O'simliklar biologiyasining shakllanish sharoiti. Reja O'simlikshunoslikning fan sifatida rivojlanishi. O'simliklar biologiyasini rivojlanish bosqichlari. Dala ekinlarini biologik guruhlari. O'simlikshunoslikning ekinlarni yetishtirish texnologiyasi qismining vazifalariga-o'simlikning me'yorida o'sib, rivojlanishi, yuqori hosil shakllantirish uchun - ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni joriy etish, ekinni eng yaxshi o'tmishdoshidan keyin joylashtirish, tuproqni ishlashda ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi uchun optimal suv-havo, oziqlanish rejimini yaratish, organik-ma'danli o'g'itlardan samarali foydalanish, begona o'tlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashda integral (uyg'unlashgan) uslublardan foydalanish, ekish uchun Davlat standart (andoza)lari talabiga javob beradian urug'lardan foydalanish, ekish muddatlari, me'yorlari, chuqurligini optimallashtirish, o'simlikni o'suv davrida, eng maqbul sug'orish tartibini yaratish, Davlat reyestriga kiritilgan yoki istiqbolli navlar, duragaylarni ekish, hosilni qisqa muddatda, nobudgarchiliksiz yig'ishtirib olish, dastlabki ishlov berish va saqlash tadbirlarini o'z vaqtida hamda sifatli bajarish masalalarini o'rganish kiradi. O'simlikshunoslik- aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, chorvachilikni ozuqa bilan, qayta ishlash sanoatini xomashyo bilan ta'minlash uchun o'simlik mahsulotlari olish maqsadida ekinlarni o'stirishdir. O'simlikshunoslik tarmog'i o'simliklar o'stirish bilan bog'liq barcha sohalarni - dalachilik, o'tloqshunoslik, sabzavotchilik, mevachilik, uzumchilik, gulchilik, o'rmonchilikni o'z ichiga oladi. Ilmiy fan sifatida O'simlikshunoslik dala ekinlari, xaydaladigan yerlarda o'stiriladigan guruhiga kiruvchi - don ekinlar, dukkakli don ekinlar, tugunakmevalilar, oziqabop ildizmevalilar, tolalilar, moyli, efir moyli, ko'p yillik va bir yillik o'tlar, boshqa ayrim ekinlarni o'rganadi. yer sharida o'stiriladigan o'simlik turlari 20 mingdan ortiqrog'i odamlar tomonidan o'stiriladi. 640 taga yaqin tur o'simliklar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, shulardan 90 tasi dala ekinlaridir. O'simlikshunoslik fani shug'ullanadigan o'simlik guruhi shu 90 taga yaqin o'simliklar turlari hisoblanadi. O'simlikshunoslikning fan va tarmoq sifatida o'rganish obyekti bo'lib o'simlik va uni muhitning asosiy omillariga talablari, bularni qondirishning usul va yo'llarini o'rganib yaxshi sifatli, yuqori hosil olishdir. O'simlikni o'sish va rivojlanishiga muhitning barcha omillari tuproqning granulametrik va kimyoviy tarkibi, uni namlik bilan ta'minlanganligi va aeratsiyasi, issiqlik rejimi dinamikasi, quyoshinsolyatsiyasi, shamol tezligi, havo namligi va boshqalar u yoki bu darajada ta'sir ko'rsatadi. SHuning uchun ma'lum ekin (nav)ning aniq ekologik sharoitda o'sish muhitini maqbullashtirish uchun o'simlikshunos bu omillarni holatini hisobga olmog'i zarur. K.A.Timiryazev bu to'g'rida shunday yozadi: xechqaerda ehtimol, hech qanday faoliyatda muvaffaqiyat uchun shunday ko'p turli sharoitlarni, ma'lumotlarni solishtirib tanlab olish, zarur bo'lmasa kerak, bunda bir tomonlama xulosaga kelish bir sohada dehqonchilikdagi kabi yirik muvaffiyatsizlikka olib kelmaydi. O'simlikshunoslik fan sifatida fundamental, amaliy -o'zaro yaqin fanlar bilimlarini uyg'unlashtiradi. O'simlikshunoslikni fan sifatida diqqat markazida o'simlik va uni biologik talablari turadi. O'simlik o'stirishdan maqsad - hosil va uni sifatidir. hosil va uni sifatiga tashqi muhit omillari tuproq va texnologiya orqali ta'sirida ko'rinadi. O'simliklar biologiyasini bilish uchun, botanika, o'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, genetika, selektsiyava ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.99 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.99 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: doc