Tabiatshunoslik darsdan tashqari mashg'ulotlar

Tabiatshunoslik darsdan tashqari mashg'ulotlar

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslik darsdan tashqari mashg'ulotlar - rasmi

Material tavsifi

Darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlar R е j a: 1. Tabiatshunoslikni o'qitishda darsdan tashqari mashg'ulotlarni uyushtirish. 2. Darsdan tashqari mashg'ulotlarning tarbiyaviy va tabiatni muhofaza qilish borasidagi o'rni. 3. Tabiatshunoslikka doir sinfdan tashqari mashg'ulotlar. 4. O'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan ishlar. Tayanch iboralar: sinfdan tashqari ishlar, individual ishlar, guruh mashg'ulotlari, klub ishi, ommaviy ishlar, qisqa muddatli tajribalar. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo'nalishi. Darslardan tashqari maktabda bolalar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg'ulotlar: ekskursiyalar to'garak ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari o'qishlar, qiziqishlar bo'yicha klublar va boshqa ishlar o'tkaziladi. Bu ishlar o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg'otish va shuningdek maktab dasturini kengaytirish hamda to'ldirish maqsadida amalga oshiriladigan chetdagi ko'pchilik faoliyat shakli bo'lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va aniqlashtirish, tabiatni o'rganishga qiziqish uyg'otish, o'quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, bu vaqtni tashkillashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o'quvchilarning xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko'nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik bo'yicha yo'lga qo'yilgan sinfdan tashqari ishlar o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Uzoq muddatli tajribalar qo'yish, gerbariy va kollektsiyalar uchun material yig'ish, model, maket va boshqa ko'rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari, ishlarning shakllari tabiatni o'rganishni hayot bilan bog'lash va o'quvchilarni mehnatga tayyorgarlik uchun ahamiyatli bo'lgan amaliy uquv va ko'nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Bolalarning kuzatishlari va o'qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o'zgartirish to'g'risidagi ta'limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o'rgatadi va vatanparvarlik tarbiyasiga ko'maklashadi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog'liq bo'lishi, biri ikkinchisini to'ldirishi kerak. O'simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg'ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa tabiatshunoslik bilan qiziqqan o'quvchilar esa yosh tabiatshunoslar to'garagiga birlashtirilishi mumkin. O'quvchilarda tabiiy ob'ektlarni kollektsiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga muhabbatni payqagan o'qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg'ulotlar topishi, tabiat to'g'risidagi fanni chuqurroq o'rganish istagini rivojlantirish zarur. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilish, o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'liq bo'lgan xilma-xil mashg'ulotlar kiradi. Bu mashg'ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar e'tiborini tabiat, shuningdek maktab jonli burchagi va o'quv-tajriba maydonchasidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko'cha va maktabni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo'jaligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.21 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.21 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga