o'simliklar koplamining dinamikasi. Reja: 1.Fitotsenozlardagi mavsumiy o'zgarishlar. 2.Fitotsenozlarning yillik - fluktuatsion o'zgarishlari. 3.Fitotsenozlarning zamonda lamashinuvi - suktsessiyalar. Tayanch ibora va atamalar: fitotsenozning dinamik xarakteri (tabiati), efemer va efemeroitlar, yozgi tinim davri, flyuktuatsion, qaytar o'zgarishlar, qaytmas o'zgarishlar, suktsessiyalar. Fitotsenozlardagi mavsumiy va yillik o'zgarishlar. Tabiatda fitotsenoz dinamik xarakterga ega. Yil fasllarining xar birida fitotsenozning aspekti, turlar tarkibi, koplanganlik darajasi turlicha bo'ladi. Bu jaraen turlar fenologik bosqichlarining ketma-ketligi, xar mavsumdagi iqlim faktorlarining ta'sir darajasiga bog'liq. Turli yillar bo'yicha fitotsenozda buladigan o'zgarishlar xam iqlim sharoiti bilan bog'liq, ammo malum amplituda chegarasida bo'ladi. Bu ikkala xil o'zgarishlar xam qaytar o'zgarishlardir va fitotsenozlarning almashinuviga olib kelmaydi. Fitotsenozlarning mavsumiy o'zgarishlari va holati iqlim sharoitining ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi. Kishi sovuk, ezgi oylar esa, nam va ilik buladigan regionlarda o'simliklar kishda tinim davrida bo'ladi, kolgan mavsumlarda tulik rivojlanish fazalarini utaydilar. Kishi ilik va sernam,ezi issik va kuruk iqlimli sharoroitda kuz-kish-bahorda fenologik bosqichlari tulik utib buladigan o'simliklar uyushmalari shakllanadi. Kuzgi efemer va efemeroidlar uyushmalari ana shunday fitotsenozlardandir. Bir fitotsenozdagi har xil turlar turli muddatlarda, turlicha tezlik bilan fenologik bosqichlarni utaydilar. O'zbekiston chul va adirlarining keng tarkalgan rang formatsiyasi misolida bu jaraenni kuzatish mumkin. Rang, kungirbosh, boychechaklarda kuzdaek vegetatsiya boshlanadi. Yashil fonda birinchi bo'lib boychechak (Colhium kesselringi, S.luteum) gullaydi, keyinrok rang (Carex pachystiliis C.physodes) undan sung kungirbosh (Poa bulbosa), gozpiez (Gagea) turlari, no'xataklar (Trigonella), gullaydi va uruglaydi. o'rta hisobda may oyining boshlarida ularning yillik vegetatsiyasi tugallanadi. Yer osti qismlari ezgi tinim davriga kiradi. 199 yilda noyabrning oxirlaridaek boychechak gulladi. Yezda ularning urniga yantok (Alhagi), shuvoklar (Artemisia) kuzikuloklar, ok kuvray (Psoralea drupacea), toshbakatollar (Haplophyllum), mingbosh (Convolvulus subhirsutus) va boshqa bir kancha ko'p yillik utlar usadi. bahordan kech kuzgacha fitotsenozda dominant va aspekt hosil etuvchi turlar bir necha marta almashinadi, fitotsenozda turlar tarkibi uzgarib turadi. Bu tarkib xar yili davriy ravishda malum ketma-ketlikda takrorlanadi. Tabiatda turli yillarda meteorologik sharoit bir xil emasligi malum. Shunga mos ravishda fitotsenozlarda buladigan o'zgarishlar xam yillar bo'yicha birxil bulmaydi. Turli yillarda daraxtlarning o'sishi,o'simliklar fenologik fazalarining muddatlari xam turlicha tezlik bilan utadi. Bu xil o'zgarishlarni ob-havoga bog'liq eki yillik o'zgarishlar - flyuktuatsion o'zgarishlar deyiladi. Flyuktuatsion o'zgarishlar fitotsenozlarning turlar tarkibiga kam ta'sir etadi. Daraxtchil o'simliklarga nisbatan utchil o'simliklar fitotsenozlarida yillik o'zgarishlar kuprok kuzatiladi. Bazi yillarda fitotsenozda efemerlar sinuziyalari tushib koladi, yani bahor kamegin,issik eki sovuk bulsa, efemerlar deyarli rivojlanmaydi. Ob daresi buylaridagi suv bosadigan erlarda kuprok vodolyub rivojlanadi nisbatan kuruk iqlimli yillarda, suv bosmasa tipchok (Festuca) rivojlanadi-yu, vodolyubning ildizpoyalaridan poyalar hosil bul-maydi. Yillik o'zgarishlarning darajasi yillik iqlim o'zgarish-larining amplitudasiga tulik ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.04 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.04 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:19 ]
Arxiv ichida: docx