O'simlikshunoslik - qishloq xo'jaligini asosoiy tarmog'i

O'simlikshunoslik - qishloq xo'jaligini asosoiy tarmog'i

O'quvchilarga / Botanika
O'simlikshunoslik - qishloq xo'jaligini asosoiy tarmog'i - rasmi

Material tavsifi

O'simlikshunoslik-qishloq xo'jaligini asosoiy tarmog'i Reja: Fanning maqsad va vazifasi. Intensiv zamonaviy texnologiya. Yuqori hosil olishda intensiv zamonaviy texnologiya elementlarini ahamiyati. Dala ekinlarini etishtirish texnologiyasi bilan o'simlikshunoslik fani shug'ullanadi. Bu fan qishloq xo'jalik fani hisoblanib, uning maqsadi dala ekinlaridan yuqori hosil olish va shu hosilning sifatini yaxshilashdan iborat. Dala ekinlarini hosildorligi va mahsulotning sifati ularni etishtirish texnologiyasiga bog'liq. Shu sababdan bu fanning vazifasi dala ekinlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. Bu texnologiya hozirgi zamonoviy intensiv texnologiya bo'lishi kerak, yani bunday texnologiya dala ekinlaridan eng yuqori hosil beradigan bo'lishi kerak. Dala ekinlarini etishitirish intensiv zamonoviy texnologiyasi, bu yuqori hosil etishtirishni ta'minlaydigan, mintaqani tuproq iqlim sharoitiga, o'simliklarni biologik xususiyatlariga mos keladigan agrotxnik tadbirlarni o'z vaqtida yuqori sifatda o'tkazish majmuasida. Intensiv zamonoviy texnologiya har bir mintaqada ishlab chiqarish va fan yutuqlariga asoslangan agrotexnik tadbirlar hisoblanadi. Intensiv texnologiya har bir agrotexnik tadbirlarni o'tkazishni to'la mashinalashtirishni qo'l kuchini kamaytirish hisobiga kam xarajat qilib yuqori hosil olish demakdir. Bunda hamma texnologik jarayonlar o'simlikning yaxshi o'sishi, rivojlanishi, ekinlarga eng muqobil sharoit yaratishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bu tadbirlar quyidagilarni o'z ichiga oladi. 1. Malumki har bir ekinni bir yerda surunkasiga etishtirishda hosilning kamayishiga malum bir turda hasharotlarni, kasalliklarni ko'payishiga olib keladi. Shu sababdan dala ekinlar qaysi o'tmishdosh ekindan keyin ekish katta amaliy ahamiyatga ega. Shu sababli ilmiy asoslangan ekinlarni navbatlab ekish qonuniyatlariga amal qilish kerak. 2. Yerga ishlov berish asosiy agrotexnik tadbirlardan hisoblanib, asosiy ishlov yerni ekin ekishdan oldin ishlash tadbirlarini o'z ichiga oladi. Bu tadbirlarni muqobil muddatlarda, tuproq sharoitiga qarab o'tkazishni talab qiladi. Tuproqqa ishlov, ekinni ildiz sistemasi yaxshi rivojlanishini, tuproqni suv, havo, rejimlarini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga qaratilgan bo'lishi kerak. 3.Ekinlarni o'g'itlash majmuasi. Bu masala ancha murakkab bo'lib, o'g'itlarni turi, me'yori va o'g'itlash muddatlari har bir ekinga ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tadbirlarga amal qilgan holda bajarish kerak. 4. Ekish - ekinni ekish bu ham juda mas'uliyatla agrotexnik tadbirlardan hisoblanib, u o'z ichiga urug'ning sifati, uni ekishga tayyorlash, ekish muddatlari, usullari va ekish me'yori, urug'ni ekish chuqurligini o'z ichiga oladi. Bu agrotexnik tadbirlar bo'yicha ekinlar bir-biridan farq qiladi. Shu sababdan har bir ekin uchun uning biologik xususiyatlariga muvofiq ishlab chiqilgan agrotexnik tadbirlar asosida olib borish kerak. Bundan tashqari bu tadbirda kerakli bo'lgan eng muqobil o'simlik qalinligi bilan ta'minlanishi kerak. 5. Ekinni parvarish qilish - begona o'tlarga qarshi kurash, yaganalash, qator oralarini ishlash, bazi bir o'simliklarda qo'shimcha changlash, oziqlantirish va sug'orishdan iborat. Bu tadbirlar ham ekinni turiga qarab olib boriladi. Bu davrda ekinning muqobil o'sishi va rivojlanishi uchun sharoit ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.16 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.16 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga