O'zbekistonning foydali o'simliklari

O'zbekistonning foydali o'simliklari

O'quvchilarga / Botanika
O'zbekistonning foydali o'simliklari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonNING FOYDALI O'SIMLIKLARI Farg'ona viloyati Toshloq tumanidagi Yangi yo'l qishlog'i Fag'ona vodiysining janubiy qismida bo'lib, viloyat markazi Farg'ona shahridan 25-30 km. shimolda joylashgan. Bu qishloq Toshloq tumanidagi Besholish dashtlari bilan uyg'unlashib ketgan. Qishloqning dasht va adir zonalari bilan uyg'unlashib ketganligi natijasida qishloq hududida juda ko'p turdagi dorivor o'simliklarni uchratish mumkin. Bu o'simliklar, qadim-qadimdan, xalqimiz tomonidan tabobatchilikda keng foydalanib kelinayotgani katta ahamiyatga ega. Toshloq tumanidagi 11-o'rta maktabda tashkil etilgan Olamni saqlaylik ekologik klubi rahbari R.Badalov va shu maktab biologiya o'qituvchisi M.Abdullayeva va o'zim ta'lim olayotgan maktab biologiya o'qituvchisi I.Sodiqovalarning nazorati va ko'rsatmalari asosida hududimizdagi o'simliklarni o'rganish borasida kichik izlanishlar olib bordik. O'simliklarni o'rganish va ularni farqlash jarayonida, anchagina qiziqarli va foydali ma'lumotlar to'plashga erishdik. Biz o'rgangan o'simliklar orasida kishilarimiz salomatligi uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan, tuproq erroziyasini oldini oladigan va yemirilib borayotgan ekologik muhitdagi ob-havoni tozalab, kislorod bilan to'yintirib turadigan o'simliklarga bo'lgan munosabatlarni bilib oldik va bunday o'simliklarning biologik-ekologik hususuyatlarini o'rganishga kirishdik. Quyidagi ma'lumotlarda, shular haqidagi ilk ijodiy ish namunalarimiz yozilgan. 1. Na'matak - xalq tilida atalishi, fandagi nomi esa - Rosa Cinnamomea L. Bizning hududimizda yovvoyi holda o'sayotgan na'matak turlari jihatidan ko'p bo'lmasada, foydasi jihatidan katta ahamiyatga ega. Na'matak ko'pyillik butasimon o'simlik bo'lib, bo'yi 2-3 metrga etib boradi. Mevalaru uzunchoq-dumaloq, jigarrang va qizil rangli, novdalari tikanli, barglari ketma-ket joylashgan, gullari pushti, och pushti, oq, sariq va qizil ranlarda bo'ladi. Mart -Aprel oylarida gullaydi.Biz bu o'simlik haqida ma'lumotga ega bo'lish uchun ko'pgina kitoblar bilan tanishib chiqdik. Na'matakning quritilgan mevalarida 18-19% askorbin kislotasi bo'lishligini, barglari, gulg'unchalarida va tomir qismida oshlovchi moddalarning ko'pligini va meva danaklarida shifobahsh moy bor ekanligini bilib oldik. Bundan tashqari na'matak mevasida inson organizmi uchun juda zarur bo'lgan qand moddasi, limon, olma kislotalari, karotin, kaltsiy, temir, marganets, fosfor, magniy kabi moddalar borligi haqida ma'lumotga ega bo'ldik. Na'matak mevalaridan tayyorlangan qaynatma,damlamalar kishilarning salomatligini saqlashda va kamqonlik kasalligini oldini olishda, turli shamollash kasalliklarini davolashda ishlatish mumkinligini bilib oldik va bu ma'lumotlarni klubimiz mashg'ulotlarida, Biologiya darslari davomida tengdoshlarimizga aytib berdik. 2. Chakanda - xalq tilida atalishi, fan tilida atalishi esa - Hippophae Rhamnoides L. Qishlog'imizdan oqib o'tadigan Qoraboy soy bo'ylarida hamda Besholish dashtlarining suv havzalari bo'yida yovvoyi holda o'sayotgan darahtsimon Chakanda o'simligi haqida ustozimiz R.Badalov bizga aytib berdilar. Bu o'simlik haqida to'liq ma'lumot olish uchun turli kitoblarni ham ko'rib chiqishimizga to'g'ri keldi. Maktabimizdagi Internet Markazi orqali Internetdan ham bu ko'pyillik o'simlik haqida ma'lumotlar olishga erishdik va bu o'simlik bilan tanishib chiqdik. Bu o'simlikning bo'yi 4-5 metrdan ortiq bo'lib, shohlari tikanli bo'lishligini bilib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 283.83 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 283.83 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga