O'simlikshunoslik fanining rivojlanish tarixi Sayyoramizdagi o'simliklarning xilma-xil bo'lishi, ma'lum joylarda hayot kechirishi va tashqi muhit omillariga moslashishi har qaysi o'simlikning tarixiy rivojlanishida-evolutsiyasida vujudga kelgan. Demak, har qanday o'simlik turi o'z tarixiy evolutsiyasida uni o'rab olgan tashqi muhit omillarini singdirib, asta-sekinlik va izchillik bilan sharoitga moslashadi. Uning yosh avlodlari ham kelajakda o'zining o'sishi va rivojlanishida xuddi shunday sharoitni talab etadi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar paleontologik dalillar asosida to'la tasdiqlandi va tasdiqlanmoqda. Masalan, Paleozoy erasining Silur davrida keng rivojlangan psilofitlar Devon davrida sharoitning o'zgarishidan yo'qolib ketgan. Ular o'rniga yangi sharoitga moslashgan daraxtsimon paporotniklar, moxlar va zamburug''lar rivojlangan. Mezozoy erasining Perm davrida esa daraxtsimon paporotniklar o'rniga ochiq urug'li o'simliklar, Qaynazoy erasining Neogen davrida hozirgi zamon yopiq urug'li daraxtlar, butalar va o't o'simliklar Yer yuzini egallab olgan. Oldingi davrlardan saqlanib qolgan va o'zgargan sharoitga moslashgan o'simlik turlari kamdan-kam uchraydi. Yer yuzidagi tirik mavjudotlarning rivojlanishida o'simliklarning roli juda muhimdir. Hozirgi vaqtda oziq-ovqat va xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni olish maqsadida parvarish etiladigan o'simliklarning turi ikki mingga borib qoladi. Shu jumladan, g'alla, poliz va mevali o'simliklardan oziq sifatida foydalanilsa, g'o'za, zig'ir, kanop va boshqa o'simliklardan olingan mahsulotlardan to'qimachilikda, texnikada va qurilish materiallari sifatida xalq xo'jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi. Akademik P.M.Jukovskiyning fikricha, hozirda ekilayotgan deyarli barcha madaniy o'simliklar bizning eramizdan bir necha ming yillar ilgari xonakilashtirilgan. Bunday o'simliklar qatoriga bug'doy, arpa, paxta, sholi va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Bizning eramizda esa dehqonchilikka lavlagi, kauchuk olinuvchi xeveya va dori darmon beruvchi xinin daraxti va boshqa o'simliklar kiritildi. Shuni ham eslatib o'tish kerakki, hozir inson tomonidan foydalanib kelingan ba'zi bir madaniy o'simliklarning, chunonchi, qovoq, makkajo'xori, kunjut, banan va boshqalarning qayerda, qanday qilib dehqonchilikka kiritilganligi bizga noma'lum. Eng qizig'i shundaki, ba'zi bir turlarga boy o'simlik turkumlaridan dehqonchilikka jami bo'lib, bir yoki ikkita turi jalb etilgan. Jumladan, 200 turdan tashkil topgan zig'ir turkumidan dehqonchilikka bir tur, 70 turdan ziyodroq kungaboqardan ikkita, 400 turdan oshiqroq batat yoki shirin kartoshka turkumidan atigi bir turigina xonakilashtirilgan. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Akademik P.M.Jukovskiyning fikricha, ba'zi bir boshoqli g'alla o'simliklarini xonakilashtirish jarayoni 15-20 ming yillar ilgari boshlangan. Qadimiy dehqonlar oziq-ovqat uchun eng zarur hisoblangan donli (bug'doy, arpa), keyinroq mevali, dorivor, tolali va boshqa foydali o'simliklarni eka boshlaganlar. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra Old Osiyo va O'rta Osiyo, jumladan Turkmaniston hududida bug'doy eramizdan 600-7500 yillar, arpa 7500-800 yillar ilgari ham ekib kelingan ekan. Eng so'nggi arxeologik ma'lumotlarga qaraganda, qadimiy arpa doni Misrda topilgan, uni bundan 1700 yillar ilgari Nil daryosi havzasida yetishtirilganligi aniqlangan. Qadimiy odamlar tabiatdan yig'ib ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.17 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.17 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: doc