O'simliklarni vegetativ organlaridan ko'paytirish. Payvandlash usullarini o'simliklarni ko'payshidagi ahamiyati. Reja Payvandlash usullarini haqida umumiy tushuncha O'simliklar hayotida payvandlashning ahamiyati Payvandlash turlari Payvandlash. Mevali daraxtlarni payvandlash xilma-xil bo'lib ko'chatzorda asosan yozgi kurtak payvand usuli qullaniladi. kurtak payvand O'zbekiston sharoitida mevali daraxtning pustlogi yog'och qismidan ajraladigan vaqtda-15 iyuldan 10 sentyabrgacha qilinadi. kurtak payvand qilishda bir hafta ilgari ko'chatlar sugoriladi. Urug' ko'chatlarning ildiz bug'zidan 15- 20 sm yuqorida bo'lgan yon novdalari va barglari olib tashlanadi. Payvandust uchun madaniy mevali daraxtning yetilgan novdalari tanlanadi. Poyaning ildiz bug'zidan 2-3 sm, yuqorisidan shimol yoki shimoli-g'arb tomonidagi pustloq 2-2,5 sm uzunlikda «T» harfi shaklida kesilib yog'ochlikdan ajratiladi va uning orasiga pustlog'i bilan kesib olingan kurtak joylashtiriladi. Quyilgan kurtak yuqoridan pastga qaratib chipta yoki boshqa materiallar bilan (kurtakni ochiq; qoldirib) qattiq bog'lab quyiladi. Payvandlangandan 12-15 kun o'tgach, boylangan chiptalar bo'shatiladi, tutmaganlari qayta payvand qilinadi. Erta bahorda kurtaklar uyg'ongunga qadar chiptalar yana bushatiladi va payvandning yuqori qismi -qiya qilib kesib tashlanadi. Parvarish qilish davomida bachki novdalar olib tashlanadi va ulangan kurtakning o'sishi uchun sharoit yaratiladi. Keyinchalik odatdagicha parvarish qilinaveradi. Ko'chatga shakl berishda payvandlangan kurtaklardan o'sib chiqqan novdani daraxtning turiga qarab ma'lum balandlikka etganda (60-100 sm) poyasi kesiladi, shunday qilinsa yon shoxlar chiqaradi. Poyaning yuqori qismidan 4-5 ta yon shoxlar qoldirib, pastki shoxlari olib tashlanadi. Payvand ko'chatlarni kovlab olish. Ko'chatlarni kovlab olish sovuq tushguncha tugallanadi. Chunki bu vaqtgacha o'simlik navdalari pishgan va bargining ko'pchiligi tukilgan bo'ladi. Ko'chatlar ketmon bilan yoki maxsus plug yordamida kovlanadi. Qazilgan ko'chatlar ikki xilga ajratiladi: ildizi 40 sm, poyasining buyi 50-60 sm dan kam bo'lmagan 4-5 yon shoxli va asosiy tanasi tug'ri o'sganlari bir tomonga, ildizi 30 sm gacha, poyasi 40 sm dan kam bo'lgan 2-3 yon shoxli, asosiy tanasi tug'ri bo'lmaganlari ikkinchi tomonga ajratiladi, ularni 10 tadan qilib boylanadi va etiketka yozib kerakli joylarga junatiladi. O'simliklar ko'chatlari yetishtiriladigan yer (joy) ko'chatzor deb ataladi va ko'chatzorda bajariladigan ishlar xarakteriga qarab ko'chatzor uch bo'limdan tashkil topadi. Avvalo ko'chatzor uchun tekis, sho'rlanmagan, unumdor yer tanlanadi. Ko'chatzorga boradigan yo'llar aholi turadigan qishloq yaqin bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ko'chatzorning birinchi bo'limida urug'idan urug' ko'chat ya'ni payvandtag o'stiriladi (olma, nok, behi urug'lari ekiladi, bir gektar yerga 30-40 kg urug'ekish me'yordir). Shu bo'limda tok, anor, anjir ko'chatlari qalamchasidan ekib (o'tqazib) ko'chat o'stiriladi. Urug'idanundirilgan nihollar kelgusi yil erta bahorda - ikkinchi bo'limga ko'chiriladi. Ko'chirishda urug' ko'chatlar qator orasi 60-70 sm qatorda, tup orasi 20-25 sm qilib o'tqaziladi va parvarishlanadi. Ma'lumki, danakmevalilarning nihollari urug'lilarnikiga qaraganda tez o'sadi, shuning bois ularning danaklari ko'chatzorning ikkinchi bo'limiga to'g'ridan ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:20 ]
Arxiv ichida: docx