O'simliklar ekologiyasiga kirish. Ekologik omillar haqida tushuncha

O'simliklar ekologiyasiga kirish. Ekologik omillar haqida tushuncha

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar ekologiyasiga kirish. Ekologik omillar haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Ekologik omillar Reja: 1 Ekologik omillarning umumiy ta'rifi 2 Ekologik omillarning tasnifi 3 Abiotik omillar 4 Biotik omillar 5 Ekologik chidamlilik va valentlik 6 Ekologik omillarning mintaqaviyligi 7 Stenobiontli va evribiontli organizmlar 8 Cheklangan omillar 9 Minimum qonuniyatlari 10 Tolerantlik qonuni 11 Ekologik omillarning o'zaro ta'siri 12 Ekologik omillar va ekologik jarayonlar 3.1 Ekologik omillarning umumiy ta'rifi. Omillar atamasi bilan muhit, atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini sharoit va elementlarining vaqt va makonda dinamik xilma-xilligi tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini, jarayoniga ta'sir etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon hodisaning mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi. 3.2 Ekologik omillarning tasnifi. Ekologik omillar odatda ikki turkumga bo'linadi: jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari. Muhitning ekologik omillarini batafsil tasniflash I.N.Ponomaryova (1978) tomonidan taklif etilgan. Bu taklif 3.1 jadvalda keltirilgan. Ba'zi mualliflar antropogen omillarni alohida turkumga ajratishadi (ularning muhimligi va o'ziga xosligidan kelib chiqib). 3.1 -jadvalda keltirilgan tasniflash biogeotsenozni ekotop va biogeotsenozga hamda uning komponentlarini tuzuvchilarga bo'lishga to'liq mos keladi. 3.1 jadval Muhitning ekologik omillarini tasniflash Omillarning boshqa tasniflari ham mavjud. Masalan, davriylik belgisiga ko'ra omillar davriy va nodavriy, paydo bo'lishiga ko'ra-kosmik, geologik, biologik, tavsifiga ko'ra - axborot, energetik, moddiy va boshqalardan iborat bo'ladi. 3.3 Abiotik omillar. Muhitning muhim (asosiy) abiotik omillari iqlim (harorat, yorug'lik, havo, bosim), tuproq, muhitning kimyoviy tarkibi va tabiiy, oziq-ovqat resurslarining mavjudligidir. Lekin aslida epitet g'oyatda shartli ravishda «muhim» hisoblanadi, shunday qilib, qayd etilgan abiotik omillar shu ma'noda teng huquqligi, hattoki ulardan birontasi bo'lmasa tirik organizmlar uchun haloqat hisoblanadi (istisno tariqasida: masalan, geterotrof-o'simliklar yorug'lik bo'lmasa ham rivojlanadi). Harorat omili misolida organizmlarning hayot faoliyati va yashashi uchun muhitning abiogen omillari ahamiyatini ko'rib chiqamiz. Hayot birinchi navbatda fermentli oqsillarning faoliyati va tuzilishini, xossalarini namoyon qiladigan haroratda saqlanadi. Bu haroratning o'rtacha 0,500S oralig'ini tashkil qiladi, lekin ko'pgina organizmlar uchun hayot faoliyati oralig'i keng. Ushbu belgilar bo'yicha organizmlarning ekologik turlari quyidagicha farqlanadi: termofil, kriofil va mezoterm. Termofillar jumlasiga haroratning yuqori shartli chegarasidan past haroratda yashay olmaydigan va ko'paya olmaydigan organizmlar kiradi (ko'pincha haroratning shunday chegarasi 18-200S qabul qilinadi). Kriofillar jumlasiga (yoki termofoblar) teskari, faqat nisbatan past haroratda (100S baland bo'lmagan) yashash va ko'payish qobiliyatiga ega bo'lgan organizmlar kiradi. Mezoterm organizmlar o'rtacha qiymatdagi haroratli omillarda yashay oladi. Mezotermlarga mo''tadil kenglikdagi bir qancha turlar kiradi. Organizmlarning asosiy massasi aktiv termoregulyatsiya faoliyatiga ega bo'lmaydi. Uning aktivligi tashqi tomondan oladigan issiqlikka, tanasining harorati esa atrof-muhit haroratiga bog'liq. Ana shunday organizmlar poykiloterm yoki ekzoterm deb ataladi. Qushlar va ko'pincha sut emizuvchilar atrof muhitni o'rab turgan haroratga bog'liq bo'lmagan holda doimiy haroratni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.05 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.05 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga