O'simlikshunoslik fanining maqsad va vazifalari

O'simlikshunoslik fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Botanika
O'simlikshunoslik fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

O'simlikshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Reja. 1. O'simlikshunoslik fanining qishloq xo'jaligi tarmog'idagi o'rni. 2 O'simlikshunoslik fanining maqsad. 3. O'simlikshunoslik fanining vazifalari. O'simlikshunoslik fani qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i bo'lib, madaniy o'simliklarning o'sish va rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganadi. Ana shu qonuniyatlar aosida madaniy o'simliklardan yuqori va sifatli hosil olish imkoniyatini beradigan samarali agrotexnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi. O'simlikshunoslik fanining vazifasi-asosiy qishloq xo'jalik ekinlarini hududlashtirish ularni xalq xo'jaligidagi ahamiyati, biologik xususiyatlari, rivojlanishi va hosil to'plash qonuniyatlarinini o'rganish, ekinlar hosildorligini oshiruvchi samarali metodlarni topishdan iborat. Qishloq xo'jalik o'simliklari boshqa qurollar, mashinalar singari jamiyatni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Masalan: qand lavlagini va moyli o'simliklarni paydo bo'lishi bilan (XIX asrning 2-yarmida) Rossiyada qand va moy ishlab chiqarish sanoati paydo bo'la boshladi. Insonlar o'simliklarni yetishtirib borish jarayonida turli sharoitlarga duch keladi. O'simliklarga kerakli bo'lgan hayotiy omillarni to'la bo'lishi uchun albatta atrof-muhit sharoitini o'zgartirishga to'g'ri keladi. Masalan: sho'r tuproqlarni yuvish, kislotali tuproqlarni esa ohaklash kerak bo'ladi va h.k. O'simliklarning yaxshi o'sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun dala ishlarini o'z vaqtida sifatli bajarish katta ahamiyatga ega (tuproqni ishlash, o'g'itlar solish, ekish, hosilni o'z vaqtida yig'ib olish). Bu ishlarni kechiktirib bajarish hosilni kamayishga va mahsulot sifatining buzilishiga olib keladi. Dala ekinlari agrotexnikasida yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish qiyin yoki tuzatib bo'lmaydi. Shuning uchun o'simlikshunoslikda hamma sharoitlar qat'iy hisobga olinadi. O'simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog'langan, chunki ularga oziqa mahsulotlari yetkazib beradi va ulardan o'simliklar uchun zarur bo'lgan organik o'g'itlar oladi. Ilmiy fan sifatida o'simlikshunoslik fani faqat dala ekinlarini: donli ekinlar, dukkakli-don ekinlari, ildizmevali ekinlar, tuganak mevali ekinlar, moyli ekinlar, narkotik ekinlar, tolali ekinlar va yem-xashak o'tlarini o'rganadi. Dunyo dehqonchiligida katta maydonlarga g'alla ekinlari ekiladi - ular butun ekin maydonini 70% ini egallaydi. G'alla ekinlarining o'rtacha hosildorligi 19,5 s ga ni tashkil etadi. O'zbekistonda qadimdan bug'doy, arpa, beda, tariq, jo'xori va boshqa ekinlar ekib kelinadi. Respublikamiz dehqonchiligida g'o'za 1,5 mln.gektar yerga, donli ekinlar sug'oriladigan yerlarda 1 mln., lalmikor yerlarda esa 300 ming ga yerga ekilmoqda. Boshqa fanlar kabi o'simlikshunoslik ham fan sifatida o'z uslubi va yo'nalishiga ega. Ilmiy ishlar dala, vegetatsion va laboratoriya usulida olib boriladi. Dala uslubida ilmiy ishlar ilmgohlarda, oliygohlarda tajriba dalalari va maxsus ajratilgan paykallarda olib boriladi. Dala tajribasi agrotexnik usullarni ta'sirini o'rganish uchun qo'llaniladi. Masalan: tuproqlarga ishlov berish, o'g'it qo'llash, ekish normasi va usullarini aniqlash, va boshqa agrotexnik tadbirlarni o'rganish kiradi. Bularan tashqari yangi navlarni sinab ko'rish ham shular qatoriga kiradi. Dala tajribasida yana o'simliklarning biologik xususiyatlari ham tekshirib ko'riladi. O'rganilayotgan omillarning soniga qarab dala tajriba ishlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.33 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.33 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga