O'simliklarning ko'payishi, jinsiy ko'payishi evaliyutsiyasi Reja: O'simliklar ko'payishining mohiyati. O'simliklarning vegetativ ko'payishi. O'simliklarning jinsiy ko'payishi. O'simliklarning jinsiz ko'payishi. 1. Ko'payish barcha tirik organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, uning mohiyati o'ziga o'xshash nasl qoldirish xususiyatidir. Natijada har bir turning saqlanishiga, tiklanishiga va ko'payishiga sabab bo'ladi. Turlarni ko'payishi hayotida bazi o'simliklarda bir marta ayrimlarida bir necha marta bo'lishi mumkin. Ayrim bir hujayrali o'simlilkar bir yilda bir necha marta ko'paysa, ayrimlari ikki yilda, ayrim ko'p yillik o'simliklar - bambuk, agovalar hayotida bir marta ko'payadi. O'simliklarning ko'payishini quyidagi turlari mavjud. 1. Jinsiz ko'payish. 2. Jinsiy ko'payish. 3. Vegetativ ko'payish. 2. Vegetativ ko'payish. Vegetativ ko'payishda yangi organizm vegetativ organlarning va vegetativ hujayraning hisobiga hosil bo'ladi. Vegetativ ko'payish tabiatda keng tarqalgan bo'lib, bir hujayrali organizmlarda hujayraning teng ikkiga bo'linishi, ko'p hujayrali suv o'tlarida tollomini bo'linishdan, zamburug''larda mitseylining bo'linishdan hosil bo'ladi. Ko'p yillik gulli o'simliklarda vegetativ ko'payish kurtakdan, ildizdan, poyadan, bargdan va ularning metamorfozidan vujudga keladi. Tabiatda gulli o'simliklar: itburun, pechak kabi o'simliklar ildizlar vositasida, lola, liliya, chesnok, piyoz kabilar piyozboshlar vositasida qulupnay, ayiqtovon, g'ozpanja kabi o'simlilklar poyalari, kartoshka tuganaklari vositasida ko'payadi. Vegetativ usulda ko'payuvchi o'simlilkarning ko'pchiligi qishloq xo'jaligi ekinlari orasida begona o't hisoblanadi. Payvadlash mevali o'simlilkarni yaxshi navlik xususiyatini saqlab turuvchi asosiy vegetativ ko'paytirish usulidir. Masalan: Olma, nok, shafttoli, gilos kabi o'simliklar payvandlash yo'li bilan ko'payadi. O'simliklarning yovvoyi turlariga madaniy navlarni payvandlash asosida ularnig sovuqqa va kasallikka chidamliligi ortiriladi. Payvandlash 2 turga bo'linadi: 1. kurtak payvand. 2. Qalamcha payvand. kurtak payvandda payvandtak T shaklida kesilib unga kurtak o'tkaziladi. Qalamcha payvandning 100 dan ortiq tur mavjud bo'lib, qalamcha 3-4 ta kurtakka ega bo'lishi kerak. Payvandlashda bir turdagi o'simliklar tezda tutib ketadi. Masalan: Sibir olmasini, o'rmon olmasi bilan payvandlash. Har xil oilaga kiruvchi o'simliklarni payvandlashda ham yaxshi natijalar olingan. Masalan: michurin limon va nokni payvandlab uni doimiy yashil rangda bo'lishiga olib keladi. N. V. Tsitsin akatsiyaning ildiziga no'xotni payvand qilgan. Respublikamizda yantoq ildiziga tarvuz urug'ini ekib undan hosil olish mumkin. Masalan: Michurin Mentor usulidan foydlaanib olmaning gibrid navlarini yaratdi: Belfler - kitayka, kandil - kitayka, antonovka navlari va boshqalar. Payvantlanadigan o'simlik payvandtag, ko'rtagi foydalaniladigan o'simlik payvand dust deb nomlaandi. Payvandlashdagi asosiy xusuisyat payvandtag va payvanddustning kambiysini bir biriga mos joylashtirishdir. 3. Jinsiy ko'payish. Jinsiy ko'payishning mohiyati shundan iboratki, bunda yangi organizm fizioloigk har xil bo'lgan ikkita gometaning qo'shilishi natijasida hosil bo'ladi. Gometalarning qo'shilishidan zigota hosil bo'ladi. Jinsiy ko'payish tuban va yuksak o'simliklar uchun xos bo'lib, gametalar suv o'tlarida harakatchanligi bilan xarakterlanadi. Gametalar shakli va harakatiga qarab quyidagi turlarga ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.35 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.35 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: docx