Sholini etishtirish texnologiyasi Reja: O'tmishdosh, yerni tayyorlash, ekish Ekinni parvarishlash va hosilini yig'ish Almashlab ekishdagi o'rni Sholidan yuqori hosil olishda o'tmishdosh ekin ning o'rni juda katta.Sholi almashlab ekishda dukkakli o'tlardan,don-dukkakli va donli ekinlardan keyin eqilishi kerak. O'zbekiston sharoitida sholiga yaxshi o'tmishdosh ekin dukkakli o'tlardan beda,qizil beda,don-dukkakli ekinlardan ko'k no'xat,soya,mosh va donli o'simliklardan bug'doy,arpa hisoblanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Sholi ekish uchun erniekishga tayyorlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Yerlarni kuzda shudgorlash sholi hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Kuzda ernixususiyatiga qarab 27- chuqurlikda ikki yarusli plug bilan haydash kerak.Bahorda tekislash uchun zich-zich borona tirkalgan mola bostiriladi va bir yo'la g'altaklash (katak yurgizish) va bilan olib boriladi. Yerni ekish oldidan ishlash marza , chetlarni grederlarda yoki tekislagichlarda tekislanadi. O'g'itlash. Sholi hamma o'g'it turlariga - azotli,fosforli va kaliyli o'g'itlarga talabchan. Gektaridan 40-50 ts.dan hosil olish uchun Qoraqalpog'istonni yanggi o'zlashtirilgan erlarida,Farg'ona vodiysida va Sirdaryo sohillarida 100- azot va fosfor solinadi.Keyinchalik bu ikki o'g'itdan gektariga 120-150 kgva 70- kaliy beriladi. Eskidan haydalib kelinayotgan o'tloqi tuproqlarga har gektariga azot fosfor va 90- kaliy beriladi. Ekish. Ekish uchun ishlatiladigan sholi urug'i ekishdan oldin maxsus mashinalarda tozalangan bo'lishi va davlat andozasiga javob berishi kerak. Sholi tuproq va suv harorati 12* S issiqlikka etganda ,yani sovuq bo'lish xavfi o'tib ketgandan so'ng ekiladi. Lekin asosan tuproq va suv harorati 14-18* S ga etganda ekish yoppasiga boshlanadi. Sholi ekishni nihoyatda qisqa muddatlarda, uzog'i bilan 10-15 kun ichida tugallash lozim. Sholi mashinalarda oddiy usulda, qatorlab va yoppasiga-sochma qilib ekiladi. Suv bostirilmay qolgan qator oralariga 15- qilib yoppasiga qatorlab seyalkalarda ekiladi. Bunda urug' 1- chuqurlikka ko'miladi. So'ngra suv bostiriladi. Qo'lda sochma qilib ekishda urug' suvga sepiladi va suv loyqalatiladi. Suv to'xtatilgandan so'ng urug' loyqa suv bilan ko'miladi. So'ngra suv bostiriladi. Qo'lda sochma qilib ekishda urug' suvga sepiladi va suv loyqalatiladi. Suv to'xtatailgandan so'ng urug' loyqa bilan ko'miladi va maysa hosil bo'lganda suv bostiriladi. Suv o'simlikni o'sish davrini oxirigacha saqlab turiladi. Faqat o'simlik balandligiga qarab suvni qalinligi har xil bo'ladi. Bundan tashqari urug'ni tuproqni tabiiy namiga seyalkalar yordamida ekib undirib olish xam mumkin. Bu usul Qoraqolpog'iston va Xorazm viloyatida yirik sug'orish maydonlarida qo'llaniladi. Urug'4- chuqurlikka don seyalkasida ekilib maysa hosil bo'lgandan so'ng pollarga suv bostiriladi. Bu usul progressiv usul hisoblanadi. Sholini samolyotda xam ekish mumkin. Sholini ekish myori o'simliklarni ko'chat qalinligini belgilaydi. Ekish me'yori sholi navining biologik xususiyatlariga, tuproqning unumdorligiga,ekish muddatiga va usullariga bog'liqdir. O'zbekiston sharoitida gektariga 5-7,5 mln. donaga sholi ekilganda yani xar m2 yerda o'rimga qadar 250-350 tup atrofida va 450-500 ta unumdor ro'vakli poya ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.75 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.75 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: docx