O'zbekiston Respublikasi hududini karantindagi zararkunandalari, o'simlik kasalliklari va begona o'tlardan muhofaza qilish qoidalari Reja: Karantin tadbirlarga taalluqli yuklar va materiallar. O'zbekiston Respublikasiga karantin ostidagi import mahsulotlarini olib kirish qoidalari. Karantin ostidagi materiallar va transport vositalarini zararsizlantirish, tozalash va qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik. Adabiyotlar: II. 19 - 39 bet. 1. Karantin tadbirlar quyidagi yuklar va materiallarga taalluqlidir: qishloq xo'jalik ekinlari, o'rmon hamda manzarali ekinlarning urug'lari va ko'chatlariga, o'simliklar hamda ularning qismlariga (qalamchasi, poyalari, piyozi, ildizpoyasi, tugunagi, ildizmevasi, tuvakda o'stiriladigan ko'chatlar, kesilgan gullar va shu kabilarga); yangi sabzavotlar, mevalar va rezavorlarga; oziq - ovqat, em hashak va texnika donlari hamda ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga, kopra, solod, taxtakunjara, kunjara, paxta tolasi, zig'irpoya tolasi va boshqa o'simliklar tolalari, dori-darmon uchun xomashyo o'simliklar, shuningdek teri xomashyosi va junga; Sholi (tozalangan va tozalanmagan) yong'oq, eryong'oq, un erma, kofe (donli), dukkakli kakao, quruq meva va sabzavot, tamaki, o'tkir hidli o'simliklar, shakar (xom ashyosi) va dorivorlar; o'simlik kasalliklarni qo'zg'atuvchi va tarqatuvchi hamda o'simliklarga zarar etkazuvchi tirik zamburug''lar bakteriyalar, viruslar, nematodalar, kana va hashoratlarga, o'simlik mahsulotlariga; o'simlik kasalliklarini qo'zg'atuvchilarga, hashorat kolleksiyalari, gerbariylar va urug'lik kolleksiyalariga; pochta jo'natmalaridagi, yo'lovchilarning qo'l yuki va bagajidagi o'simliklarga; o'simliklardan tayyorlangan idishlar, yog'och materiallari, ayrim sanoat mollari, upakovka vositalari hamda barcha o'simlik mahsulotlariga, monolitlarga va tuproq namunalariga; em-hashak, pichan, chorva uchun omuxta ozuqalar shuningdek karantin ostidagi zonalardan hayvonlarni tashishda foydalaniladigan to'shamalarga; Karantin qoidalari quyidagilarga taalluqlidir: boshqa davlatlar yoki karantin ostidagi zonalardan kelgan transport vositalariga; karantin ostidagi materiallar to'planadigan binolarga; qishloq xo'jalik va o'rmon erlariga (qishloq xo'jalik ekinlari va boshqa ekinlar o'stiriladigan maydonlar, ko'chatlar va shu kabilar) shu jumladan O'zbekiston Respublikasining quruqlikdagi davlat chegarasi erlariga karantin ostidagi materiallar olib kiriladigan chegara punktlariga, ular to'planadigan joylarga, ularni qayta ishlash va realizatsiya qilish joylariga. 2.O'zbekiston Respublikasiga quyidagilarni olib kirish man etiladi: Karantindagi organizmlar bilan zararlangan karantin ostidagi materiallari. Tuproq, tirik ildizli o'simliklar va ularning tuproq bilan chiqadigan yer osti qismlarini. Ilmiy maqsadlarda o'simliklarga zarar etkazuvchi hashoratlar, kanalar va nematodalar, o'simlik kasalliklarini olib kelgan zamburug'', viruslar, bakteriyalar namunalari. O'zbekiston Respublikasiga quyidagilarni olib kirishga ruxsat beriladi: 1. Ilmiy - seleksiya maqsadlari uchun urug'lik va ko'chat namunalarini introduksion - karantin pitomniklari va oranjereyalarda albatta tekshiruvdan o'tkaziladi. 2. Bakteriya, virus, mikoplazma va zamburug'' kasalliklarining karantin qo'zg'atuvchilari tarqalgan mamlakatlardan urug' va ko'chatlar olib kelinishiga Bosh Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda maxsus ajratilgan introduksion - karantin pitomniklarda davlat nav sinash uchastkalarida ilmiy tadqiqotlar o'tkazish maqsadidagina yo'l qo'yiladi. 3. Oziq-ovqat, em-hashak, begona o'tlarning karantin turlari faqatgina o'simliklar karantini Bosh Davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.46 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.46 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: docx