O'simliklarga zarar keltiruvchi hayvonlar va ularga qarshi kurash

O'simliklarga zarar keltiruvchi hayvonlar va ularga qarshi kurash

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarga zarar keltiruvchi hayvonlar va ularga qarshi kurash - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarga zarar keltiruvchi hayvonlar tuzilishi turlari, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar va ularga qarshi kurash yo'llari. Reja. 1. Kаsаllik qo'zg'аtuvchi hayvonlar turlari,o'simlikkа kirib kеlishi, tarqalishi. 2. O'simliklarga zarar keltiruvchi hayvonlarning tuzilishi. 3. O'simliklarga zarar keltiruvchi hayvonlarninga qarshi kurash usullari. Yuqorida qayd etilgan viruslar, bakteriyalar, zamburug'lardan tashqri qator hayvonlar - chuvalchanglar (nematodalar), o'rgimchakkanalar, o'simlik kana va bitlari, turli o'simlikxo'r hasharotlar ham o'simliklarga jiddiy zarar yetkazasadi. Jahon bo'yicha har yili qishloq xo'jalik ekinlarining mahsulotini 30% dan ortig'i zararkunanda, kasalliklar va begona o'tlar zararidan nobud bo'lmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda yuqoridagi zararli organlar ta'sirida 20-25 % hosil nobud bo'lsa, kam rivojlangan davlatlarda 40% hatto 50 % gacha nobud bo'lmoqda. Quyida ana shu zararkunandalarning turlari haqida so'z yuritiladi. Nematodaiar, ya'ni yumaloq chuvalchanglar tuproqda va o'simliklarda hayot kechiruvchi mikroskopik shaklga ega, rangsiz qurtlardir. Meva bog'laridagi tuproqning haydalma qatlamida 100 sm3 da 400-500 ta nematoda uchraydi. Butun dunyoda g'o'zada 150 tacha, O'zbekistonda 100 dan ortiq nematoda turi mavjud boiib, ulardan 20-25 tasi parazitlik bilan hayot kechiradi. Qishloq xo'jaligi ekinlarida bir necha turdagi nematodaiar parazitlik qiladi. Ular issiqxonalardagi sabzavot ekinlaridan bodring, baqlajon, qovun, qovoq, g'o'za, kanop, geran, zig'ir, kartoshka kabi o'simliklarga katta zarar yetkazadi. Masalan, Heterodera rostochiensis Woll - kartoshkaning sista hosil qiluvchi, Meloidogyne incognita Chitw - gall nematodasi, Ditylenchus destructor Thome - poya nematodasi ekinlarni dalada va mahsulotni saqlash jarayonida nobud bo'lishiga sabab bo'ladi. Keyingi yillarda Heterodera arenae Woll - sulining sista hosil qiluvchi nematodasi bug'doy hosildorligini 6-8 sga pasaytirib yubormoqda. Ditylenchus dipsaci Kuhn-poya nematodasi qulupnay, qand lavlagi, xmel, no'xat kabi o'simliklaming hosilini kamaytiradi. Fitopatogen nematodaiar, kelib chiqishiga ko'ra, poyada, ildizda, barglarda va urug'da parazitlik qiluvchi turlarga bo'linadi. Nematodaiar morfologik tuzilishi, biologiyasi, patogenligi va kasallik belgilarini keltirib chiqarishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Barcha fitoparazit nematodaiar tanasining old qismida og'iz apparati bo'ladi. Ular xartumi vositasida hujayralar devorini teshib, o'simlik ichkarisiga kirib, hujayra ichidagi oziqani shimib oziqlanadi va o'ziga xos so'lak ajratib chiqaradi. So'lak o'simliklar hujayrasi va to'qimalariga turlicha ta'sir ko'rsatadi. X.Dekker (1972) fikricha, o'simliklarda nematodaiar keltirib chiqaradigan patologik o'zgarishlar quyidagi guruhlarga bo'linadi. 1. Hujayralararo plastinkalarni eritib, ularning birligini yo'qotadi (poya nematodasi - Ditylenchus dipsaci). a. nujayra devorini eritadi. Natijada barcha hujayralar nobud bo'ladi (ildizning endoparaziti - Platylenchus). O'simlikning o'sish konusidagi hujayralarning bo'linishini to'xtatadi. Natijada ildiz va poya o'sishdan to'xtaydi (ildizning ektoparaziti -Trichodorus christici Chtxv). Hujayralarning bo'linishini tezlashtirishi hisobiga ko'p miqdorda yon ildizlar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi (Meloidogyne halpa Chitw). Hujayralarning shakl o'zgarishi natijasida to'qimalar g'ovak boiib qoladi (ildizning endoparaziti - Rodopholus similis Chiw). Parazit nematodalar kirgan hujayralar yiriklashib, gigant hujayraga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 395.44 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 395.44 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga