Tsitologiyaning mazmuni va uning tarixi Reja: 1. Kirish. 2. Tsitologiyaning mazmuni va uning vazifalari. 3. Tsitologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. Tsitologiya hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o'rganadi. Tsitologiya so'zi (lotincha-cellulla, yunoncha-cutos) hujayra haqidagi (logos-fan) ta'limot degan manoni bildiradi. Bu fanning predmeti tirik organizmlardagi hujayralardir. hujayra-o'simlik va hayvon organizmlarining takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bo'lib hisoblanadi. Tirik organizmning butun hayot davomidagi hayotiy jarayonlar: moddalar almashinuvi, hujayralarning hosil bo'lib, doimo yangilanib turishi, irsiy belgilarning ijro etilishi, nasl koldirishi va organizmni tashqi muhit bilan boglab turish hujayraning harakaterli xususiyatidir. Tsitologiya fanining asosiy vazifasi -hujayraning tuzilishi, funksiyasi, ularda moddalar almashinuvi ,rivojlanishi, kupayishi va kelib chiqishini tashqi muhit munosabatiga boglangan holda o'rganish va samarali yutuklarni xalq xo'jaligida tadbiq etishdir. bo'lajak har bir biolog juda kupgina biologik fanlarni o'rganadi va bu fanlarning hammasi tirik organizm xususiyatlarni o'rganadigan fanlar bo'lib, bu organizmlarning asosiy tuzilish birligi hujayralardir. Shunday ekan biz o'rganadigan tsitologiya ana shu hujayralar to'g'risida bo'lib, bu fanlar bilan bevosita bog'liqdir. ayniqsa gistologiya, embriologiya, anatomiya, fiziologiya, biokimyo, biofizika, genetika va molekulyar biologik fanlar bilan uzviy bog'liqdir Tsitologiya fani ham, boshqa fanlar kabi, tabiatning obyektiv qonuniyatlarini o'rganishda zamonaviy falsafa, dialektik tushuncha asoslari bilan bog'liq holda urganiladi. hujayraning taraqqiyotini va tuzilishini o'rganish Ch.Darvinning evolyutsiya ta'limotiga asoslanib olib boriladi. Tirik organizmning tanasini hosil qiluvchi hujayralar tarixiy taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka erishgan, organik tabiat yaratgan evolyutsion jarayonning mahsuli deb karaladi. hujayra faoliyatini o'rganish tashqi muhit bilan uzviy bog'liq bo'lgan organizmning bir butunligi nuqtai nazaridan olib boriladi. Tsitologiyani o'rganish va tsitologik o'rganish usullarning natijalari tibbiyot, qishloq xo'jaligi, biotexnologiya, gen injeneriyasi va veterinariya sohalarida keng kulamda kullaniladi. Odam organizmi ham hujayralardan tuzilgan ekan, barcha fiziologik, patologik jarayonlarni o'rganish tsitologik asosda olib boriladi. Masalan, kasaliklarni aniklashda, har bir hujayraning faoliyatini hisobga olish zarur. Shunday ekan bu sohada tsitologik tekshuruv usullari va bu fanning yutuklar katta urin tutadi. Qishlok xo'jalik ekinlari va hayvonlarini o'rganishda yoki ulardan samarali foydalanishda, yangi nav va zotlarini yaratishda bevosita hujayralardagi jarayonlar asos bo'lib hisoblanadi.Albatta bu borada genetika va seleksiya asoslari fanida batafsil tuxtalinadi. Umuman olganda tsitologiya fanining xalq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyati kattadir. Shu sababli ham bu fan asosida molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeniriyasi kabi yangi fanlar taraqqiy etmokda. Tsitologiya fani o'z oldiga quyidagi aniq asosiy vazifalarni kuyadi: 1-hujayralarning ultrastrukturasi, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish; 2-o'simlik, hayvon va odam organizmining tsitologik tuzilishidagi ekologik sharoitga va yoshga bog'liq o'zgarishlarni o'rganadi; 3- hujayralardagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun sistemalarning rolini aniklashtiradi; 4-turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: docx