O'simliklar to'qimalari Reja: To'qima haqida tushuncha. To'qimalarning klassifikatsiyasi. To'qimalarning bajaradigan vazifalari va xillari. 1. O'simliklarning tanasi har xil to'qimalardan tashkil topgan bo'ladi.Shakli jihatidan o'xshash bo'lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar guruhiga to'qima deyiladi. To'qimalar shakliga ko'ra 2 xil bo'ladi. Parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralardan tashkil topgan to'qimalar, parenximatik to'qimalar, prozenximatik hujayralardan tashkil topgan to'qimalar, prozenximatik to'qimalar deyiladi. 2.To'qimalar kelib chiqishiga ko'ra 2 ta katta guruhga bo'linadi. 1. Embrional- hosil qiluvchi to'qimalar. 2.Doimiy to'qimalar. Hosil qiluvchi to'qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez- tez bo'linish xususiyatiga ega bo'ladi. Hosil qiluvchi to'qimadan vujudga kelgan hujayralar avval o'sadi, sungra malum shaklga qirib, doimiy to'qimani hosil qiladi. Bu to'qima keyinchalik yashay beradi va kam o'zgaradi yoki nobud bo'ladi. Hosil qiluvchi to'qimani o'zi kelib chiqishiga ko'ra 2 xil bo'ladi. Birlamchi hosil qiluvchi to'qima- prokambiy Ikkilamchi hosil qiluvchi to'qima- kambiy Prokambiy to'qimasi o'simlik organlarining o'sish nuqtalarida ildizning va poyaning uchida, yani o'sish konusida bo'ladi. O'sish konusidagi hujayralarning bo'linishi hisobiga ildiz va poya bo'yiga o'sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to'qima (meristema) o'sish konusining eng uchida joylashgan bitta dastlabki hujayraning ketma- ket bo'linishi natijasida rivojlanadi. Keyinchalik bu hujayradan kelib chiqishga ko'ra birlamchi hisoblangan har xil to'qimalar ajraladi. Birlamchi meristemadan cho'zik va ingichka hujayralar guruhi ham ajralib chika boshlaydi va ular o'sish konusidagi birmuncha pastda joylashadi. Har tomonga qarab zo'r berib bo'linish xususiyatiga ega bo'lgan hujayraning bu gruppasi prokambiy deb ataladi Prokambiy hujayraning zo'r berib bo'linishi natijasida keyinchalik o'tkazuvchi va maxanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to'qima, birlamchi yog'ochlik, yani ksilema va birlamchi lub, yani floema hosil bo'ladi. Prokambiy to'qimasi asosan bir pallali o'simliklarda uchraydi. Birlamchi yog'ochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o'simliklarda o'zi yo'q bo'lib ketadi. Ikki pallali o'simliklarda esa yoshlik vaqtida bo'ladi. Birlamchi yog'ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o'zi yo'qola boradi. Yo'qolib borayotgan bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo'linib ko'payishidan kambiy to'qimasi vujudga keladi. Kambiy to'qimasi hosil qilishda davom etadi va chetga tomon ikkilamchi lub, markazga tomon ikkilamchi yog'ochlik katlanaveradi. Natijada ikki pallali o'simliklarni o'q organlari o'sib, yo'g'onlashaveradi. Yillik halqalar kambiy to'qimasining faoliyati tufayli, vujudga keladi. Alohida qoplovchi to'qima- po'kak hosil qiluvchi po'kak kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to'qimaga kiradi. Hosil qiluvchi to'qimalar o'simliklar hayotida muhim rol o'ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz o'simliklar o'smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. Hosil qiluvchi to'qimalar o'simliklarda joylashgan o'rniga ko'ra 4 xil bo'ladi. 1) Tepa- apikal meristema. 2) Interkalyar meristema. 3)Yon meristema. 4) Yara meristemalari. 3. Doimiy to'qimalar bajaradigan vazifasiga ko'ra 5 xil bo'ladi. 1)Koplovchi. 2) Asosiy. 3) Maxanik. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.96 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.96 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:19 ]
Arxiv ichida: docx