O'simliklarning o'sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga ta'sir qiluvchi omillar Reja Ekinlarning o'sishi va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar Ekinlar hosili va sifatini boshqarish. O'simliklarga tashqi omillarning ta'siri. Ekinlar biologiyasi ularni yetishtirish texnologiyasining nazariy asosidir. Dala ekinlari tashqi muhit omillari - yorug'lik, harorat, tup-roq va havo namligi, tuproqdagi oziqa elementlari ta'sirida doimo sutkalik, mavsumiy va yillar bo'yicha o'zgarib turadi. ekinlarning biologiyasini o'rganishda bir qator atamalar qo'llaniladi. O'sish - o'simlik organlarining miqdoriy (bo'yi, hajmi, vazni) o'zgarishi bo'lib, qaytmaydigan jarayondir. Rivojlanish - o'simliklarda reproduktiv organlarning shakllanishi, ontogenez jarayonining bir davridan keyingisiga o'tishi, o'simliklardagi sifat o'zgarishlari. Ontogenez - organizmning individual rivojlanishi bo'lib, o'simliklarda urug' unib chiqqandan tabiiy nobud bo'lishgacha bo'lgan davr. O'suv davri - bir yillik ekinlarda ekishdan pishishigacha bo'lgan davr. Ko'p yillik ekinlarda kurtaklar hosil bo'lishidan kuzgi o'sish to'xtaguncha bo'lgan muddat. O'sish davri - bir yillik ekinlarda unib chiqishdan sxonalashgacha, ko'p yillik ekinlarda bahorda o'sish boshlanishdan sxonalashgacha bo'lgan davr. Generativ davr - ekinlarda sxonalashdan to'la pishish fazasigacha bo'lgan davr. Organogenez - ontogenez davridagi rivojlanish davrlarining ketma-ket o'zgarishi. Fitotsenoz - (fito - o'simlik, tsenoz - jamoa) - o'simliklar majmuasi. Tabiiy fitotsenoz - tabiatdagi ko'p turli o'simliklar majmuasi. Agrotsenoz - inson tomonidan yaratilgan bir yoki ko'p turli madaniy o'simliklar majmuasi. Hosil - qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish jarayonida olingan mahsulot. Hosildorlik - ma'lum bir o'simlik turi, navi yoki duragayining hosildorlik darajasi. Bir xil sharoitda har xil navlarning, turlarning hosili har xil bo'ladi. Hosildorlik imkoniyati - ekilgan navning talabiga mos sharoit yaratilgandagi olinadigan eng yuqori hosil. Bu ko'rsatkich navning yoki duragayning genotipiga bog'liq. Hosil tarkibi - hosilning shakllanishiga ta'sir qiladigan tarkibiy qismlar (tup soni, tuplanish darajasi, mahsuldor tuplanish, boshoqchalar soni, boshoqdagi donlar soni, bir boshoqdagi don vazni, hosil indeksi), donning o'simlik vegetativ organlariga nisbati. Biologik hosildorlik - ma'lum bir maydonda (gektar, kvadrat metr) yetishtirilgan mahsulot miqdori. Biologik hosildorlik hosilga nisbatan yuqori bo'ladi. O'g'itlash me'yori - bir yilda bir gektarga solinadigan, ta'sir qiluvchi modda hisobida, o'g'itning miqdori. O'g'itning o'lchovli miqdori - yillik o'g'itlash me'yori hisobidan bir o'g'itlashda solinadigan o'g'it miqdori (doza). Tabiiy sharoitda hosilning shakllanishiga tashqi muhit omillari ta'sir qilib boradi. Tashqi muhit omillari (yorug'lik, suv, havo, oziqa moddalar) teng qimmatga ega va ularni birini ikkinchisi bilan almashtirib bo'lmaydi. Tabiiy omillar fiziologik ta'siriga ko'ra o'simliklar hayoti uchun bir xil qimmatga ega. Hayotiy omillar faqatgina turli o'simliklar uchun emas balki ularning hayotiy jarayonlari, davrlari uchun ham har xil ta'sir ko'rsatadi. O'simliklar hayotida ularning fosforga bo'lgan eng talabchan davri, oziqa moddalarning qaytishi, almashlab ekish, hayotiy omillarning minimum, optimum, maksimum ta'siri, ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.07 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.07 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: doc