O'simlikshunoslikning tabiiy biologik asoslari Reja Fanning maqsadi va vazifalari. O'simlikshunoslikning biologik asoslari fanining rivojlanishi. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. Dala ekinlari mahsulotlarini ishlab chiqarish - qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. O'sib borayotgan aholining oziq-ovqat, yengil sanoatning tarmoqlari uchun xom-ashyo, chorvachilik uchun oziqa yetishtirishda dala ekinlarining biologik xususiyatlariga mos yetishtirish texnologiyalarni qo'llagan holda ekologik toza, mo'l va sifatli hosil yetishtirish o'simlikshunoslik fanining asosiy maqsadidir. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida keyingi yillarda qishloq xo'jaligining yangi, zamonaviy texnikalar, intensiv tipdagi navlar, duragaylar, o'g'itlarning yangi, samaradorligi yuqori shakllari, turli pestitsidlar, biologik faol moddalar bilan ta'minlanishi, turli yo'nalishdagi ilg'or texnologiyalarning yaratilishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko'rsatish uchun tayyorlanayotgan mutaxassislarning chuqur, serqirra, malakali bilimga ega bo'lishini talab qiladi. O'simlikshunoslikning asosiy obyekti yashil o'simliklardir. Dala ekinlarini yetishtirish mavsumiy xususiyatga ega. O'simlikshunoslik fani ekinlarni guruhlarga bo'lib, ularning ekologik, biologik xususiyatlarni o'rganishda selektsiya, urug'chilik, genetika, agrokimyo, dehqonchilik, mikrobiologiya, biokimyo, o'simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik, agrometerologiya, fitopatologiya, entomologiya singari fanlarning yutuqlariga tayanadi. O'zbekistonda o'simlikshunoslik fanining rivojlanishi. Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi fanlarini o'rganish qishloq xo'jaligidagi muhim, dolzarb muammolarni hal qilishga imkon beradi. Bu fanlarning rivojlanishi jamiyat taraqqiyotiga ko'p jihatdan bog'liq. Fan sifatida o'zining tadqiqot usullariga ega. Dala, vegetatsion, dala-laboratoriya, laboratoriya tadqiqot uslublariga ega. Tajribalar natijasida o'simliklarning yangi navlari, duragaylari, ularning biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi o'rganiladi. O'simliklarning tashqi omillarga bo'lgan talabi, ularning o'sishi, rivojlanishi, suv, oziqlanish rejimini boshqarish qonuniyatlari o'rganiladi va optimal variantlar amaliyotga joriy etiladi. O'zbekistonda dala ekinlari biologiyasiga asoslangan holda yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, aholini oziq-ovqat, chorvachilikni yem-xashak, sanoatning ayrim tarmoqlarini xom-ashyo bilan ta'minlash maqsadida ekinlardan mo'l, sifatli hosil olish muhim ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ishlab chiqarish munosabatlarining o'zgarishi, dehqon, fermer, shirkat xo'jaliklarining yuzaga kelishi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, tuproq unumdorligini oshirish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, yangi intensiv tipdagi navlar, duragaylarni yaratish, mahsulot yetishtirishda ekologik muammolarni hisobga olish ishlari eng dolzarb muammoalardir. O'zbekistonda, qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i o'simlikshunoslik bo'lib, dala ekinlarini yetishtirishning ilg'or, intensiv texnologiyalari ishlab chiqilmoqda, yangi navlar, duragaylar yaratilib, urug'chilik, urug'shunoslik sohasida ishlar takomillashtirilmoqda. O'simlikshunoslik fanining vazifalariga quyidagi masalalarni o'rganish kiradi: -ekinlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, ekish maydonlari, hosildorligi, yalpi hosili, tarixi; -ekinlar sistematikasi (oila, avlod, tur, kenja tur, turxil, nav, duragay); -morfologik xususiyatlari (ildiz, poya, barg, gul, meva, urug'); -biologik xususiyatlari (haroratga, namlikka, yorug'likka, tuproqqa, oziqa moddalarga talabi); -navlar, duragaylarning tavsifi; -ekinning almashlab ekishdagi o'rni, tuproqni ishlash tizimi, o'g'itlash tizimi, sug'orish tartibi, urug'larni ekishga tayyorlash, ekish muddati, me'yori, chuqurligi; -ekin parvarishi (qator oralarini ishlash, boronalash, egat olish, kultivatsiya, begona o'tlarga, kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurash va ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.17 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.17 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: doc