O'simliklar kasalliklari. G'alla donli ekinlar kasalliklari

O'simliklar kasalliklari. G'alla donli ekinlar kasalliklari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar kasalliklari. G'alla donli ekinlar kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

O'simliklar kasalliklari. G'alla donli ekinlar kasalliklari. Reja. G'alla donli ekinlarning turlari. G'alla donli ekinlarning kasalliklarning turlari. 3. O'simlik kasalliklarini bartaraf etish usullari Patogenlik, virulentlik va agressivlik (tajovuzkorlik) kabilarni har qanday parazitning asosiy xossalari qatoriga kiritish mumkin. Patogenlik mikroorganizmlarning kasallik keltirib chiqarish xossasidir. U har bir tur uchun xos bo'lgan belgi hisoblanadi. Patogenlik xossasi tufayli turlararo tafovut kelib chiqadi. Masalan, Pseudomonas aeruginosa saprofit tur bo'lib, o'simliklarni kasallantirmaydi, Pseudomonas fluoresceins fakultativ parazit-sabzavot ekinlarini kasallantiradi, P. tabachi fakultativ saprofit tur hisoblanadi. Virulentlik - patogenning sifat belgisi hisoblanib, ma'lum turdagi patogenning ayrim tur yoki navdagi o'simlikka nisbatan patogenlik xossasidir. Masalan, kartoshkada fitoftora kasalligini keltirib chiqaruvchi zamburug'' boshqa o'simliklar (bug'doy, lavlagi, karam)ga nisbatan avirulent hisoblanadi. Virulentlik faqat patogen turlarga xos belgi bo'lib, shu tufayli patogen turlar orasida tafovutli patogen irqlar hosil qiladi. Masalan, boshoqdoshlar oilasi vakillari poyasida parazitlik qiladigan zang zamburug''i Puccinia graminis 6 ta maxsus irq, boshoqdoshlar oilasi vakillarida un-shudring kasalligini keltirib chiqaruvchi Erysiphe graminis 7 ta maxsus irq, o'simliklarda so'lish kasalligini keltirib chiqaruvchi Fusarium oxysporum 66 ta maxsus irq hosil qiladi. G'o'zada vertisillioz vilt kasalligini keltirib chiqaruvchi V. dahlia zamburug''ining 2 ta irqi mavjud bo'lib, ularning virulentlik xossasi turlicha namoyon bo'ladi va g'o'zaning turli navlarini turlicha kasallantirish xossasiga ega. Virulentlik biotrof patogenlar uchun doimiy xossa hisoblanadi. Nekrotrof patogenlarda o'simliklarga nisbatan bunday qat'iy moslashuv kuzatilmaydi. Masalan, o'simliklar F. oxysporum zamburug''i bilan sun'iy usulda kasallantirilganda, tabiiy holga nisbatan bir necha marta ortiq miqdordagi o'simliklar kasallanishi mumkin. Demak, nekrotroflarda biotroflarga nisbatan virulentlik kamroq ifodalangan ekan. Fitopatogen mikroorganizmlarning uchinchi xossasi agressivlik deyila-di. Agressivlikning mohiyati kasallik qo'zg'atuvchi patogenlik xossasi-ning miqdor ko'rsatkichidir. Agressivlik patogenning kam miqdordagi za-rarlovchi manbayiga (inokulyum), infeksiya tarqalish tezligiga, inkubatsiya davriga, kasallangan o'simlikda hosil qilgan sporalar soniga, inokulumning qancha masofaga tarqalish tezligiga bog'liq. Shularni hisobga olib, zang zamburug''ini eng agressiv turlar qatoriga kiritish mumkin. Chunki bu zamburug''ning bitta uredosporasi qisqa muddatli bir inkubatsiya davrida tez tarqaladigan sporalari mavjudligi tufayli qisqa fursatda ko'p o'simlikni zararlashi mumkin. Qorakuya zamburug''lari kam agressiv zamburug''lar qatoriga kiradi. Chunki ular bir mavsumda bir marta spora hosil qiladi, shuning uchun o'simlikni kasallantirish xossasiga ega emas. Ildiz chirish kasalligini keltirib chiqaruvchi F. javanicum va F. solani zamburug''i tuproqda o'simlikni kasallantirgan joydan boshqa joylarga tezda tarqalmaydi. Agressiv bo'lmagan turlarning sporasi havo yordamida tarqalmaydi. zamburug'iarning agressivlik xossasi kasallikka beriluvchan o'simlik navlarida yorqin namoyon bo'ladi. Ya'ni, virulentlik ma'lum navdagi o'simlikni kasallantirishda namoyon bo'lsa, agressivlik kasallanish darajasining namoyon bo'lishini ko'rsatadi. zamburug''laming yuqorida aytilgan barcha xossalarining namoyon bo'lishida fermentlar, toksinlar, biologik aktiv moddalar asosiy ahamiyatga ega. Hujayralararo moddalarni va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.63 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.63 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga