Protoplast hosilalari va ularning tarkibi

Protoplast hosilalari va ularning tarkibi

O'quvchilarga / Botanika
Protoplast hosilalari va ularning tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Protoplast hosilalari va ularning tarkibi Reja: hujayraning yuqori fiziologik aktiv moddalari. hujayraning zaxira oziq moddalari. Vakuol, hujayra shirasi va uning tarkibi. hujayra po'sti va uning shakl o'zgarishlari. Turgor va plozmaliz. 1.Fermentlar, vita'minlar, gormonlar, antibiotiklar protoplast hayot faoliyatining mahsuloti bo'lib, yuqori fiziologik aktiv moddalaridir. Ular hujayrada juda oz miqdorda bo'lsada, ko'pincha o'simlik organizmlarida sodir bo'ladigan turli jarayonlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Fermentlar. hujayradagi nafas olish, fotosintez, oqsil yog' va uglevodlarning sintezi hamda parchalanishida bo'ladigan ximiyaviy jarayonlarning hammasida ishtirok etadi. Ularni organik katali-zatorlar ham deyiladi. Ximiyaviy katalizatorlar reaksiya tezligini 70-80 martagachan oshirsa, fermentlar 108 martabagachan oshiradi. Hozirgacha fan 200 ga yaqin ferment borligini aniqladi. Nafas olish jarayonida peroksidaza va katalaza fermenti ishtirok etadi. O'simlik va hayvonlardagi barcha hayotiy jarayonlar fermentlar ishtirokida utadi. Diastaza fermenti kraxmalni kand moddasiga aylantiriadi. Oqsillarga proteaza, yog'larga lipaza fermenti ta'sir etadi. 2. hujayraning zaxira oziq moddalari. Protoplastda bo'ladigan modda almashinishi jarayonida hujayrada turli xil organik moddalar hosil bo'lib, ular o'simlik hayotining malum davrlarida - urug'ning unib chiqishida, organlarni vujudga keltirish yoki boshqa turli xil jarayonlarda (nafas olish, oziqlanish, o'sish va boshqalar) energiya hosil qiluvchi asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Ana shu maqsadlar uchun sarf bo'ladigan va hujayraning pro-toplastida to'planadigan moddalar zaxira oziq moddalar deyiladi. Bu moddalar o'simlikning turli organlarida to'planadi. Biroq urug' va mevalarda, tuganak, piyozbosh, ildiz hamda ildizmevalarda ko'proq bo'ladi. Ximiyaviy tarkibiga ko'ra ular uchta asosiy guruhga bo'linadi: uglevodlar, moylar va oqsillar. Shulardan oqsillar azotli organik moddalar bo'lib hisoblanadi. 3. Vakuol, hujayra shirasi va uning tarkibi. hujayrada uzluksiz modda almashinuvi natijasida vakuol paydo bo'lib, uning ichida esa suv va unda erigan organik hamda mineral moddalarning eritmasi joylashadi. Alkaloidlar azotli organik moddalar bo'lib, hozirga qadar ularning 700 ga yaqin xili uchraydi. Alkaloidlar qattiq, suyuq va gaz hollarda bo'ladi. Ular ko'knorigulli, dukkakguldooshlar, labguldosh-lar oilalarning vakilarida ko'p uchraydi. Tein choy, teobramin shokolad, kakao, koka-kola tarkibida bo'ladi. Morfin, xinin, kodein kabilar meditsinada dorivor modda sifatida ishlatiladi. Anabazin (anabazis o'simligida) nikotin qishloq xo'jalik zararkunandalarga qarshi ishlatiladi. Glikozidlar efirga o'xshash moddalardir. Ular ko'pincha xidli, tami achchiq va bazan zaharli ham bo'ladi. Atirguldoshlar oilasi vakillarida amigdalin glikozidi ko'p. U parchalanganda zaharli sinil kislotasiga aylanishi mumkin. Amigdalin achchiq bodomda, shaftoli, o'rik, olcha urug'larida ko'p bo'ladi. Sovun o'ti tarkibida saponin, tsitrus o'simliklarida gesperedin uchraydi. hujayra shirasida glikozid tariqasida pigmentlar ham mavjud. Ular suv o'tlarida va yopiq urug'li o'simliklarda ko'p bo'ladi. Masalan: antotsin pigmenti to'q-ko'k, havorang va qizil ranglarda bo'ladi, gulli o'simliklarning hamma organlarida uchraydi. Antoxlar pigmenti gul toji barglarida, qisman limon, apelsin mevalarida uchraydi. Oshlovchi moddalar (tannidlar) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.58 KB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.58 KB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga