O'simliklarning ko'payishi va qayta tiklanishi Reja: Ko'payish haqida umumiy tushuncha O'simliklarning vegetativ ko'payishi O'simliklarning urug'lar yordamida ko'payishi Ko'payish haqida umumiy tushuncha Har bir o'simlik qayta tiklanishga nasl qoldirishga qodir. Agarda qayta tiklanish bo'lmasa o'simlik o'ladi, tur yo'qolib ketadi. Qayta tiklanishda o'simliklar o'zlariga o'xshagan individni yaratadi. Lekin har vaqt ota-onasiga o'xshagan individ yarata bermaydi. Masalan: qirqquloqlarning sporalaridan o'sib chiqqan o'simta ona o'simlikka o'xshamaydi (sporofit). Ko'payish deganda shu turga mansub bo'lgan o'simliklar sonining ortishi tushuniladi. Agar paydo bo'lgan avlod ota-onalarining soniga teng bo'lsa yoki ulardan kam bo'lsa, u vaqtda ko'payish yuz bermaydi, avlodlar ota-onalarining o'rnini bosadi. Qirqquloqlarda o'simtadan sporofit hosil bo'lganda, ularning soni ko'paymaydi. O'simta tezda o'ladi, uning o'rniga sporofit egallaydi. Bir hujayrali suv o'tlari jinsiy ko'payganda ikki hujayra qo'shiladi va zigota hosil bo'ladi. Zigota bo'linganda (ota-onalarning o'rniga) 2 ta qiz hujayra paydo bo'ladi. Shunday qilib o'simliklarda nasl qoldirish turli yo'llar bilan amalga oshadi: Nasl qoldirish ko'payishi bilan bog'liq (A - ona o'simlik, A1 -avlod) paydo bo'lgan avlod onasiga o'xshaydi. A1 A A1 A A1 A1 2. Nasl qoldirish ko'payish jarayoni bilan amalga oshmaydi. Ona organizm avlod bo'lgandan keyin o'ladi. A A1 3. O'simliklarning ko'payishi nasl qoldirish bilan bog'liq bo'lmaydi. Ona organizm o'ziga o'xshamagan avlod hosil qiladi. V A V A V V 4. Paydo bo'lgan avlod ko'paymaydi va nasl qoldirishga qodir emas (V avlod, A - ona organizmiga o'xshamaydi). A V Ko'payish tiplari. O'simliklar asosan jinssiz (vegetativ), va jinsiy yo'llar bilan ko'payyadi. Vegetativ ko'payishda irsiy belgilar avlodlarda o'zgarmaydi. Yuksak o'simliklarda spora hosil bo'lganda xromosomalarning soni kamayadi, shuning uchun sporadan paydo bo'lgan yosh o'simlik ona organizmga o'xshamaydi. Jinsiy ko'payganda ota-onalariga xos belgilar turli rekombinatsiyaga uchrab avlodning genotipi o'zgarishi mumkin. O'simliklarning vegetativ ko'payishi Vegetativ ko'payish - (vegetativ tanadan hayotchan qismining ajralishi hisobiga) turning sonining ortishidir. Har bir ajralgan qism bir qancha vaqt ayrim yashab, ancha organlar hosil qiladi (ildiz, poya va boshqalar). Yani vegetativ ko'payishda o'simliklarning bir qismidan butun boshli organizm o'sib chiqadi. Vegetativ ko'payish tabiiy va sun'iyga bo'linadi. Vegetativ ko'payganda paydo bo'lgan yangi o'simlikka klon deyiladi. Vegetativ ko'payishda birinchidan albbatda uchki barg qo'ltig'idagi yon yoki qo'shimcha kurtaklar qatnashadi. Ikkinchidan vegetativ ko'payish novdalarning ildiz hosil qilish xususiyati bo'lgandagina yuz beradi. Tanadan ajraluvchi kurtak. Bazi qirqquloqsimonlar va gulli o'simliklar maxsus organlari bo'lgan tanadan ajraluvchi kurtaklar yordamida vegetativ ko'payadi. Bu tuban o'simliklarga xos bo'lib, yuksak o'simliklarda kurtak - boshlang'ich novda degan manoga asoslanib qo'llaniladi. Bu kurtaklar o'simliklarda (onasida) juda ko'p hosil bo'ladi va uzilib tushadi. Kichkina yosh o'simlik urug'dan chiqqan maysaga o'xshaydi. Masalan: briofillyum (Bryophyllum). ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.38 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.38 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: docx