Seleksiyada yangi nav va zot yaratish Seleksiya so'zi lotincha Selektio so'zidan olingan bo'lib - tanlash demakdir Genetika fani seleksiyaning nazariy asosi bo'lib, seleksiya o'z vazifasi mavzusi va tekshirish usullariga ega. Seleksiya fanining vujudga kelishi, rivojlanishi bevosita genetika fani bilan chambarchas bog'liq. Ch.Darvinning mashxur «Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlarning kelib chiqishi, yani yashash uchun kurashda moslashgan zotlarning saqlanib qolishi» (1859y), «Xonakilashtirish ta'sirida Hayvon va o'simliklarning o'zgarishi» (1868 y) nomli asarlari seleksiyaning fan sifatida shakllanishiga sabab buldi.Darvin o'simliklar bilan hayvonlar uch xil: tabiiy tanlanish, ongsiz va metodik tanlash ta'sirida bo'lishini isbotladi. Darvinning bu sohadagi xizmatlari shundan iboratki, u juda ko'p seleksionerlarning ishi bilan yaqindan tanishib, shaxsan ular bilan aloqa urnatib, o'z tajribalarini umumlashtirdi va yaxlit seleksiya nazariyasini - sun'iy tanlash haqidagi ta'limotni yaratdi. Bu ta'limotda seleksioner tomonidan eng yaxshi formalarni tanlab olinishi seleksiya jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuch ekanligini isbot etdi. Darvin sun'iy tanlashning nixoyatda katta ijobiy natija keltiradigan shartlarini anikladi. Seleksiya uchun boshlang'ich materialni to'g'ri tanlash ushbu shartlarning eng birinchisi hisoblanandi. Ikkinchisi seleksioner o'z oldiga kuygan maqsad aniq bo'lishi kerak. Uchinchisi seleksiya ishlarini katta kulamda olib borish, tanlashning barcha bosqichlarida yaroksiz o'simliklarni keskin brakka chiqarishi kerak. Turtinchisi organizmning fakat bitta belgisi bo'yicha tanlash olib borishi kerak. Darvin shu shartlar bilan birgalikda tanlashda avlodning sifatiga xam etibor berish kerakligini uktirdi. Darvinning sun'iy tanlash haqidagi ta'limoti seleksionerlarning amaliy faoliyati uchun nazariy asos bo'lib, ular ishining muvaffakiyati uchun xizmat qiladi. Seleksiyaning maxsuli - nav yoki geterozis duragayi. Seleksiya yutuklari to'g'risidagi qonunning boshlanishida kuyidagicha yozib qo'yilgan:Seleksiya yutugi - nav (duragaydir) . Asosiy kism. o'rta osiyoda go'za usimligi eramizdan oldin II-IV asrlardan beri ekilib kelinmokda. XIXasrning oxirlarigacha asosan Afrika-aziat gossipium xerbatsium turining Јo'za deb ataladigan kenja turlari ekilib kelingan. Fakat 1884 yil maydonda King, Klevlend, Russel degan tez pishar navlari ekila boshlanadi va shundan beri go'za urnini amerika navlari egallaydi. XV asrda Yangi dunyo ochilishi bilan jahonda yangi o'simlik xillari paydo bo'lib tarkaladi. Bular: go'zaning turlari, kungabokar, kartoshka, pomidor, baklajon, kalampir va boshєalar. Bularning Xammasi seleksiyaning paydo bo'lish va rivojlanishiga olib keladi. Yangi navlarni yaratish usullarini rivojlanish tarixida turt bosqichni ajratish mumkin: 1. qadimgi (sodda-primitiv) seleksiya. uzoq o'tmishda kishilar yovvoyi o'simliklar orasidan ko'p va sifatli hosil beradigan, talablarga mos o'simliklarni ajratib olib foydalangan bulsalarda lekin ularni ko'paytirish va saqlash ni bilmaganlar. ko'p asrlar davomida uzluksiz davom etgan bu jarayon inson aql-idrokining rivojlanishi bilan asta-sekin takomillashib, keyinchalik kullana boshlagan, tanlashga asos solgan. qadimgi zamon odamlari o'simliklarning serhosillarini tanlash, ko'paytirish va saqlash bilan shugullangandan keyin sodda seleksiya vujudga kelgan. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.72 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.72 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: docx