Qish faslida xona o'simliklarining parvarishi

Qish faslida xona o'simliklarining parvarishi

O'quvchilarga / Botanika
Qish faslida xona o'simliklarining parvarishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Qish faslida xona o'simliklarining parvarishi Qish fasli xona o'simliklari hayotidagi eng noqulay davr hisoblanadi. Bu paytda aksariyat o'simliklar tinim davriga kiradiki, bu ular parvarishiga alohida e'tibor berishni talab qiladi. Xuddi shu davrda ko'pchilik gullar osonlikcha kasalliklarga chalinadi, zarakunanda hashoratlar ta'siriga beriladi, o'zining manzarali ko'rinishini yo'qotadi va hatto nobud bo'lishi mumkin. Bunday noqulaylikdan qutulish uchun eng avvalo gullarni yorug'lik bilan ta'minlash kerak. Ularni derazalar yoki derazalar yaqiniga joylashtirish kerak. Derazalar quyosh tomonga qaragan bo'lsa, foydadan holi emas. Siklamen, azaliya, kameliya, primula kabi qishda gullaydigan o'simliklar albatta derazada turishi kerak, aks holda g'unchalar ochilmasligi yoki ochilgan gullar tezda to'qilib ketishi mumkin. Yorug'lik yetishmaganda yaproqlar sarg'ayib, novdalar uzayib o'sadi. Soyabardosh o'simliklar aspidistra, asparagus, kliviya, monstera, filondendron, sansev'eralarni derazalar yaqiniga joylashtirsa ham bo'ladi, biroq ular ham yaxshi yoritilgan joyda durkun o'sadi. Yoritilganlikni uzaytirish maqsadida o'simlikdan 15-20 santimetr balandlikka lyumenestsent lampalar yoqib yorug'lik vaqtni 12 soatgacha yetkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. Issiqsevar tropik o'simliklar begoniya, filodendron, senpoliyalar 18-20 gradus haroratda yaxshi rivojlansa, haroratning 14 gradusdan pastga tushishi ularga haloqatli ta'sir etadi. Fuksiya, kala, azaliya, pelargoniya va sitrus ekinlari uchun 8-14 gradus harorat optimal(normal), hisoblandi. Ortiqcha issiqlik o'simliklarning muddatidan ilgari rivojlanishiga olib keladi. Bu hol bo'lmasligi uchun gultuvaklar deraza oynasiga yaqinroq qo'yiladi. Sovuq kunlari tuvak bilan oyna orasiga karton, fanera, paralon bo'lagi joylashtirilsa ildizlarni kasallanishdan saqlaydi. Kuchli sovuq kunlari esa derazadan olib qo'yish tavsiya etiladi. Qishda gullar parvarishida sug'orish alohida o'rin tutadi. Bu davrda o'simlik bahor va yoz oylariga nisbatan suvni kam talab qilishini hisobga olish muhimdir. Ortiqcha sug'orish tuvakda tuproqning zichlashib ildizlarning kasallanishiga olib keladi. O'simlikning suvga bo'lgan talabini aniqlash uchun tuvakdagi tuproqni ushlab ko'rilganda tuproq qo'lga yopishmasligi yoki tuvak chertib ko'rilganda jarangli ovoz chiqarishi kerak. Kaktussimonlar 3-4 haftada bir marta, aloe, kalonxoe, sansev'era, kliviya senpoliya singari seret o'simliklarga esa bundan ham uzoqroq muddatda suv quyish maqsadga muvofiq. Gullar sug'orilganda har kuni oz ozdan suv quymasdan, balki birdaniga tuvakdagi hamma tuproq ho'l bo'lguncha va suv taglikka oqib tushguncha sug'orish kerak. Tuvakdagi tuproq juda qotib ketsa, quyilgan suv tuproqni ho'llamay turib taglikka o'tib ketishi mumkin. Bunday hollarda taglikdagi suvni bir necha soat to'kmaslik ma'qul yoki tuvaklar suvga bo'g'zigacha botirib qo'yilishi kerak. Yoz oylaridan farq qilib qish oylarida o'simliklar ertalab sug'orilishi kerak. Sug'orish uchun xona temperaturasidan 5-7 daraja yuqori bo'lgan qor, yomg'ir, ariq yoki tindirilgan vodoprovod suvidan foydalaniladi. Sovuq suv o'simlik ildizlari tomonidan yomon o'zlashtiriladi. Vodoprovod suvdan sug'orilganda suv qopqog'i ochiq idishda bir sutka turishi kerak shunday qilinganda suv o'simlik uchun zararli bo'lgan xlor va boshqa gazlardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 70.65 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 70.65 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga