O'zbekiston o'simliklari va ularni muhafoza qilish

O'zbekiston o'simliklari va ularni muhafoza qilish

O'quvchilarga / Botanika
O'zbekiston o'simliklari va ularni muhafoza qilish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston o'simliklari va ularni muhafoza qilish Reja: Markaziy Osiyoning hududi va relefi. Cho'llar zonasining o'simliklari. O'zbekiston tog'larining o'simliklari. Sug'oriladigan yerlar (voxalar) ning o'simliklari. O'zbekiston o'simliklarini muhafoza qilish. 1. O'zbekiston Respublikasinnig maydoni Markaziy Osiyo hududida joylashgan Markaziy Osiyo hududining relefi juda murakkab. Bu hududning katta qismini tekislik egallaydi. Bu tekislik g'arbda Orol va Kaspiy dengizlari soxillaridan boshlanib, sharqda va janubiy- sharqda Tyan- Shan va Pomir - Oloy tog'lari etaklarigacha cho'zilib boradi. Sirdaryo va Amudaryo kesib o'tadigan bu tekislik hududi Turon past tekisligi deb ataladi. Shimoliy tomoni Qozog'iston cho'llariga borib qo'shiladi. Janubda esa Kopetdog' tizmasi va Parapamiz kirlariga etib boradi. Markaziy Osiyo Releflarining tekislik hududlarining hammasi iqlim jihatidan Janubiy cho'llar kichik zonasiga kiradi. Bu erlarda havo issiq bo'ladi. Iyulning o'rtacha t0si +26+280, maksimal t0 +47+480S (yoz uzun va juda issiq, kuz iliq va quruq, qish qisqa) lekin bazan qattiq sovuqlar. -23-300 etadi. Markaziy Osiyoning tekislik qismida yiliga o'rtacha 80 - 200 mm yog'in yog'adi (kuz - qish va bahor oylarida). Markaziy Osiyoning tekslik qismida qum massivlari ko'p erlarni egallaydi. Bu massivlar relefi va o'simliklari jihatidan turlichadir. Kumli joylar, qumli cho'llar deb ataladi. Qum sevar-psammofit o'simliklar o'sadi. Cho'l tekisliklarining orasida suv juda ko'p yuvib ketgan va nihoyatda yillar davomida nuragan ayrim - ayrim past qoldiq tog'lar va qirlar bor Markaziy Osiyo cho'llar qismini bir qancha tumanlarida qumli yoki gil tuproqli massivlar orasida pastkam yerlar uchraydi, bunday erlarda sizot suvi yaqin turadi. Bu erlardagi tuproqlarda xlorid va sulfidlar juda ko'p bo'ladi. Bunday sho'rxok erlarda galofit o'simliklar o'sadi. Bunday yerlar sho'rxok cho'llar deyiladi. Ular ko'p joyni egallamaydi, balki boshqa cho'llar orasida har yer - har yerda uchraydi. Markaziy Osiyoning tekislik qismini janub va sharqdan o'rab to'rgan tog' tizmalarga yaqin joylarning tuprog'i bo'z tuproqdir. Bu tuproqlar sho'rlanmagan organik moddalarga boy emas. Bunday yerlar lyossli cho'llar yoki efemer cho'llar deb yuritiladi. Bular yoz oylarida yorilib - yorilib ketadi. Bu suvni sust o'tkazadigan gil tuproqdir. Tipik taqirda o'simlik deyarli bo'lmaydi. Taqir atrofidagina bir necha xil o'simliklar uchraydi. 2. Markaziy Osiyo cho'llarida relefning, tuproq qatlami, tuproq sho'rining, tuproq ostki qatlamining har xilligiga qarab, sizot suvining joylashishiga qarab, cho'llar zonasining turli joyida turli xil o'simliklar o'sadi. 1. Qumli cho'llar o'simliklari. Markaziy Osiyo hududida qumli cho'llar Qizilqum va Qoraqumda katta maydonni. Surxondaryo viloyatida (katta qum) va Farg'ona vodiysining markaziy qismida kichikroq maydonlarini egallaydi. Bu erlarda daraxtsimonlardan saksovullar, yirik juzg'unlar, butalardan sho'rak, cherkez, chog'on, quyonsuyak, zag'aza, chalabutalardan shuvoqlar, bazi astragallar, o'tlardan iloq, qo'ng'irbosh, arpag'on, lolalar, boychechaklar, gulsapsar kabi o'simliklar o'sadi. Yaylov sifatida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.37 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.37 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga