Seleksiyada tanlash usullari Reja: 1. Tabiiy tanlanish va sun'iy tanlanishning vujudga kelishi. 2. Omaviy tanlash. 3. Yakka tanlash. 4. Sistemali tanlash 5. Klonli tanlash Tabiatda mavjud bo'lgan tanlashlar ikki turga - tabiiy va sun'iy tanlashga bulinadi. Tabiiy tanlanish tabiatda odam ishtirokisiz utgan va utmokda. Ch.Darvin tabiiy tanlanishni «Uzgarayotgan organizmlarning ongli tanlanishi emas» deb takidlaydi. Bunga tashqi sharoit omillari issiqlik, namlik, yorug'lik, past harorat, boshqa organizmlar, ozik-ovqatning mavjudligi kabilar sabab bo'ladi. Organizmlarning kuzga kurinmaydigan xar qanday xususiyatlari tabiiy tanlanishga uchraydi. Tabiiy tanlanish odatda ikki xil - harakatlantiruvchi va mustahkamlovchi bo'ladi. Harakatlanuvchi tabiiy tanlanish, yashash sharoitining o'zgarishi bilan ijobiy ahamiyatga ega buladigan yangi mutatsiyalar va ularning birikmalarini populyatsiya tarkibiga kuyilishiga olib keladi. Mustakkamlovchi tabiiy tanlanish esa salbiy irsiy chetlanishlarni yo'qotish yo'li bilan populyatsiyadagi shakllar o'rtasida malum darajadagi o'xshashliklarni ruyobga chikaradi. Shunday qilib, organizm hayotidagi foydali xar qanday irsiy o'zgarish keyingi buginlarda tabiiy tanlanish yo'li bilan saqlanib koladi va mustahkamlanadi. Shu tarika tashqi muhit nokulayliklariga yaxshirok moslashgan, kuprok takomillashgan yangi xillar yaratiladi. sun'iy tanlash - kishilar tomonidan o'tkaziladi, shu yul bilan madaniy o'simliklarning navlari va xonaki hayvonlarning zotlari yaratiladi. sun'iy tanlash organizmlarning irsiyati va uzgaruvchanligidan foydalanishga asoslangan bo'lib, organizmlarning tabiatda bo'lmagan yangi xillarini yaratish imkoniyatini beradi. sun'iy tanlash oddiy va metodik tanlashlarga bulinadi. Oddiy sun'iy tanlash dehqonchilik rivojlanishning dastlabki davrlarda kullangan. Kishilar uzoq yillar davomida o'simliklarning eng yaxshi boshok, urug, meva, kalamcha, piyozbosh va tuganaklarni tanlab olib kupaytirib, ulardan yuqori hosil olish uchun foydalanib kelganlar. Bu oddiy tanlash bo'lib, kishilar yangi nav yaratishni o'z oldilariga maqsad qilib kuymaganlar. Metodik sun'iy tanlashda odamlar o'simliklarni qanday belgilari bo'yicha tanlash o'tkazishni oldindan belgilab, shu belgilarni kuchaytirib, mustahkamlab boradi, yani aniq maqsad bilan ishlaydilar. Shu tartibda ekinlarning mahalliy navlari yaratilgan. Demak, metodik tanlashda seleksioner o'simlikning yaratilayotgan yangi navining morfologik, biologik-xo'jalik belgi va xususiyatlarini, ishlab chiqarishning nav oldiga kuyadigan talablariga muvofik oldindan belgilab oladi va shular asosida tanlash o'tkazadi. Bunday tanlashning ijobiy ta'sirini kand lavlagining ildiz mevasi tarkibidagi kand miqdori kupayishidan bilish mumkin. 1747 yilda kand lavlagidan sanoat sharoitida kand olish imkoniyati borligi aniqlangan edi. Usha vaqtda kand lavlagining ildiz mevasining tarkibida 6% kand bo'lgan. Sistematik (metodik) tanlash natijasida uning miqdori 1838 yil -8,8%, 1908 yilda - 18,1%, 1970 yilga kelib 20,0% etkazilib, hozirgi vaqtda 24% va undan ko'p kand saklaydigan navlari yaratilgan. Kungabokar pistasining tarkibidagi moy miqdori (Krasnodar o'lkasida) shu usul natijasida oshib borib, Xar gektaridan olinadigan moy hosildorligi kuyidagicha uzgargan: 1912 yilda 6,3 ts.dan 9,5 ts.gacha, 1945 yilda, yani 1,5 marta, keyinchalik esa 10,5-11,0 tsentnergacha etkazilgan. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.48 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.48 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: docx