O'simliklar morfologiyasiga kirish va asosiy qonuniyatlari

O'simliklar morfologiyasiga kirish va asosiy qonuniyatlari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar morfologiyasiga kirish va asosiy qonuniyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'simliklar morfologiyasiga kirish va asosiy qonuniyatlari Reja: O'simliklar morfologiyasining vazifasi. O'simliklar morfolgiyasining tarixi. O'simlilkar morfologiyasining qonuniyatlari. O'simlik organlarining metamorfozi 1. O'simlikning tashqi ko'rinishini, ularning ayrim organlari tuzilishini va har xil shakl o'zgarishlarda bu organlarning o'zaro munosabatini o'simliklar morfologiyasi o'rganadi. O'simlilkar morfologiyasi faqat o'simliklarning ayrim organlarini emas, balki ularning funksiyasiga qarab va biron tashqi sharoit ta'sirida kelib chiqishi tarixini ham o'rganadi. O'simliklar morfologiyasi eng avval gulli o'simliklarga uchta asosiy organ: ildiz, poya va barg xos deb hisoblaydi. Boshqa organlar esa, masalan: gul, tikan, ilgakcha (gajakcha) kurtak, meva va shunga o'xshashlar yuqorida aytib o'tilgan asosiy organlardan birining shakli o'zgarishi metamorfoz natijasi hisoblanadi. Shu bilan birga yuksak o'simliklarning organlari funksiyasiga qarab ikkita asosiy guruhga bo'linadi. Jumladan: o'simliklarning individual hayotidagi funksiyalarni (masalan: oziqlanish, assimilyatsiya, gazlar almashi-nuvi va hoka'zolarni) bajarishga xizmat qiluvchi organlar vegetativ organlar jinsiy ko'payish funksiyasini bajarishga moslashgan organlar (gul, meva va urug') generativ organlar deb ataladi. 2. O'simliklar morfologiyasi (yunoncha - morfo- shakl, logos - ta'limot manosida) fani o'simliklarning tashqi tuzilishini, ularni tashqi muhit ta'sirida ontog'enez va filogenezda o'zgarib borishini o'rgandi. Insonlar o'simliklarning tashqi tuzilishiga ko'ra farqlarni foydali va zararli o'simliklarni taqqoslash davomida bilganlar. O'simliklar morfologiyasi ham o'simliklar sistematikasi singari botanikaning qadimiy bo'limlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi yunon tabiatshunosi Aristotelning shog'irdi Teofrast (eramizdan avval IV - VII asr) o'zining O'simliklar to'g'risimda ilmiy ishlar asarida 480 tur o'simlikning ildizi, poyasi, bargi va gul tuzilishini ko'rsatib bergan edi. Sharq fanining taraqqiyotida o'simliklarning kiyosiy morfologiyasini yaratilishida Ibn Sino (Avitsena) (980 - 7037) xizmatlari cheksizdir. U o'zining 280 ilmiy ishlarining 30 tasini tabiatshunoslikka bag'ishlagan. Jumladan Tibbiyot fanining qonunlari, Tirik organizmlarning klassifikatsiyasi to'g'risida kabi asarlarida ko'pchilik foydali o'simlikning tarkibi, xarakterli xususiyatlarini, davolashda foydalanish yo'larini ko'rsatib bergan. XVII asrga kelib, shved botanigi K. Linney botanik atamalar islohini amalga oshirdi. U yaratgan o'simliklar sistematikasida 100 ga yaqin atamalar mujassamlashgan. O'simliklar morfologiyasi fanining rivojlanishida nemis tabiatshunosi va shoiri I.V. Gyotening O'simliklar metomorfozi haqida tajribalar (1790) asari muhim o'rin egallaydi. Keyinchalik o'simlik organlarining ko'rinishi o'zgarishi to'g'risidagi fikrlar rus akademigi K.F. Volf (1759) va Shved botanigi O.N. Dekandol (1827) tomonidan ham bayon etilgan. Botanika fanining barcha tarmoqlarini rivojlanishida Ch. Darvinning evalyutsion ta'limoti asosiy o'rin egallaydi. (1859). O'simliklarning evalyutsion morfologiyasini rivojlanishiga Markaziy Osiyo olimlaridan Ye.P. Korovin, I.A. Raykova, M.G. Popov, M.V. Kultiasov, V.P. Drobov, K.Z. Zokirov, R.V. Kamelin, V.K. Vasilevskayalarning xizmatlari kattadir. Ular issiq, noqulay iqlim sharoitida o'sishga moslashgan o'simliklarning morfologik xususiyat-larini o'rganganlar. 3. O'simlilkar morfologiyasida vegetativ organlarining tuzilishidagi asosiy qonuniyatlardan biri ularning kutibliligidir. Kutiblilikning mohiyati shundaki, o'simlikning yuqorisi (uchi) bilan asosi morfologik va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.78 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.78 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga