Seleksiyada chatishtirish sistemasi

Seleksiyada chatishtirish sistemasi

O'quvchilarga / Botanika
Seleksiyada chatishtirish sistemasi - rasmi

Material tavsifi

Seleksiyada chatishtirish sistemasi Reja: 1. Oddiy chatishtirish. 2. Takroriy chatishtirish, yani bekross. 3. Pogonali chatishtirish. 4. Retseprok (o'zaro) chatishtirish. 5. Murakkab chatishtirish. 6. yaqin karindoshlarni chatishtirish (intsuxt). Duragaylash yo'li bilan yangi formalar chiqarish ekinlar seleksiyasida asosiy rol uynaydi. Bir biridan farq kiladigan ikkita yoki undan ortik o'simlikni chatishtirish natijasida yangi duragay olinadi, u o'ziga xos individual xususiyatlarga ega bo'lib, boshlang'ich ota ona formalaridan ozmi kupmi farq qiladi. Uruglanish jarayonida yangi organizm vujudga keladi va hayot yangidan boshlanadi. Kupincha duragay organizmda boshlang'ich formalardan farq kiladigan yayangi belgi xususiyatlar rivojlanadi. o'simliklarni tur xili va tur doirasida chatishtirish yo'li bilan ekinlarning yangi navlari chikariladi. Bu tur ichida yoki navlararo chatishtirish usuli bilan amalga oshiriladi. Ota-ona formadan belgi xususiyatlari bilan butunlay farq kiladigan duragay uzoq tur va avlodlarni chatishtirish yo'li bilan hosil kilinadi. Asosiy kism: Seleksiya ishida chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlashning ko'p usullari mavjud, ulardan kuyidagilari katta ahamiyatga ega: Ekologik-geografik asosida juft tanlash. hujalik-biologik belgi va xususiyatlarining tarkibiga (majmuasiga) karab juft tanlash. Ayrim rivojlanish fazalarning davomiyligiga karab juft tanlash. Kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga karab juft tanlash. Chatishtirishda kombinatsion qobiliyatlariga karab juft tanlash va boshqa usullar. 1. Ota-ona juftlarini tanlashning ekologik-geografik usuli N.I.Vavilov ishlab chikkan, lekin amalda birinchi bo'lib I.V.Michurin tomonidan kullangan. Bu usul shunga asoslanganki, o'simlik navlari va shakllari uzoq davr davomida tabiiy tanlanish va sun'iy tanlash ta'sirida shakllanadilar va shu tuproq-iqlim sharoitiga moslashadilar. Natijada turli ekologik-geografik sharoitlariga mos o'simlik ekotiplari vujudga keladi. Masalan, g'arbiy Sibirda bugdoyning uzoq davom etadigan bahorgi kurgokchilikka chidamli navlari vujudga kelgan bulsa, o'rta Osiyoda don kuyo'lish davrida kurgokchilikka chidamli navlar shakllangan. Shimoliy rayonlarda donli ekinlarning erta pishar, koratuproqli chul sharoitida yuqori sifatli donga ega bo'lgan navlar vujudga kelgan. Italiyada shakllangan bugdoylar poya zang kasalligiga chidamli bo'lib, doni yirik, poyalari kalta, etib kolmaydigan, lekin don tarkibida oqsili kam xususiyatlarga egadir. Ekologik-geografik usulning mohiyati bir-biridan geografik va ekologik jihatdan uzoq bo'lgan nav va xillarda uchraydigan muhim belgi hamda xususiyatlarni bitta yangi navda kerakli nisbatda kushilishini ta'minlashdan iborat. Agar biror zonada o'simlikning kishga chidamliligini oshirish vazifasi qo'yilgan bulsa, I.V.Michurin chatishtirish uchun ona sifatida sovuk iqlim sharoitida usgan o'simlikni, ota sifatida esa yuqori hosil beradigan navni olishni tavsiya etadi. A.P.Shexurdin bahori bugdoyning rivojlanish fazalarining turli bosqichlarida kurgokchilikka chidamli navlarini yaratish maqsadida naychalash-boshok chiqarish fazasida kurgokchilikka bardoshli Poltavka mahalliy navni o'rta Osiyoning doni kuyo'lish fazasida kurgokchilikka chidamli Grekum mahalliy navi bilan chatishtirib Lyutestsens 91 navini yaratgan. Bu nav keyinchalik bahori bugdoyning kuplab kimmatli Saratov navlarini yaratishda ishtirok etadi. bahori bugdoyning Poltavka mahalliy navi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.95 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.95 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga