Tabiatshunoslik darslarining tiplari va turlari

Tabiatshunoslik darslarining tiplari va turlari

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslik darslarining tiplari va turlari - rasmi

Material tavsifi

Tabiatshunoslik darslarining tiplari va turlari R e j a : 1. Tabiatshunoslik darslarining tiplariga tavsif. 2. Tabiatshunoslik dars tiplari tuzilishining o'zaro bog'liqligi. 3. Dars jarayonida frontal, guruh holida va yakka tartibda olib boriladigan ish turlari va ularning o'zaro qo'shilishi. Tayanch iboralar: birlashtirilgan dars, predmetli dars, Yangi material o'rganiladigan dars, mustahkamlash darsi, o'quv tajriba maydonchasidagi dars, maktab geografiya maydonchasidagi dars, izohli dars, takrorlovchi - umumlashtiruvchi dars. Maqsadi va mazmuni jihatidan har xil bo'lgan darslar turlicha sxemada tuzilishi mumkin. Odatda darsni quyidagi tuzilish qismlariga ajratish mumkin: tashkiliy qism. Uy vazifasini tekshirish. Yangi materialni bayon qilish. O'quvchilarning mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarni mustahkamlash, ularning o'zlashtirilishini tekshirish. Dars materialini umumlashtirish. Uyga vazifa berish. Baholarni sharhlash. Tabiatshunoslik darslari qismlarining izchilligi xilma-xil bo'lishi mumkin: bir xil darslarda o'quvchilarning mustaqil ishlari yangi bilimlarni bayon qilgandan keyin o'tkaziladi, boshqalarida undan oldin bo'ladi; uy vazifasini tekshirish darsning boshida yoki uning kelgusi bosqichlarida olib borilishi; darsning qismlari almashinibgina qolmasdan, balki takrorlanishi ham mumkin. Chunonchi, yangi materialning bayon qilinishini mustaqil ishlar bilan navbatlashtirib, bir necha qismlarga ajratish mumkin. Ba'zi qismlar dars tuzilishidan tushib qolishi mumkin. Masalan, hamma darslarda xam o'quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilinavermaydi. Tabiatshunoslik darsining didaktik maqsadini aniqlash - bu uning asosan nimaga - yangi maqsadni o'rganishga, uni mustahkamlashga, takrorlashga va tizimga solish yoki o'zlashtirishni tekshirish va hisobga olishga bag'ishlanishini belgilash demakdir. Tabiatshunoslik darsi bir nechta didaktik maqsadga ega bo'lishi mumkin, shunga qarab uning tuzilishi va binobarin, darslarning tiplari ham har xil bo'ladi. Didaktik maqsadlariga qarab, darslar quyidagi tiplarga ajratiladi: birlashtirilgan (kombinatsiyalashgan) dars; yangi material o'rganiladigan dars; mustahkamlash darsi; predmetli dars; o'quv-tajriba maydonchasidagi dars; maktab geografiya maydonchasida o'tkaziladigan dars; izohli o'qish darsi; kino va teledars; ekskursiya darsi. Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz: Kombinatsiyalashtirilgan (birlashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi o'tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligidagi ishlarni) tekshirish, yangi bilimlarni o'rganish va mustahkamlash kabilar hal qilinadi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o'tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o'qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko'rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko'rish, maqolalar o'qish va ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar qilish va rasmlar chizish qo'llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni o'tishda keng tarqalgan xato - barcha ishlarni ko'rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) o'qish va aytib berishdan iborat qilib quyishdir. Dars o'tishga shunday yondoshish ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta'minlamaydi. Tabiatshunoslik o'qituvchisi tabiat to'g'risidagi bilimlarning asosiy manbai tabiat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.62 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.62 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga