O'simliklarning hayoti davomida hosil bo'lgan Immunitet Reja . Hayot davomida hosil bo'lgan immunitetning turlari. O'simliklarga zardob (vaqtsina) berish. Kimyoviy immunitetning o'simlik uchun ahamiyati qanday? Kasallik qo'zg'atuvchilarning moslanish xususiyati va uning mohiyati. Adabiyotlar:2,3,4,6,7. O'simliklarda nerv sistemasi va qon aylanish doirasining yo'qligi tufayli ularda ortirilgan immunitet yo'qligi to'g'risida fikrlar adabiyotlarda mavjud edi. Keyingi yillarda esa o'simliklarda ro'y beradigan jarayonlar o'zaro bog'liqligini isbotlaydigan fikrlar paydo bo'lmoqda. Jumladan, o'simliklar tsitoplazmasida modda almashinishi hujayralararo moddalar harakati natijasida amalga oshishi aniqlandi. O'simlik tsitoplazmasining barcha o'simlik qismlarida tutashganligini quyidagi misollarda ko'rish mumkin. Masalan, fitoftora bilan kasallangan kartoshka tuganagida va undan uzoq masofada joylashgan o'simlik organlarida harorati ko'tarilganligini ko'rish mumkin. Tsitris o'simligi mevasini Penicillium italicum zamburug''i bilan kasallantirilganda uning hujayralarida nafas olish jarayoni kuchaygan. Ortirilgan immunitetlar kelib chiqishiga ko'ra bo'linadi. 1. Yuqimli kasallikga nisbatan immunitet. 2. Yuqimsiz kasallikga nisbatan immunitet. Yuqimli kasallikka nisbatan hosil qilingan immunitet o'simlikning malum bir kasallik bilan kasallanib bo'lgandan keyin hosil bo'ladi. Bunda o'simlikning yashash uchun kurash jarayoni asosiy rol o'ynaydi. Yani tabiiy tanlash asosiy faktor hisoblanadi. Yuqimsiz kasallikka nisbatan hosil bo'lgan immunitet o'simlik ichiga har xil vaqtsina (zardob) yoki boshqa tashqi muhit sharoitini o'zgartirish asosida hosil qilinadi. O'simlikga zardob berish malum kasallik qo'zg'atuvchisining mahsulotlari bilan o'simlikga ishlov berish asosida erishiladi. Masalan, loviya o'simligi urug'i Batrytis zamburug''i oziqa muhiti eritmasi bilan ishlov berilganda uning shunday kasallikka chidamliligi ortgan. Bunday natijalar zamburug''larning zahar (toksin)larining kam miqdordagi eritmasi bilan ishlov berilgan urug'lardan hosil bo'lgan o'simliklar kasallikka chidamliligi ortgan. Bunday usuldan pamidor, qovoqdoshlar oilasi vakillarining virus kasalligiga qarshi kurashda samarali foydalanilmoqda. Masalan, pamidor virus mozaikasiga qarshi kuchatlar pikrovkadan oldin VTM (virusli tomatnoy mozaika) bilan ishlov berilganda hosildorlik 28% ga ortgan. Kasallikga chidamli o'simlik bargidan ajratilgan oqsil interferonini ajratib olinib o'simlikka kiritilganda chidamliligi ortganligi aniq bo'ldi. Interferon ta'sirida o'simlikdagi fitoaloksinlar miqdori ortadi, fermentlar faoliyati tezlashadi. O'simliklarning kasalliklarga chidamliligi turli kimyoviy moddalar vositasida amalga oshirilishi mumkin. Kimyoviy immunitet makro va mikro elementlar, o'stiruvchi moddalar, antibiotiklar vositasida keltirib chiqariladi. Bu moddalarni qo'llash usullari: urug'larga ekishdan oldin ularga ishlov berish, tuproqni ekishdan oldin o'g'itlash, o'simlikning qismlariga moddalar bilan ishlov berish asosida bo'lish mumkin. Masalan, tuproqda azot moddasining ko'payishi patogen mikroorganizmlarning ko'payishiga, tuproqqa kaliy va fosfor moddasining ko'payishi esa ularning kamayishiga sabab bo'ladi. Kaliyli o'g'itlar ta'sirida o'simlik hujayrasida nafas olish fermentlari miqdori ortadi, organik moddalar parchalanishi kamayadi va o'simlik himoya xususiyatini kamayishiga sabab bo'ladi. Sabzavot o'simliklari o'sish davrida kaliyli o'g'itlar bilan ko'p ta'minlangan bo'lsa, saqlash davrida oq chirish kasaliga chidamli bo'ladi. Bug'doyni kaliyli o'g'itlar bilan meyyorida oziqlantirish qo'ng'ir zang kasaliga, kartoshkani fitoftorioz, ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.88 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.88 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:20 ]
Arxiv ichida: docx