O'zbekistonga o'tish xavfi bor zararkunandalar. Osiyo g'o'za tunlami, Amerika oq kapalagi, filloksera

O'zbekistonga o'tish xavfi bor zararkunandalar. Osiyo g'o'za tunlami, Amerika oq kapalagi, filloksera

O'quvchilarga / Botanika
O'zbekistonga o'tish xavfi bor zararkunandalar. Osiyo g'o'za tunlami, Amerika oq kapalagi, filloksera - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonga o'tish xavfi bor zararkunandalari. Osiyo g'o'za tunlami, amerika oq kapalagi, filloksera Reja: Osiyo g'o'za kuyasining zarari tarqalishi, ta'rifi, qayot kechirishi va kurash choralari. Osiyo g'o'za tunlamini zarari, tarqalishi, ta'rifi, hayot ke chirishi va kurash choralari. Amerika oq kapalagini zarari, tarqalishi, ta'rifi, hayot kechirishi va kurash choralari. Fillokserani zarari, tarqalishi, ta'rifi, hayot kechirishi va kurash choralari. Adabiyotlar: 1. II 35 - 40 b. 2. II 40 - 41 b. 3. II 105 - 109 b. VI 537 - 539. 4. II 72 - 79 b. VI 598 - 604. 1. Pushti rang ko'sak qurti (g'o'za kuyasi) - Pectinophora gossypiella Saund Zarari. Pushti rang ko'sak qurti dunyoda g'o'zaning eng xavli va eng ko'p tarqalgan zararkunandalardan biri hisoblanadi. Mavjud ma'lumotlar bo'yicha bu zararkunanda tarqalgan joylarda har yili paxta hosilining 20 - 25% acha nobud bo'lishini ko'rsatadi. Bu qurt ayniqsa Misrda katta zarar etkazadi. Kech pishar navlarning 80% gacha nobud bo'ladi. Bu zararkunanda hosilning miqdoriga ta'sir qilibgina qolmay, balki tolaning chiqishini va chigitdan olinadigan moy miqdorini ham juda kamaytiradi. Tarqalishi. Pushti rang qurt yer yuzidagi paxtakor mamlakatlarning deyarli hammasida tarqalgan bo'lib, u tarqalmagan juda oz mamlakatlardan biri O'zbekistonda uchramaydi. Vatani Hindiston bo'lib, 1903 yildan keyin, asosan urug'lik chigit bilan birga, dunyoning boshqa paxtakor mamlakatlariga tarqalgan. ta'rifi. Qanoti yozilganda 12-. gacha, qorinchasi kulrang yoki qo'ng'ir, oyoqlari to'q qo'ng'ir tusda kapalagi harakatlanmay turganida qanotlar bir tekisda yopiladi. Endigina chiqqan lichinkalar sarig'ish tusda, to'q jigar rang boshli bo'ladi. Kapalakning oldingi qanotlari kambar, o'tkir uchli, qo'ng'ir rangli va ularning oldingi chetlari bir-birlaridan unchalik chegaralanib turmaydigan qora dog'lar bilan qoplangan bo'ladi. Qanotlarining o'rtasida qora dog' bor, bu dog' bazan 2 qismga ajralib turadi. Keyingi qanotlari oldingilaridan bir muncha kengroq ularning tashqi cheti o'yiqchali, asoslariga yaqin qismi esa rang-barang tovlanib turadigan ochroq tusda va keyingi cheti serbar hoshiyali bo'ladi. Tuxumi cho'zinchoq oval shaklida va uning bir uchi ancha kengroq bo'ladi. Qurtlar oziqlana boshlanganidan keyin tanasi yarim tiniq oq tusga kiradi, boshi qorayadi, ikkinchi yoshdan etiboran qurtlarning tanasidagi tukchalar och rangga kiradi va ularning uchlari yo'g'onlash-magan bo'ladi. Katta yoshlardagi tanasi silindr shaklida, tanasining qorin tomoni oq va orqa tomoni pushti rangli bo'ladi. g'umbagi uzunligi 8 - keladi, tanasi ancha yo'g'on, qizg'ish qo'ng'ir tusda. Hayot kechirishi. g'o'za kuyasi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga urug'lik chigit bilan birga o'tadi. Bu zararlangan urug'lik chigit ichida ikki yarim yilgacha diapauza holatida tura oladi. Bundan tashqari, kapalaklari shamol vositasi bilan ancha uzoq joylarga tarqaladi, chigit yoki ko'sak ichidagi qurtlar suv bilan ham tarqala boradi. Pushti rang ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.87 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.87 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga