O'simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari. Rеjа: Yuqumli kаsаlliklаr kuzgаtuvchilаrni biоlоgik хususiyatlаri. Pаtоgеnlik jаrаyonning kеlib chikishi. Yuqumli kаsаlliklаr ekоlоgiyasi vа diаgnоstikаsi. Yukumsiz kаsаlliklаr vа ulаrning kеlib chikish sаbаblаri. O'simliklarning kasalliklari to'g'risida tushuncha O'simliklarning kasalligi tushunchasi Dekandol (1832) tomonidan aytilgan bo'lib, uning fikricha, o'simlikdagi normal fiziologik jarayonlarning buzilishiga kasallik deyiladi. O'simlik kasalliklari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish uchun quyidagi tushunchalarga ega bo'lishimiz kerak. Birinchidan, kasallik - bu patologik jarayon hisoblanib, uni kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar va noqulay sharoit vujudga keltiradi. Ikkinchidan, kasallik tufayli o'simlikdagi fiziologik va biokimyoviy, anotomo-morfologik xususiyatlar o'zgarib, hosildorlik sifati va miqdori keskin kamayib ketadi. O'simliklar kasalliklari tushunchasiga olimlar tomonidan turlicha ta'rif berilgan. N.A. Naumov (1952) fikricha, - o'simlik kasalligi uning filogenez jarayonida tashqi muhit bilan bo'lgan munosabatida yuzaga keladigan a'zolar funksiyasi va tuzilishining o'zgarishidir. T.D. Straxov (1962) o'simlik kasalligi uchta omil: o'simlik - patogen - tashqi muhit orasidagi muntazam tizimning o'zaro munosabatidir. Ya'ni, o'simlik salbiy ta'sir etuvchi pathogen mikroorganizm va tashqi muhitning ta'sirida fiziologik jarayonlar buzilib, uning morfologik tuzilishi va hosildorligi keskin kamayib ketadi. T.D. Straxov o'simlikdagi patologik jarayon o'simlikning, patogenning xususiyati va tashqi muhit munosabatlarining namoyon bo'lishidir deydi. Shuning uchun kasallik qo'zg'atuvchisini, kasallikning kelib chiqishini, kasallangan o'simlik holatini kompleks o'rganishni tavsiya qiladi.N.A. Cheremisinov fikricha, Yuqoridagi holatlar o'simlikninig xususiyati, kasallik qo'zg'atuvchilarning agressivligi va tashqi muhitning qulay yoki noqulay bo'lishiga bog'liq ekan. Shunday qilib, o'simlik kasalligi undagi patologik jarayonning boshlanishidir. Patologik jarayon o'zgaruvchan bo'lsa-da, uni nazorat qilish mumkin. Ya'ni, xo'jayin o'simliklarning biologik xususiyatlarini, patogenning irsiy belgilarini tashqi muhit sharoitini muntazam o'zgartirish qonuniyatlarini bilish asosida o'simlikning chidamliligini oshirish, hosil sifatini yaxshilash mumkin. E. Goyman fikricha, har qanday infeksion kasallikda patogen va o'simlik orasida mukammal munosabatlar yuzaga kelib, ular o'simlikning morfologik, anatomik, biokimyoviy jarayonlari o'zgarishiga sabab bo'ladi. Tashqi muhit sharoiti esa kasallik qo'zg'atuvchisining hayotchanligiga, xo'jayin o'simlikning kasallikka chidamlilik darajasiga ham ta'sir ko'rsatadi. Patogen kasallangan o'simlikning oziq moddalarini o'zlashtiradi, uning hujayrasiga zaharli moddalar ajratib chiqarib hujayralarini nobud qiladi, o'tkazuvchi to'qimalarini mitseliy va sporalar yordamida to'sib qo'yadi, epidermik to'qimalarini parchalab, suv bug'latishini kuchaytiradi va nihoyat, o'simlik bargining so'lishiga yoki chirib qolishiga sabab bo'ladi. Kasallik tufayli o'simlikdagi patomorfologik o'zgarishlar uning o'sish tezligi va shaklini, to'qima va hujayralarining o'zgarishiga olib keladi. Patofiziologik - biokimyoviy o'zgarishlar suv rejimining buzilishida, sitoplazmaning o'tkazuvchanlik xususiyatini, osmotik bosim kuchini, fotosintez aktivligini, nafas olish va oqsil sintezini, fermentlar faoliyati, nukelein kislotalari miqdori va tarkibining keskin o'zgarishiga sabab bo'ladi. Inson qishloq xo'jaligidagi faoliyatida kasallik qo'zg'atuvchilarining ekinlarga ta'sirini ular keltiradigan zarar bilan belgilaydi. Bu ko'rsatkich kasallik tufayli nobud bo'lgan hosil miqdorida namoyon bo'ladi. Zarar qishloq ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.87 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.87 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: docx