O'simliklarda va hayvonlarda ko'payish xillari

O'simliklarda va hayvonlarda ko'payish xillari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarda va hayvonlarda ko'payish xillari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Ko'payish xillari Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarga ko'payish, uning xillari, ko'payish jarayonida tirik organizmda ro'y beradigan jarayonlar haqida ma'lumot berish Tarbiyaviy: o'quvchilarga ko'payishning biologik ahamiyati tushuntirish va ularni o'rganish asosida estetik dunyoqarashni shakllantirish Rivojlantiruvchi: darslik ustida mustaqil ishlashni o'rgatish, ko'payishga oid bilimlarni va nutq, muloqotni rivojlantirish. 2. Darsni jihozlari: ko'payish jarayonlari tasvirlangan tablitsalar, test kartochkalari, vegetativ ko'payuvchi o'simliklarning gerbariylari, mikroskop va uning yordamchi buyumlari, sodda hayvonlar ko'payishi olingan preparatlar, qo'shimcha adabiyotlar, darsliklar. 3. Metod: Kimning xotirasi kuchli o'yini, aqliy hujum, guruh bilan ishlash, o'quvchilarni mustaqil chiqishi. 4. Kutilayotgan natija: a) yangi pedtexnologiyalarni samaradorligini namoyon etish, fanga qiziqish uyg'otish. b) ko'payish haqida to'liq ma'lumot olish. c) ko'payishning turli-tuman xillari haqida ma'lumot olish. 5. Darsni shiori: Tabiat qonunlarini o'rganish insoniyat kelajagining garovi! O'tilgan mavzuni so'rab olishdan ilgari o'quvchilarga ma'naviy va iqtisodiy tejamkorlik haqida gapirilib, hozirda fan olamida bo'lib o'tayotgan yangiliklar haqida qisqacha to'xtaladi. So'ng o'quvchilardan Mitoz mavzusiga oid test kartochkalari tarqatiladi, ular tayyorlangunlaricha guruh orasiga Kimning xotirasi kuchli o'yini o'tkaziladi. Bunda o'quvchilar ichidan kamida uch nafar o'quvchi ajratib olinib ularga oldindan tayyorlab qo'yilgan o'tgan mavzu asosaida tuzilgan biologik terminlardan kamida o'ntasi aytiladi. Ikki o'quvchi sinfdan tashqariga chiqib turadi, qolgani yodida qolgan atamalarni aytadi, tashqaridan bitta o'quvchi kirib u ham yodida qolgan atamalarni aytadi va o'yin shu tariqa davom etadi. O'yin 5 daqiqadan oshib ketmasligi kerak. Test 1. Hujayraning bo'linishga tayyorlanish davri bilan mitoz bosqichlarini davom etshiga nima deyiladi? A. mitoz sikli B. profaza C. sitokinez D. interfaza DNKning ikki hissa ortish qaysi fazada amalga oshadi? A. metafaza B. G1 C.S D.G2 Savollar: Mitoz qanday fazalardan iborat? Profazada nimalar amalga oshadi? Sitokinez nima va u qachon ro'y beradi? Mitoz fazalari qancha davom etadi? Yangi mavzuni boshlamasdan ilgari bir o'quvchi mitozning biologik ahamiyati haqida ma'lumot beradi Mitozning biologik ahamiyati shundaki mitoz natijasida hosil bo'lgan har bir yangi hujayra bir xil xromosoma to'plami va bir xil genga ega bo'ladi. Mitozda genetik material qiz hujayralar o'rtasida teng taqsimlanadi va ularning xromosoma to'plami diploid to'plamga ega bo'ladi. 6. Yangi dars shakli: bayon denmonstratsiya 7. Yangi mavzu bayoni Reja: Ko'payish xillari: jinssiz va jinsiy ko'payish O'simliklarda jinssiz ko'payish Hayvonlarda jinssiz ko'payish Ko'payishning ahamiyati Organizmlarning ko'payish usullari juda xilma-xil va murakkab bo'lishiga qaramay, uning asosini ikki xil: jinsiy va jinssiz ko'payish tashkil qiladi. Jinsiy bezlarda hosil bo'lgan jinsiy hujayralar ishtirokida boradigan nasllar gallanishi va rivojlanishiga jinsiy ko'payish deyiladi. Bu ko'payish xili evolutsiya davomida paydo bo'lgan bo'lib, unda ota va ona genotiplarining xilma - xil bo'lishi muhim ahmiyatga ega. Jinsiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 300.52 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 300.52 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga