O'simliklarning oziqlanishi - uning hayotidagi muhim omildir

O'simliklarning oziqlanishi - uning hayotidagi muhim omildir

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning oziqlanishi - uning hayotidagi muhim omildir - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning oziqlanishi uning hayotidagi muhim omildir Reja: 1. O'simliklarning oziqlanishi uning hayotidagi muhim omildir. 2. Oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari. 3. Oziqlanish turlari. a) o'simliklarning havodan oziqlanishi b) o'simliklarning ildiz orqali oziqlanishi v) o'simliklarning ildizdan tashqari oziqlanishi 4. O'simliklarga zarur va nozarur bo'lgan kimyoviy elementlar. 5. O'simliklar kimyoviy elementlarning to'plovchisidir. O'simliklarning oziqlanishi uning hayotidagi muhim omildir Qishloq xo'jalik ekinlari bir vaqtning o'zida ikki muhitdan oziqlanadi: 1) tuproqdan 2) atmosferaning pastki qatlamidan. O'simliklar barglari orqali havodan karbonat angidridni yutadi, ildizi orqali esa suv, mineral moddalar va organik moddalarni ham tuproqdan oladi. O'simliklarning havodan va ildizdan oziqlanishi o'tgan asrning o'rtalariga kelib yoritildi. Yani fiziologlar o'simlik bargining yashil rangini va quyosh yorug'ligining rolini bir-biri bilan bog'laganlaridan so'ng va o'simliklar tomonidan karbonat angidridning o'zlashtirilishi malum bo'lganda, shuningdek agrokimyogarlar esa o'simliklarni tarkibi oldindan malum bo'lgan oziqali tuzlar eritmalarida ham o'stirish mumkin ekanligini aniqlaganlaridan so'ng malum bo'ldi. O'simliklarning havodan oziqlanishi to'g'risida K.A.Timiryazev juda katta olamshumul ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirdi va o'zining asarlarida yoritib berdi. Uning shogirdi D.N.Pryanishnikov esa o'simliklarning ildizdan oziqlanishi haqidagi mukammal ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. D.N.Pryanishnikov dehqonchilikda azot almashinuvi va o'simliklarni azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish mumkin ekanligini ko'rsatib berdi. D.N.Pryanishnikov 1892 yilda G'arbdagi Yu.Libexning kimyo maktabiga teng keladigan va unga qarshi tura olish qobiliyatiga ega bo'lgan ilmiy agrokimyo maktabini yaratdi va agrokimyoda fiziologiya yo'nalishini yaratdi. O'simliklarning mineral oziqlanishi to'g'risidagi nazariyalar va ularning tarafdorlari O'simliklarning mineral oziqlanishi to'g'risida bir necha nazariyalar mavjud bo'lib, bu nazariyalar 1858 yilda o'z tasdiini oldi. Yani shu yilda sun'iy oziqaviy muhitda birinchi marta o'simliklarni to'liq rivojlantirib, pishgunga qadar olib borildi. Keyinchalik o'simliklarni qumli muhitda o'stirish uchun to'laqonli sun'iy ozuqa aralashmasi taklif etildi. 1837 yilda Dyutroj tomonidan tirik hujayralar tomonidan moddalarning yutilishi to'g'risida malum bir fikrlar aytilgan edi, yani hujayraga kirayotgan suv va unda erigan moddalar tsitoplazmatik membrananing teshiklari orqali diffuziya yo'li bilan kiradi degan edi. Saksning fikriga ko'ra, hujayrada ro'y beradigan kimyoviy jarayonlar hujayra ishlab chiqarishidagi moddalar va uni o'rab turgan eritma o'rtasidagi kontsentratsiya muvozanatini buzadi. Diffuzion osmotik nazariyasining tarafdorlariga professor Defriz, Mayer va boshqa olimlar kiradilar. Bu nazariyaga ko'ra ildiz sistemasi orqali suv bilan birga oziqa moddalari so'riladi, suv esa doimo parlanib turadi. Shunday qilib, oziqa moddalarni o'simlikka qabul qilinishi uning transpiratsiyasiga bevosita bog'liqdir. Lekin bu fikrlar o'simliklarga oziqa moddalarni qabul qilinishi to'g'risidagi qonuniyat doirasiga to'g'ri kelmaydi. O'simlikka qabul qilinayotgan suv va ozuqa moddalari o'rtasida malum aloqadorlik yo'qligi to'g'risida Timiryazev ham aytib o'tgan edi. Yani o'simliklarning oziqlanishi uchun parlanishga sarflangan miqdorda ko'p suv kerak emas. Bu fikrlar D.A.Sabilinning ishlarida ham o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.66 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.66 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga