O'simliklar kasalliklari, go'za kasalliklari. Reja. 1. G'o'zadagi kasalliklarning turlari. 2. O'simlik kasalliklarini bartaraf etish usullari 3. G'o'zadagi viruslar, bakterioz va zamburug'' kasalliklari 4.Ularga qarshi kurashish chora tadbirlari haqida ma'lumot berish. O'simliklarda kasalliklarning kelib chiqishi va kasalliklarni bartaraf etish usullari O'simliklarda kasalliklarning kelib chiqishi quyidagi 3 omilga bog'liq. Parazit, o'simlik va tashqi muhit. Bu omillar patologik jarayonning kelib chiqishida quyidagi bosqichlarda amalga oshadi. 1. zamburug'' o'simlik tanasiga kirguncha bo'Igan davr. Bu davrda kasallik qo'zg'atuvchi infeksiyaning birlamchi va ikkilamchi manbayidan turli vositalar yordamida o'simlikning zararlanadigan qismiga kelib tushadi. 2. Infeksiya kirib kelishi davri. Bu davrda kasallik qo'zg'atuvchi o'simlikda mavjud bo'lgan tabiiy yo'llar, jumladan, kutikula va epidermis, ustitsa va yostiqchalar (chechevichkalar), mexanik zararlangan to'qimalar orqali hujayralar ichiga kiradi. 3. Patogenning o'simlik to'qimalari bo'ylab tarqalishi. Bu bosqichda kasallik qo'zg'atuvchi bilan o'simlik hujayralari orasida o'ziga xos munosabat bo'lib, gidrolitik fermentlar va zaharli moddalar ta'sirida hujayralarda o'ziga xos o'zgarishlar sodir bo'ladi. Evolutsion rivojlanish jarayonida mikroorganizmlarning biologik, fiziologik va morfologik xossalari o'ziga xos ravishda o'zgaradi. Bu o'zgarishlar o'simliklarning kasallanish jarayoni kuchayishiga, ho-sildorlikning pasayishiga va hosil sifatining yomonlashishiga sabab bo'¬ladi. O'simliklarga infeksiya yuqishi, uning tarqalishi va namoyon bo'lishi patologik jarayon deb ataladi. Patologik jarayon quyidagi bosqichiarda amalga oshadi: kasallanish, inkubatsiya davri, kasallikning boshlanishi, namoyon bo'lishi va tarqalishi. Kasallanish deganda, infeksiyaning kasallikka beriluvchan o'simlik navlarining hujayralari ichiga kirishi, sporasi o'sib hosil qilgan mitseliyning o'simlik tanasi bo'ylab tarqalishi va himoya qilish xususiyatining g'olib chiqishi tushuniladi. Kasallanishni mexanik zararlanishdan farq qila bilish zarur. Kasallanish jarayonini qattiq qorakuya zamburug''ining bug'doy urug'ini kasallantirishi misolida ko'rib chiqamiz. Qorakuya bilan kasallangan g'alla donidagi sporalar qopchasi yorilib, sporalar urug' yuzasiga tushadi. Lekin bu kasallanish hisoblanmaydi. Tuproqqa tushgan urug' unishi jarayonida spora o'sib, mitseliy hosil qiladi. Bu mitseliy o'simlik o'simtasi ichiga kirib, u bilan birga poya bo'ylab rivojlana boshlaydi. Ana shu jarayon kasallanish holati deyiladi. Buning uchun turli ekologik sharoit zarur. Ko'pchilik zamburug'iar 100% namlikda yaxshi rivojlanmasa, 30-60% namlikda yaxshi rivojlanadi, virus kasalliklari uchun namlik miqdori rol o'ynamaydi. Kasallikning kelib chiqishida uni tezlashtiruvchi yoki chegaralovchi omillar ham muhim rol o'ynaydi. Masalan, ayrim o'simliklar hujayrasi biologik faol moddalar, ya'ni fitoaleksinlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, o'simliknnig navi, yoshi ham kasallanish darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Yorug'lik zamburug''larning tarqalishiga ta'sir ko'rsatmasa-di bakteriyalarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kislorod mavjudligi barcha mikroorganizmlar uchun zarur hisoblanad Kislorod miqdori yetarli bo'lgan sharoitda ular tez rivojlanadi. Ko'pchilik patogen mikroorganizmlar o'simliklar tanasiga tabiiy yo'lk (ustitsalar, yostiqchalar) orqali kiradi. Soxta un-shudring zamburug''i, karai bakteriozi asosan ustitsalar orqali kiradi. Fakultativ parazitlar mexani zararlangan joylar orqali kiradi. Inkubasiya davri: ko'pgina o'simliklarda ular kasallangandan ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.43 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.43 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:19 ]
Arxiv ichida: docx