O'simliklarning himoyalanish mexanizmi. Sust va faol immunitet Reja. O'simliklarning himoyalanish mexanizmining mohiyati. Sust va faol immunitet faktorlari nima. O'simliklarning kimyoviy tarkibining kasallik qo'zg'atuvchilarga ta'siri. O'simliklarning faol immunitetini takomillashtirish yo'llari. Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar o'simlik bilan munosabatda bo'lgandan keyin ular orasida o'ziga xos jarayonlar ruy beradi. O'simliklar bazan mikroorganizmlarga qarshilik ko'rsatsa, bazan o'zini ulardan muhofaza qiladi. Ular orasidagi munosabatlarning amalga oshishida ekologik sharoit asosiy rol o'ynaydi. Ekologik sharoit mikroorganizlarga qulay bo'lganda o'simlikka ta'sir ko'rsatish xususiyati kuchaysa, aksincha patogen organizmlarning tarqalishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. S.Tarr (1975) fikricha zamburug''lar sporalarining o'simlik bargiga kirib kelishi uchun quyidagi sharoit bo'lishi kerak: O'simlik bargi va zamburug'' sporalari orasida hech qanday munosabatlar namoyon bo'lmaydi. Natijada sporalarning o'sish naychasi barg to'qimasiga kirib kelmaydi. Spora va o'sish naychasining o'sishi tezlashadi yoki sustlashadi. Bunga asosiy sabab o'simlik to'qimasida qandaydir moddalarning hosil bo'lishidir. Sporaning o'sishidan hosil bo'lgan o'sish naychasi barg to'qimasiga kirib kelsada yana o'sishni davom ettira olmaydi. Bunga sabab barg ichidagi sharoit uning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Patogenning o'simlik to'qimasiga qisman kirib kelgandan keyin uning rivojlanishi tezda to'xtab qoladi. Zararlangan hujayralar atrofida halok bo'lgan hujayralar hosil qilgan doirasimon halqa zamburug'' rivojlanishini to'sib qo'yadi. Intensiv zararlangan o'simlik to'qimalarining chidamlilik darajasi ortib ketsada, kasallik belgilari namoyon bo'ladi. Ko'rsatilgan faktorlarning amalga oshishi uchun patogenning agressivlik darajasi va ularning genetik xususiyatlari asosiy rol o'ynaydi. O'simliklarning kasallanish darajasi mavjud sharoit, infeksiya miqdori kasallikni tarqatuvchi turlar tarkibi bilan ham uzviy bog'langan. O'simlik va patogen mikroorganizmlar orasida amalga oshayotgan munosabatlarni kelib chiqishida inson tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi rol o'ynaydi. O'simliklarning patogen mikroorganizmlarga nisbatan javob reaksiyasiga asosan chidamlilik xususiyatining namoyon bo'lishiga ko'ra o'simliklar immuniteti 2guruhga bo'lish mumkin. 1.Sust immunitet 2.Faol immunitet O'simliklarda sust immunitet faktorlarining vujudga kelishida quyidagilar asosiy rol o'ynaydi: 1.O'simlik to'qimasining anotomo-morfologik tuzilishi. 2.Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi. 3.O'simlik hujayrasining fiziologik xususiyati. 4.O'simlik hujayrasidagi kimyoviy maxsus moddalarning mavjudligi. O'simliklarning to'qimasini anatomo-morfologik tuzilishi ularning kasalliklarga chidamliligida muhim ahamiyatga egadir. O'simlik ustiga tushgan zamburug'' sporasining o'sishi va rivojlanishi, to'qimaga kirib kelishida uning tuzilishiga bog'liq ravishda patogenlik jarayoni turlicha namoyon bo'ladi. Sporaning o'sishi uchun zarur bo'lgan sharoitning eng muhimi to'qima ustida bir tomchi suvning bo'lishi va havoning nisbiy namligining yuqori bo'lishidir. Ko'rsatilgan shariotda usayotgan o'simliklar kasallikga beriluvchan bo'lsa, sharoitning o'zgarishi ularning chidamlilik darajasini ortishiga sabab bo'ladi. O'simliklarning kutikula qavatini usti tuklar bilan qoplangan bo'lsa o'simlikda suv tomchilari hosil bo'lishi juda qiyin va ularda zamburug''lar rivojlanmaydi. Masalan Pipin navli olma qalin tuklar bilan qoplanganligidan parsha kasalligi bilan kasallanmaydi. O'simliklarning turli kasalliklar bilan zararlanishida ularning poyasining zich va tarqoq joylanishi ham asosiy o'rin eg'allaydi. Masalan, ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.22 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.22 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: docx