O'simliklarning chidamli navlarini yetkazish usullari.Infeksiya manbayi va seleksiyaning yutuqlari Reja. Kasallikka chidamli navlarni etishtirishdan maqsad va uning vazifalari. O'simliklarni chatishtirish usullari va muamolari. Infeksiya manbayi deb nimaga aytiladi? O'simliklarni sun'iy usulda zararlash yo'llarini ayting. O'simliklarning chidamliligini baholashning yo'llari qanday? Seleksiya fanining yutuqlari qanday? Adabiyotlar:1,2,4,5,8. Qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda, ularning kasalliklarga nisbatan chidamliligini ta'minlashda agrotexnik tadbirlar bilan birga seleksiya fani yutuqlaridan foydalanish muhim iqtisodiy samara beradi. Seleksiya yo'li bilan yaratilgan navlardagi xususiyatlar o'simlikning genetik mexanizmi bilan bog'langan bo'lib, nasldan-naslga o'tib boradi. Shuning uchun chatishtirish usullarini to'g'ri tanlash muhim nazariy ahamiyatga egadir. Chidamli navlarni etishtirish uchun yalpi tanlash, gibridlash va yakka mutagenez usullaridan foydalaniladi. Yalpi tanlash chidamli navlarni yaratishda keng qo'llaniladigan usuldir.Bunda o'simlikning kasallik va hashoratlarga nisbatan chidamlilik xususiyatini yakka tartibda tanlaniladi. Malum navdagi o'simliklarning geterozigota populyatsiyalar har xil bo'ladi. Bir xil sharoitli infeksion fonda o'sayotgan o'simliklar ichida ayrim o'simliklar chidamlilikni namoyon qilsa, ayrimlari esa nisbatan chidamsizlikni namoyon qiladi. Eng chidamli xususiyatlarni namoyon qilgan o'simliklarni tanlab olib turli kasalliklarga chidamli navlar keltirib chiqazilgan. Masalan kungaboqarning zarpechak va qorakuyaga, zig'ir o'simligining fuzariozga chidamli navlari yaratilgan. Yalpi tanlash usuli har yili yangidan tanlov olib borishni talab qiladi. Chatishtirish (gibridlash) usuli - o'simliklarni tur ichida, turlararo va oilalararo chatishtiriladi. Chatishtirish jarayonida chidamlilik xo'jalik ahamiyatiga ega xususiyatlarni bir navda namoyon qilishga to'g'ri keladi, yani hosildorlik, mahsulot sifati, kasallikka chidamlilik xususiyati nazarda tutiladi. Madaniy o'simliklar orasida chidamli navlarni uchratish qiyin, lekin yovvoiy turdagi o'simliklarda chidamlilik yorqin ifodalangan. Masalan yovvoiy g'o'zada viltga chidamlilik xususiyati, begona o'tlarda xashoratlarga chidamlilik yorqin ifodalangan. Tabiiy genofonda uchraydigan o'simliklarning bunday xususiyatlaridan madaniy o'simliklarning foydali xususiyatlarini umumlashtirish uchun ularni chatishtirib yangi navlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlardan foydalanib g'o'zaning viltga chidamli navlari yaratilgan. Cuniy mutagenez usuli - chidamli navlar yaratishda yangi yo'nalish hisoblanadi. Bunda radiaktiv nurlanish, neytronlar, kimyoviy moddalar va fizik-kimyoviy faktorlar ta'siridan foydalaniladi. Bu faktorlar ta'sirida tabiatda yo'q mutatsiyalarni olish imkonini beradi. Masalan qorakuya kasalligi chidamli bug'doy navlari gamma nurlar ta'sirida hosil qilingan. Turlararo va oilalararo farq qiladigan o'simliklarni chatishtirish jarayonida gullarning gullash davridagi tafovut yoki gul tuzilishidagi tafovutlar mavjudligi uchun ular chatishmay qoladi, urug' hosil qilmaydi va steril qoladi. Vegetativ usulda ko'payuvchi o'simliklardan kartoshka, uzum, mevali va rezavor o'simliklari vegetativ ko'payish xususiyatiga ega bo'lganligidan ularda ko'payish to'xtamaydi. Bunday o'simliklarda uzoq formalarini chatishtirish ahamiyatga ega. Lekin urug' uchun o'stirilgan o'simliklarda avlodlarning chatishtirish jarayonida kam urug' hosil qilish xususiyatining hosil bo'lishi yechimini topish lozim bo'lgan masala hisoblanadi. Maxsus kimyoviy usullarni qo'llash natijada xromosomalar sonini ortirish usuli ishlab chiqilgan. Masalan Kolxitsin moddasi ta'sirida xromosomalar ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.47 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.47 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:20 ]
Arxiv ichida: doc