O'simliklarning hashoratlarga chidamliligi organizmlarning biologik xususiyati Reja O'simliklarning hashoratlarga chidamlilik mohiyati. O'simliklarning hashoratlar bilan zararlanishga bardoshligining turlari. O'simliklarning hashoratlarga chidamlilikning tashqi muhit sharoitiga bog'liqligi. Adabietlar:1,2,6,7,8. O'simliklarning hashoratlarga chidamliligi uning morfologik tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan biologik xususiyat hisoblanadi. O'simliklarning hashoratlarga chidamliligi evolyutsion taraqqiyot natijasi bo'lib, ularning vegetativ va generativ organlarini hashoratlardan saqlash yo'lidir. O'simliklarning kasallikka chidamliligi singari, hashoratga chidamliligi o'simlikning kimyoviy, fizik, fiziologik, morfologik belgisi hisoblanadi. Masalan kartoshkaning kaloroda qo'ng'iziga chidamliligi uning tarkibidagi demissin glyukozidi bilan bog'liq deb hisoblanadi, lekin bu moddasi bo'lgan ayrim o'simliklar ham kalorada qo'ng'izi bilan zararlanmasligi aniqlangan. Demak chidamlilik o'simlikning fiziologik va bioximik xususiyati bilan bog'langandir. Hashorat va o'simlik orasidagi munosabat biologiyaning dolzarb masalasi hisoblanganligidan bu qonuniyatlarni bilish o'simliklarning hashoratlarga chidamli navlar yaratishga asos bo'ladi. O'simliklarning hashoratlarga bardoshliligi deganda o'simlikning chidamlilik xususiyati tushunilmasdan, balki zararlangan organlarining qayta tiklanish xususiyati tushuniladi. Masalan, Odessa-3 navli bug'doy poyasi Gessan pashshasi bilan zararlansada kech kuzda qaytadan yangi poyalarni hosil qiladi. Bu navlarda to'liq gul va urug'lar boshoqlar hosil bo'ladi. Natijada uning hosildorligi pasaymaydi, hashoratning zarari sezilmaydi. Bunday bardoshlilik xususiyati kartoshkaning ayrim navlarida ham kuzatiladi. Makkajo'xorining ayrim navlari bitta ildiz hosil qilib kemiruvchi hashoratlar tamonidan kuchli zararlansa ayrim navlari bir necha o'q ildiz hosil qilib u bilan zararlangan ildizlar o'rniga yangisini hosil qiladi. Ayrim hashoratlarga bardoshli uzum navlari hashoratlar ta'siriga chidamlilik qilib 10-12 yil hayot kechirsa bardoshsiz navlar 4-5 yilda halok bo'ladi. O'simliklarning bardoshliligi ayrim faktorlar ta'sirida kuchayishi mumkin. Masalan og'ir vazinli urug'lar oz muddatida qulay tuproq sharoitiga, normal chuqurlikka ekish o'simlik bardoshliligini oshishiga sabab bo'ladi. Shuningdek o'simlikning oziqlanishi va suv bilan ta'minlanishini yaxshilash, o'simliklar orasidagi masofani to'g'ri joylashtirish ularning hashoratlar bilan zararlanish darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'simlikning o'sish va rivojlanishi uchun zarur sharoitning qulay bo'lishi bardoshlilikning oshishiga sabab bo'ladi. Ko'pgina kemiruvchi hashoratlarning ta'siridan o'simliklarni saqlashning asosiy yo'li o'simliklarning o'zini qayta tiklash xususiyatini takomillashtirish hisoblanadi. Qayta tiklash uchun esa o'simlikda auksin, suberin va kallus hujayralarini hosil qilish xususiyati muhimdir. Bardoshlilik xususiyatining namoyon bo'lishida o'simliklarni hashoratning zaharli moddasini zararsizlantirish xususiyatini namoyon qilishi ham muhimdir. Bunday xususiyatga ega o'simliklar hujayra po'sti qalinlashib zararli moddalarni boshqa hujayralarga o'tkazmay qo'yadi. Tashqi muhit hashoratlarning o'simliklarni zararlashda asosiy kuch hisoblanadi. Tashqi muhit faktorlari o'simlik morfologik holatiga va hashoratning biologik faoliyatiga ham ta'sir ko'rsatadi. Masalan qulay agrotexnik tadbirlar bug'doy o'simligining shved pashshasiga chidamliligini ortiradi. Qulay sharoitda o'sgan bug'doy o'simligi yangidan tuplanish hosil qilsa, kartoshka o'simligi yangi poyani hosil qilishiga olib keladi. Mineral o'g'it me'yorida qo'llanganda karam o'simligi kemiruvchi kapalaklar bilan 2% ga, qo'llanmaganda 40% ga zararlangan. Tashqi muhit sharoitining ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.53 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.53 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:20 ]
Arxiv ichida: docx