O'simliklarning ekologik guruhlari va hayotiy shakllari Reja: tashqi muhitni o'simliklar tuzilishiga ta'siri Aerogidatofitlar tashqi muhitni o'simliklar tuzilishiga ta'siri O'simliklar ekologiyasi - o'simliklarning tashqi muhit bilan aloqasi to'g'risidagi fan bo'lib, o'simliklar shakllarini paydo bo'lishiga ayrim faktorlarning yoki ularning birgalikdagi ta'sirlarini o'rganadi. O'simliklarni tashqi muhitning biror faktoriga nisbatan ekologik guruhlar ajratiladi. O'simliklarning tuzilishiga tuproqning va, havo namligining hamda yorug'lik kabi muhim faktorlar ta'sir etadi. Bu faktorlarga o'simliklar turlicha moslashadi, shuning uchun kserofitlar yoki stsiofitlar (soya sevar o'simliklar) tashqi - gabitusi va ichki tuzilishlari bilan farq qiladilar. Ular turli hayotiy shakllarga ega. O'simliklarning hayotiy shakli yoki biomorfi (yunon. bios - hayot, morfo - shakl) deganda o'simliklarning ontogenez davrida aniq ekologik sharoitga moslashib shakllangan o'ziga xos tashqi qiyofasi tushuniladi. Gabitus birinchi nabdatda o'simliklarni yer ustki va yer ostki kabi vegetativ organlarning o'ziga xos o'sish xususiyatlariga bog'liq. O'rta Osiyoning cho'llarida va boshqa yozi quruq, issiq bo'ladigan joylarda o'sgan juzg'un (Calligonum) saksovul (Haloxylon), efedra (Ephedra) va boshqa ko'pgina butalarga barglarini qisqartirish xos xususiyatdir. O'simliklarni namlikka bo'lgan munosabatiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi. 1) Kserofitlar (kseros - quruq; fiton - o'simlik) - tuproq va havoda doimiy yoki vaqtinchalik suv tanqisligiga moslashgan o'simliklar. 2) Mezofitlar (mezos - o'rtacha) namlik etarli bo'lgan joylarda o'sadigan o'simliklar. 3) Gigrofitlar (gigra - nam) tuproqda havo namligiga nisbatan ko'proq nam bo'lgan erlarda o'sadigan o'simliklar. 4) Gidrofitlar (gidra-suv) suv muhitiga moslashgan o'simliklar. Bu o'simliklar suvga yarim botib yashaydilar. 5) Gidatofitlar - butunlayiga suvga botib yashovchi o'simliklar. Gidatofitlarga elodeya, vallisneriya, suv ayiqtavonlari kabi o'simliklar kiradi. Bu o'simliklarning bazilarining ildizlari xovuzlarning tubidagi loylarda yopishib o'sadi, bazilari suvda so'zib yuradi. Faqat gullash vaqtida to'pgullari suv yuzasiga chiqadi. Gidatofitlarda gaz almashinish suvda erigan kislorodning kam bo'lganligi sababli qiyinlashadi. Suvni harorati qancha baland bo'lsa shuncha suvda shuncha kislorod kam bo'ladi. Shuning uchun gidatofitlarning organlarini yuzasi umumiy massasidan qo'p bo'ladi, ularning barglari juda yupqa bo'ladi. Masalan elodeyaning barglari faqat 2 qator hujayralardan tashkil topgan, bazi barglari ipsimon bo'laklarga bo'lingan ham bo'ladi. Suvda botib o'sadigan o'simliklarga yorug'lik kamroq etib boradi, shuning uchun gidatofitlarda soyasevarlik xususiyatlari ham bor. Epidermasida esa fotosintezga qatnashuvchi xloroplastlar mavjud. Epidermasida kutikula bo'lmaydi yoki juda yupqa bo'lib suvning kirib chiqishiga halaqit bermaydi. Shuning uchun suv o'simliklari, suvdan chiqazganda suvini butunlayiga yo'qotib bir necha minutda qurib qoladi. Suv havoga nisbatan zichroq shuning uchun suv o'simliklarni ushlab turadi. Bu guruh o'simliklarining to'qimalarida yirik hujayra oraliqlari mavjud bo'lib gaz bilan to'lib yaxshi ko'rinadigan ayrenximani hosil qiladi. Shuning uchun suvda yashovchi o'simliklar suvda bemalol botib yashaydi, ular hech qanday mexanik to'qimaga muhtoj emas. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.41 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.41 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:20 ]
Arxiv ichida: docx