Kirish. O'simliklar dunyosi. Botanika fani, uning bo'limlari, rivojlanish tarixi Reja: Botanika fani va uning vazifalari. O'simliklar dunyosi va uning tasnifi. XV-XX asrlardagi botanika fani. Markaziy Osiyo tabiatshunoslari o'simliklar haqida. O'zbekistonda botanika fanini rivojlanishi. Botanika fanining asosiy bo'limlari. Asosiy tushunchalar: fitologiya, botanika, geobotanika, o'simliklar morfologiyasi, o'simliklar sistemalari, evolyusiya, hujayra nazariyasi, filogenetik sistema, anatomiya, paleontologiya,evolyusion morfologiya, biogeografiY. Yer yuzida tarqalgan o'simliklarni o'rganish bilan fitologiya fani shug'ullanadi. Fitologiya ikkita yirik botanika va geobotanika bo'limlaridan iborat. Botanika grekcha «botane» so'zidan olingan bo'lib, o'zbek tilida ko'kat, sabzavot, o't, o'simlik degan ma'noni bildiradi. O'simliklarni tuzilishi, o'sishi va rivojlanishi, tashqi muhit bilan munosabatlari. Yer yuzida tarqalishi va taqsimlanish qonuniyatlari, o'simliklar olamining kelib chiqishi va evolyusiyasi, ularning turli-tumanligi va tasnifi, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo'lgan qimmatli turlarining tabiiy zahiralari va ulardan samarali foydalanish yo'llari, yem-xashak, dorivor, meva o'simliklari, sabzavot, texnika ekinlari va boshqa turlarini madaniylashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish botanika fani oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Botanika fanining yanya bir muhim vazifasi tabiatni va o'simliklar resurslarini muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratishdir. Bugungi kunda o'simliklar dunyosi rasmiy ravishda e'tirof etilmagan holda tuban va yuksak o'simliklarga ajratib o'rganilmoqda. Tuban o'simliklar organik olamning dastlabki bosqichlaridan kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam yerlarda yashashga moslashgan. Evolyusiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi kunda ba'zilari sodda tuzilishni saqlab qolgan. Tuban o'simliklar - bir hujayrali, kolonial va ko'p hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi to'qima hamda organlarga ajralmagan. Tuban o'simliklarining to'qima va organlarga ajralmagan tanasi tallom yoki qattana deb ataladi. Yuksak o'simliklar filogenetik jihatdan ancha yosh o'simliklardir. Ular quruqlikda yashashga moslashgan. Ko'pchilik yuksak o'simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlari rivojlangan, shuningdek to'qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. Ular poyabargli o'simliklar deb ataladi. Ko'p hujayrali o'simliklarning tanasi turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi bir necha xil hujayralardan tashkil topgan. Yuksak o'simliklarning muhim xususiyatlaridan biri - yashil rangda bo'lishidir. Ko'pchilik o'simliklar (o'simliklar olamining uchdan ikki qismi) yashil rangga ega. Bu rang maxsus buyovchi xlorofillning bo'lishi tufaylidir. Xlorofill o'simliklarda xlorofill donachalarida hosil bo'ladi. Hayvon hujayralarida xlorofill kuzatilmaydi. Yashil o'simliklar hayvonlardan oziqlanish usuli bilan farq qiladi. Tirik organizmlar oziqlanish usuliga ko'ra avtotrof va geterotrof guruhlarga bo'linadi. Avtotrof deb anorganik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlarga aytiladi. Ular anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilish xususiyatiga ega. Har qanday organik moddaning anorganik moddalardan hosil bo'lishi uchun yoki to'plash uchun ma'lum energiya manbai zarur. Yashil o'simliklar uchun bunday energiya quyosh nuri hisoblanadi.Shuning uchun ham o'simliklarda anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo'lish jarayoni fotosintez deb ataladi: 6CO2 + 6N2O - - - - - - CS6N12O6 + ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.41 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.41 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: docx