Tsitologiyada qo'llaniladigan tadqiqot usullari Reja: 1.Mikroskopik tadqiqot usullari. 2.Tsitokimyoviy tadqiqot usullari. 3.Radioavtografiya usuli. 4.Tirik hujayralarni o'stirish usuli. Tsitologiyada qo'llaniladigan tadqiqot usullari bir necha xil bo'lib,zamonaviy tadqiqot usullari tirik va fiksatsiya qilingan tuzilmalarni o'rganishga imkon beradi. Klassik tadqiqot usuli kesmalarni fiksatsiya qilingan va buyalgan preparatlar hisoblanadi. Bu preparatlarni o'rganishning asosiy usuli, uni mikroskop ostida ko'rishdir. Preparatlar juda yo'pka va yorug'lik o'tkazadigan bo'lishi kerak. Preparatlar kupincha yorug'lik mikroskopi ostida kuriladi.Elektron mikroskop eng murakkab molekulyar kismlarni o'rganishga imkon beradi. Biologiya labaratoriyalarida aksari yorug'lik mikroskopidan foydalaniladi.Bu mikroskopning undan ortik turlari bor. Ular yo tabiiy yorug'lik bilan ishlaydi.yorug'lik spektrining kuzga kurinadigan kismining eng minimal to'lqin uzunligi o'rtacha 0,4 mkm. Bu ko'rsatkich 0,2 mkm bo'lganda obyektning kattaligi 2500 marta ortadi. hozirgi vaqtda gistologik va tsitologik preparatlarni mikroskopda ko'rishning 15 dan ortik usuli mavjud. Quyida ularning eng asosiylari ustida qisqacha tuxtalib utamiz. Qorongi maydonli mikroskopda ko'rish. Bu mikroskopning tuzilishi va unda preparatlarni ko'rish prinsipi yorug maydonli mikroskopdagi bilan deyarli bir xil bo'lib, u tirik hujayra va to'qima tuzilmalarini o'rganishga mo'ljallangan. Unda hujayrani korongi maydonda ko'rish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi, yani yorug'lik nuri kondensor orqali obyektga kiyalatib tushiriladi.Bunda obyekt (preparat) yorishib, maydon korongiligacha koladi. Tirik hujayra tarkibidagi tuzilmalar yaxshi ko'rinishi uchun obyektga tushayotgan yorug'lik nuri har xil optik kalinlikda bo'lishi shart. Mazkur mikroskopda buyalgan yoki buyalmagan tirik hujayralarni, bakteriya va strukturalarni tadqiq etish ancha kulay. Fazali kontras mikroskopda ko'rish. Buyalmagan tirik hujayralar, odatda yorug'lik nurini tutib kolmasdan, uzidan o'tkazib yuboradi. Shuning uchun ular mikroskopda kurinmaydi yoki anglab bulmas darajada kurinadi. Ularni ko'rish uchun tegishli buyoklar bilan buyashga to'g'ri keladi. Fazali kontrast mikroskopiya usuli urganilayotgan buyalmagan tizilmalarning bizga zarur bo'lgan kontrastligini ta'minlaydi. Kontrastlikni, odatda, obyektivdagi fazali plastinka deb ataladigan kondensorga urnatilgan maxsus halqa - diafragma hosil kiladiobyektni kancha yaxshi ko'rish nurning kancha sinishiga bog'liq, yorug'lik nuri obyektdan kancha tez utsa, uning yoritilishi , demak, kontrastligi shuncha ortadi, binobarin, hujayra tuzilmalari ham shunga yarasha yaxshi kurinadi. Interferension mikroskopda ko'rish. Mazkur mikroskopda ko'rish usuli fazali kontrast mikroskopda ko'rishga uxshasada, unga nisbatan kuprok imkoniyatga ega. Masalan, uning yordamida buyalmagan tirik hujayralarning aniq tasvirini va ularning kuruk vaznini (massasini) aniqlash mumkin. Bundan tashqari, bu usul yordamida hujayralarning kalinligini, tarkibidagi kuruk moddalarning zichligini, shuningdek suv, nekulein kislotalar (NK), oqsil va fermentlarning miqdorini bilish mumkin. Interferension usulida buyalgan preparatlarning yadrosi, odatda, kizilga, tsitoplazmasi esa zangori rangga buyaladi. Lyuminestsent (yoki flyuoretsent) mikroskopda ko'rish. Lyuminestsensiyada kator moddalarning atomlari (molekulalari) qisqa to'lqinli nurlanish yutar ekan, u kuzgalgan holatga keladi. Ularning kuzgalgan holatdan normal holatga utishi esa yorug'likni ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.19 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.19 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: docx