O'simliklarning qayta tiklanishi va ko'payishi Reja: Ko'payish haqida umumiy tushuncha Vegetativ ko'payish Jinssiz ko'payish Jinsiy ko'payish Nasllar gallanishi Teng sporali qirqquloqlarning taraqqiyot davri Har xil sporali qirqquloqlarning taraqqiyot davri Ochiq urug'lilarning changlanishi va urug'lanishi Asosiy tushunchalar: ko'payish, spora (ekmoq), gameta (yer, rofiq), zigota (qo'shilish), regeneratsiya, payvandlash, payvanbtag, payvandust, okulirovka (kurtakcha payvand), kopulirovka (birlashtirish), zoosporalar xologamiya, oogamiya, oogoniy, arxegoniy, anteridiy, izogamiya, gegerogamiY. sporofit (jinsiz nasl), sorur (to'da, uyum), gametofit (o'simta jinsiynasl), sporokarpiy (urug' - meva), mikro - va megasporangiylar, mikro - va megasporalar, urg'ochi va erkak qubbalar. Qubba - meva. Har qanday tirik organizm uchun oziqlanish, nafas olish, o'sish va ko'payish kabi tiriklik jarayonlari xosdir. Ko'payish ayni bir turning individlar sonini ortishi hisoblanadi. O'simliklar dunyosida ko'payish usullari juda xilma - xildar. Tuban va yuksak o'simlik vakillarida ham uch turdagi ko'payish, ya'ni vegetativ, jinssiz va jinsiy ko'payish usullari farq qilinadi. Vegetativ ko'payish. O'sish, vegetativ ko'payish, ya'ni individlarning rivojlanishi uning vegetativ organlaridan (ildiz, poya, barglari, piyozbosh, ildizpoya, tugunak va hoka'zolar) yoki ularning bo'laklaridan boshlanadi. Vegetativ ko'payish asosida o'simlikning biror bir organi yoki uning bo'lagini hatto umuman o'simlikning biror qismidan butun organizmning qayta tiklanish (regeneratsiya) xususiyati yotadi. Vegetativ ko'payishga misol qilib, ba'zi bir hujayrali suvutlarni oddiy bo'linish yo'li bilan ikkita yosh hujayraga aylanishini ko'rsatish mumkin. Xlorella, xlorokokk va ko'pchilik suvo'tlar ana shunday ko'payadilar. Ko'p hujayrali suvo'tlarda vegetativ ko'payish tanasining bo'laklarga ajralishi bilan boradi. zamburug''larda esa mitseliyning ayrim bo'laklarga ajralib ketishi yoki achitqi kabi zamburug''larda ko'rtaqlanish yo'li bilan boradi. Lishayniklar ixtisoslashgan sorediylar va shamol yoki yomg'ir ta'sirida oson tarqaladigan o'simtalar - izidiylar yordamida vegetativ ko'payadi. Gulli o'simliklarda vegetativ ko'payish juda xilma - xil usullarda kechadi. Ona o'simlikdan vegetativ yo'l bilan hosil bo'lgan yangi indivlar ying'indisi klonlar deb ataladi. Tabiiy sharoitda o'simliklarda keng tarqalgan quyidagi vegetativ ko'payish usullarini farq qilish mumkin: 1. Ildiz bachkilar yordamida ko'payish. 2. Palaklar, jingalaklar yordamida ko'payish. 3 Ildizpoyalar yordamida ko'payish. 4. Tugunak yordamida ko'payish. 5. Piyozboshlar yordamida ko'payish. 6. Ajratuvchi kurtaklar va piyozchalar yordamida ko'payish. 7. O'simlikning ayrim bo'laklari yordamida ko'payishi. Tabiiy vegetativ ko'payish bilan birga sun'iy vegetativ ko'payishning ham bir necha usullari ma'lum: 1. Parxish yordamida ko'paytirish. 2. Tuplarga ajratish bilan ko'paytirish. 3. Qalamchalar yordamida ko'paytirish. Qalamcha o'simlikdan ajratib olingan barg, novda yoki ildizning bir bo'lagidir. Mevachalik, manzarali bog'dorchilik va gulchilik sohalarida o'simliklarni qalamchalar yordamida ko'paytirish usuli keng qo'llaniladi. Ularning xilma - xil usullari mavjud. Eng keng tarqalgan usullardan biri o'simlikni poya qalamchalari bilan ko'paytirish hisoblanadi. Poya qalamchalari yozgi (yashil) va qishqi bo'ladi. Payvandlash. O'simliklarni payvandlash usuli kishilik jamiyatining rivojlanishi ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.69 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.69 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: docx