Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan asosiy talablar R e j a : 1. Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan umumiy talablar. 2. Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan talablarni keltirib chiqaruvchi sharoitlar. 3. Tabitashunoslik darslariga qo'yiladigan talablarning o'quv jarayonidagi ahamiyati. Tayanch iboralar: umumiy talablar, tarbiyaviy talablar, didaktik talablar, psixologik talablar, gigiyenik talablar. Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi: - o'quvchilarni tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar to'g'risida, o'z o'lkasining tabiati to'g'risida, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi to'g'risida, yerning shakli va relefi to'g'risida, odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish to'g'risida bilimlar bilan qurollantirish; - yuqori sinflarda anatomiya, botanika, zoologiya fanlari bo'yicha o'quv materialini o'zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta bilim va ko'nikmalarni shakllantirish; - o'qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish; - rivojlanishning har tomonlama garmonik bo'lishiga erishish; - tabiatshunoslik xarakteridagi kitob va jurnallardan bilimlar ola bilish o'quvlarini hosil qilish; - tabiatshunoslikni o'rganishga qiziqishni shakllantirish; - mehnatsevarlikni, maktabda va o'quv-tajriba maydonchasida mehnat qilish hoxishini shakllantirish. Talablarning bu guruhlarini shartli ravishda ta'lim-tarbiyaviy, didaktik psixologik va gigiyenik talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to'xtab o'tamiz. Tarbiyaviy talablar. Tabiatshunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, o'quvchilarning g'oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasi birligini ta'minlaydi. Ayniqsa, tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material hisoblanadi. Shuni hisobga olib va ta'lim hamda tarbiyaning ajralmas birligi tamoyiliga asoslanib, kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida dunyoga moddiy qarashni shakllantirish uchun har handay imkoniyatlardan foydalanish zarur. Shunga ko'ra o'qituvchi har bir tabiatshunoslik darsiga tayyorlanishda dasturga va metodik qurollarga tayanib, shu darsda o'quvchilarda qaysi asosiy bilimlar, o'quv hamda ko'nikmalar shakllantirilishini, qanday tarbiyaviy g'oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qiziqishlarini rivojlantirishga qanday yordam ko'rsatishini sinchiklab o'ylab olishi kerak. Tabiatshunoslik darslarida, shuningdek, yosh avlodga estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Tabiat insonni ruhan boyitadi, uning bilan muloqotda bo'lish kishilarda yuqori ma'naviy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Bolalarni tabiat go'zalligini ko'ra olish va qadrlashga o'rgatish zarur. Shunga ko'ra tabiat obyektlarini o'rganishda o'quvchilar e'tiborini tabiatdagi uyg'unlikka, uning shakllarining nafisligiga, estetik zavq beruvchi go'zallikni ta'kidlamoq va shu asosda estetik tasavvur va tushunchalar bermoq lozim. Didaktik talablar. Tabiatshunoslik darslarini o'tkazishning aniqligi vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi, maqsadi va vazifalarini to'g'ri qo'yish bilan ta'minlanadi. Dars vazifalarini belgilagach, o'qituvchi uning muvofiqroq strukturasini tanlashga kirishadi, ya'ni so'rash, tushuntirish, mustahkamlash, yangi va ilgari o'zlashtirilganlarni nazorat qilish, bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishlarni qanday izchillikda o'tkazish kerakligini, so'rashning qaysi turidan - yakka (individual) so'rash yoki umumiy so'rashdan foydalanishni o'ylab chiqadi. Yangi materialni o'rganish vaqtini to'g'ri belgilash katta ahamiyatga ega. Yaxshi dars shu bilan farq qiladiki, unda yangi materialni o'rganish o'qituvchi va o'quvchilarning diqqat markazida turadi. ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.44 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.44 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: docx