishloq xo'jalik mahsulotlari va boshqa o'simlik mahsulotlarini etishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda o'simliklar karantiniga oid qoidalar va tadbirlarga rioya etilishi hamda ularning amalga oshirishni ustidan davlat nazoratini olib borish. 2. Birinchi karantin to'g'risidagi qaror 6 aprel 1873 yilda Rossiyada chiqqan. U qaror chet eldan tok qalamchalarni olib kelishini mand etilishi to'g'risida edi. Shunga o'xshash qarorlar 1881, 1910 va 1912 yillarda ham chiqqan edi. Kolorado qo'ng'izini tarqalib ketishini oldini olish uchun 1875 yilda AQSHdan kartoshkani olib kelishi mand etilishi to'g'risida qaror chiqdi. 1931 yil 5 iyunda Davlat O'simliklari karantin xizmati tashkil qilindi. Shu yili qishloq xo'jalik o'simliklarni olib kelishi va olib chiqish to'g'risidagi tartibi chop etildi. 21 iyul 1962 yil Davlat karantin xizmatini Ustavi birinchi marta qabul qilindi. 1980 yili o'zgargan Ustav chiqdi. Bu Ustavda birinchi bo'lib karantin nazoratidagi organizmlarni ro'yxati bosildi. 1986 yili yana bir marta yangi ustav qabul qilindi. O'zbekiston mustaqillikga erishdi va karantin hukumat tuzishdi. 3. O'zbekiston Respublikasining o'simliklar karantin bo'yicha davlat xizmatiga rahbarlikni O'zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'zbekiston Respublikasi O'simliklar karantin Bosh Davlat inspeksiyasi amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi o'simliklar karantin Bosh Davlat inspeksiyasi boshlig'i Qishloq xo'jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tayinlanadi. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.66 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.66 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: docx