TABIAT KOMPONENTLARIDAN FOYDALANISh VA ULARNI muhofaza QILIShNING EKOLOGIK-IQTISODIY ASOSLARI Reja: 1. Atmosfera havosining ifloslanishi va uning oldini olish. 2. Suv resurslaridan foydalanish va uni tubdan yaxshilash. 3. yer resurslaridan foydalanish va uni takomillashtirish. 4. Biologik resurslardan oqilona foydalanish. 5. O'zbekistoning rekreatsiya imkoniyatlari va ulardan foydalanish. Atmosfera-yer kurrasining tashqi qobig'i, uning barcha tabiiy jarayonlardagi ahamiyati nihoyatda katta. U avvalo yer sathining umumiy issiqlik rejimini bir maromda saqlaydi, koinotdan keladigan turli zararli osmon jismlari va ular ta'siridan asraydi. Atmosfera sirkulyasiyasi mahalliy iqlim sharoitlariga ta'sir yetadi va u orqali daryolarning suv rejimi, tuproq-o'simlik sharoitlariga, shuningdek relef hosil bo'lish jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Havo-yerda hayotning vujudga kelishida zaruriy omil. Atmosferaning gaz tarkibi quyidagicha (hajm bo'yicha foiz hisobida) azot-78.09, kislorod-20.95, argon-0.93, uglerod ikki oksidi- 0,03, neon-0,0018. Atmosferada shuningdek suv bug'lari mavjud. Atmosferaning tarkibiga insonning xo'jalik faoliyati borgan sari ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda. Atmosferani ifloslantiruvchi chiqindilar odatda ikki qismga bo'linadi: gazsimon va qattiq moddalar, shundan gazli moddalar butun chiqindilarning 90%, qattiq moddalar yesa 10% ini tashkil yetadi. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni tabiiy va ishlab chiqarish-maishiy jarayonlar tashkil qiladi. Tabiiy manbalarga chang, chang-to'zon, vulqonlarning otilishi, koinot changlari va boshqalar xos. Havoni ifloslashtirishda avtomobil transportining hissasi juda ham yuqori. Hozirgi vaqtda dunyoda 800 mln dan ziyod avtomobillar mavjud bo'lib, ularning 80 mln tasi yuk, taxminan 1 mln tasi avtobuslardan iborat. O'zbekistonda moddiy ishlab chiqarishning keng miqyoslarda rivojlanishi Chirchiq, Ohangaron, Farg'ona vodiysida, Qizilqum past tog'lari yetaklarida, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalarida bir necha sanoat va transport tugunlari, shaharlarni tarkib topishiga olib keldi. Sanoat ishlab chiqarishining beqiyos darajada taraqqiy qilishi atrof muhitni, xususan atmosfera havosi ifloslanishiga ta'sir etmoqda. Sanoat ishlab chiqarishning atmosfera havosini ifloslantirishda ulushi quyidagicha (% hisobida): yoqilg'i sanoati-40, yelektroenergetika-28, metallurgiya-14, qurilish industriyasi-5, kimyo sanoati-3 ni tashkil qiladi. O'zbekistonda boshqa davlatlar qatori atmosfera havosini muhofaza qilish ishlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risidagi qonun asosida amalga oshiriladi, bu qonun O'zR Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda tasdiqlangan. Atmosferaga chiqarilayotgan sanoat chiqindilarini tozalash katta amaliy ahamiyatga ega. Quruq iqlim sharoitida suvning ahamiyati beqiyos ulug'vor, axir bekorga aytilmaganku: suv bor joyda hayot bor deb. Darhaqiqat suv yer kurrasi miqyosida ulkan ahamiyat kasb yetadi, suv sayyoramizning gidrosfera qobig'ini tashkil qilgan holda boshqa qobiqlar bilan mustahkam o'zaro aloqada, bog'liqlikda mavjuddir. Markaziy Osiyo yoki Orol dengizi hududi ulkan bekiq (okeanga chiqmaydigan) havza bo'lib, tog'li qismida vujudga kelgan suv oqimi butunlay xalq xo'jaligi sohalarida sarflanadi. Suv taqchil bo'lgan bu o'lkada ishlab chiqarishni rivojlantirish suv resurslariga juda bog'liq. O'zbekiston suv resurslarini Orol dengizi havzasi ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: doc